9.23 BO‘LAJAK INFORMATIKA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARINI AMALGA OSHIRISH

Mualliflar

  • Usmonqulov Sherzod Usmonqulovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Informatika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, PhD

Abstrak

Maqolada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini amalga oshirish yo‘llari yoritilgan va shakllantirish modeli keltirilgan.  

Kalit so’zlar: maqsadli komponent, emotsional-motivatsion komponent, mazmunli komponent, amaliy-faoliyatli komponent, nazoratlovchi-baholovchi komponent, natijaviy - korreksion komponent.

Abstract. The article describes ways of implementing the pedagogical conditions for the formation of the professional competence of future informatics teachers and presents a formation model.

Key words: target component, emotional-motivational component, meaningful component, practical-active component, control-evaluative component, result-corrective component.

Аннотация. В статье описаны пути реализации педагогических условий формирования профессиональной компетентности будущих учителей информатики и представлена ​​модель формирования.

Ключевые слова: целевой компонент, эмоционально-мотивационный компонент, содержательный компонент, практико-деятельный компонент, контрольно-оценочный компонент, результативно-коррекционный компонент.

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim natijalarini baholashda bitiruvchilarning “tayyorgarligi”, “umumiy madaniyati”, “bilimliligi” kabi tushunchalarni tavsiflashda “kompetentlilik”, “kompetentli model”, “tayanch kompetensiyalar”ga kabi tushunchalardan tez-tez fodalanayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ta’limga oid qator me’yoriy hujjatlarda, ilmiy ma’ruza va maqolalar mazmunida “kompetentlik”, “kompetensiya” kabi tushunchalarning bir-biridan farqli tarzda tavsiflanayotganligini uchratamiz[6]. Masalan, professor N.Muslimov tomonidan chop etilgan “Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari” nomli o‘quv-metodik qo‘llanmada kasbiy-pedagogik kompetentlikning: psixologik kompetentlik; metodik kompetentlik; axboriy kompetentlik; kreativ kompetentlik; kommunikativ kompetentlik; shaxsiy kompetentlik; texnologik kompetentlik; ekstremal kompetentlik kabi sifatlari sanab o‘tilgan va tavsiflangan. Muhokama qilinayotgan mavzu doirasida axboriy kompetentlikga asosiy e’tiborni qaratamiz. Axboriy kompetentlik-axborot muhitida mavjud bo‘lgan zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlar (axborot)ni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli va samarali foydalanishni ifodalaydi[8]. Axboriy kompetentlik har qanday kasbiy kompetentlikning asosini tashkil etadi.

Nashr qilingan

2024-06-25

##submission.howToCite##

Usmonqulov Sherzod Usmonqulovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Informatika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, PhD. (2024). 9.23 BO‘LAJAK INFORMATIKA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARINI AMALGA OSHIRISH. Qurilishda Innovatsion Texnologiyalar Ilmiy Jurnali, 9(1), 114–119. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/310