7.11 HARAKATDAGI TARKIB G‘ILDIRAKLARI TA’SIRIDAN SILJIB KETISH (UGON) KUCHLARI

Authors

  • Xalfin Gali-Askar Rustamovich - PhD, dotsent Toshkent Davlat Transport Universiteti

Abstract

Ushbu maqolada harakatdagi tarkib g‘ildiraklari ta’siridan relslarda bo‘ylama kuchlar shakllanishi keltirilgan hamda vagonning ikki o'qli aravachasidan o'tayotganda yo'lni siljishning bo'ylama kuchlarini shakllantirish sxemasi ko‘rsatilgan. Undan tashqari turli punktlarga kelishda 25 m uzunlikda bir zvenoga to‘g‘ri keladigan uzoq davom etadigan tushishlarda, shuningdek favqulodda tormozlash holatida tormozlash ishqalanishidan bo‘ylama siljib ketish (ugon) kuchlar hisob-kitob qiymatlari keltirilgan.

Kalit so‘zlar: harakatdagi tarkib, rels, g‘ildiraklar, bo‘ylama kuchlar, siljib ketish (ugon), tormozlash.

 

Harakatdagi tarkib g‘ildiraklari ta’siridan relslarda bo‘ylama kuchlar quyidagi ikki omil hisobiga shakllanadi: oraliq biriktirgich klemmalar bilan etarlicha bosilmaganligi tufayli yuzaga kelgan rels tagining asos bilan aloqa zonalarida bo‘ylama kuchlar epyurasi nosimmetrikligi; rels kallagiga poezdlar harakatlanish tomonga yo‘naltirilgan tormozlashdan ishqalanish kuchi ta’siri [1-3].

Vagon telejkasi ostida egilish zonasida oraliq biriktirgich klemmalari bo‘shashgan, oldinda harakatlanish yo‘nalishi bo‘yicha yotgan rels pletlari kesimi esa ishonchli mahkamlangan holatlar uchun bo‘ylama kuchlar shakllanishini ko‘rib chiqamiz.

Published

03-05-2024

How to Cite

Xalfin Gali-Askar Rustamovich - PhD, dotsent Toshkent Davlat Transport Universiteti. (2024). 7.11 HARAKATDAGI TARKIB G‘ILDIRAKLARI TA’SIRIDAN SILJIB KETISH (UGON) KUCHLARI. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 7(1), 39–42. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/226