7.13 PAYVAND PLETLARNI YOTQIZISH UCHASTKALARIDA HARORAT VA SILJIB KETISH (UGON)KUCHLARINI UMUMLASHTIRISH

Authors

  • Xalfin Gali-Askar Rustamovich - PhD, dotsent Toshkent Davlat Transport Universiteti

Abstract

Ushbu maqolada harorat-kuchlanish turidagi uloqsiz temir yo‘l qo‘llanilishi ko‘rsatilgan hamda pletning poezd harakatlanish tomonga umumiy qo‘zg‘alishi yuz berishi, ya’ni umuman pletni siljib ketishi (ugon) boshlanishi keltirilgan.

Kalit so‘zlar: uloqsiz yo‘l, pletlar, rels, harorat o‘zgarishlari, bo‘ylama kuchlar, siljib ketish (ugon).

 

Dunyoning barcha yo‘llarida harorat-kuchlanish turidagi uloqsiz temir yo‘l qo‘llaniladi, uning tuzilishi relsning asos bilan etarlicha yuqori aloqasini nazarda tutadi. Relsning asos bilan bunday ishonchli aloqasi mavjud bo‘lgan holatda, payvand pletning o‘rta (uzunligi bo‘yicha eng katta) qismi qo‘zg‘almasligi ta’minlanadi  = L – 2l (1-rasm). Ushbu pletning qo‘zg‘almas qismi davomida l, harorat o‘zgarishi relslarda bo‘ylama kuchlarni yuzaga keltiradi  [1-3].

So‘nggi uchastkalar l<60—80 mm harorat o‘zgarishlarida o‘z uzunligini o‘zgartiradi. Plet umuman qo‘zg‘almaydigan, biroq ichida klemmalar bilan mahkamlanmagan uchastkalar bo‘lgan holatda, ushbu uchastkalardan poezd o‘tganida pletlarning mahalliy qo‘zg‘alishi boshlanadi, uchastka uchlari bo‘yicha sezilarli qo‘shimcha siqilish va cho‘zilish kuchlari paydo bo‘ladi – bu N siljib ketish (ugon) kuchlaridan iborat bo‘lib, ular  harorat kuchlari bilan umumlashadi, temir yo‘l mustahkamligini buzishi mumkin. Ushbu siqilish siljib ketish (ugon) kuchlarini , cho‘zilish kuchlarini  sifatida belgilaymiz. 1-rasmda harorat va siljib ketish (ugon) kuchlari birgalikda ta’sirida uloqsiz temir yo‘l relslarida bo‘ylama kuchlar shakllanishi sxemasi keltiriladi [4-6].

Published

03-05-2024

How to Cite

Xalfin Gali-Askar Rustamovich - PhD, dotsent Toshkent Davlat Transport Universiteti. (2024). 7.13 PAYVAND PLETLARNI YOTQIZISH UCHASTKALARIDA HARORAT VA SILJIB KETISH (UGON)KUCHLARINI UMUMLASHTIRISH. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 7(1), 47–50. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/227