6.13 SHAYXZODANI XOTIRLAB

Авторы

  • Obutjonova Durdona Omonjon qizi Toshkent davlat transport universiteti

Аннотация

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukrullo Shayxzodani “O‘zbek adabiyotining Shekspiri” deb atagani bejiz emas, zero, uning o‘zbek tili uchun qilgan buyuk xizmatlari – o‘zbek asarlarini ozar tiliga, rus va ozar tilidagi asarlarni o‘zbek tiliga qilgan tarjimalari, o‘zbekcha nasriy asarlari, she’rlari va dostonlari bu ta’rifga to‘la loyiqdir.

Kalit so’zlar: Maqsud Shayxzoda, adib, ta’rif, maqola, ozarbayjonch, o’zbekcha, kitob, Alisher Navoiy, Jaloliddin Manguberdi, asar, Ulug‘bek xazinasi, filmlar, “Shayx aka”,  “Shayx”, O‘zbek adabiyotining Shekspiri.

 

O‘zbekiston qahramoni Ozod Sharofiddinov Maqsud Shayxzodaga bag‘ishlangan “Adabiyotimiz fidoyisi” maqolasida yozadi: “O‘rta bo‘yli, miqti gavdalik, jingalak sochlari qandaydir shoirona tarzda to‘zg‘igan, o‘zbekcha so‘zlarni ozarbayjoncha shirin ohangda talaffuz etadigan bu odam – Shayxzoda Maqsud edi. Biz uni yaqindan birinchi marta ko‘rib turgan bo‘lsak-da, uning dovrug‘i allaqachon o‘zi ishlaydigan Nizomiy nomidagi pedagogika instituti hududlaridan chiqib, butun O‘zbekistonga taralgan edi. Uning ma’ruzalari to‘g‘risida talabalar orasida rivoyatlar yurardi.

“General san’atkor” degan kitobni hijjalab o‘qib chiqqan edim. Kitob lotincha yozuvda chop etilgan bo‘lib, 40-yillarning boshlanishida Alisher Navoiy to‘g‘risida mavjud bo‘lgan to‘rtta tanqidiy asarning bittasi edi. Juda zo‘r zukkolik bilan yozilgan bu risola Alisher Navoiyga shu qadar muhabbat bilan sug‘orilgan ediki, uni o‘qigan har qanday odam Navoiy dahosini o‘z qalbi bilan his qilib, uning mo‘jizakor san’atiga umrbod ko‘ngil qo‘yib qolmasligi mumkin emasdi.

Опубликован

2024-04-01

Как цитировать

Obutjonova Durdona Omonjon qizi Toshkent davlat transport universiteti. (2024). 6.13 SHAYXZODANI XOTIRLAB. Научный журнал Инновационные технологии в строительстве, 6(1), 55–59. извлечено от https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/201