6.26 PEREGONLARDAGI YO‘L REJASI
Abstrak
Maqolada temir yolning egri uchastkalaridagi tashqi relsning balandligi, o’tish egriligi uzunlilarini aniqlashning ifodalari keltirilgan. Yuqori tezlikli liniyalar peregonlarida yo‘l planiga (rejasiga) qo‘yiladigan asosiy talablar keltirilgan.
Kalit so’zlari. Yo’l plani, tashqi rels, egrilik, o’tish egriligi, to’g’ri va egri uchastkalar.
Trassani loyihalashtirish parametrlari va me`yorlari unga bog‘liq bo‘lgan barcha inshootlar va qurilmalar kabi poyezdlarning yo‘l qo‘yiladigan maksimal tezliklar bilan xavfsiz harakatlanishini ta`minlashlari lozim. Trassaning bo‘shliqdagi liniya sifatidagi loyihasiga ega bo‘lish uchun trassaning nafaqat bo‘ylama profilini, balki plani (rejasi)ni ham loyihalashtirish zarur.
Temir yo‘l liniyasi plani (rejasi) deb trassaning gorizontal sath(yuza)ga tushirilgan proektsiyasiga aytiladi. Liniya plani (rejasi) yo‘lning bir-biri bilan aylana va o‘tish egriliklari yordamida ravon biriktirilgan turli yo‘nalishlardagi to‘g‘ri uchastkalaridan iboratdir.
Yo‘lning to‘g‘ri (tekis) uchastkalari egri uchastkalarga nisbatan qurilish va foydalanish (ekspluatatsiya) nuqtai nazaridan kattagina ustuvor jihatlariga ega (yo‘l konstruksiyasining sodda va arzonligi, yo‘l va harakatlanuvchi tarkib elementlarining kamroq yedirilishi va h.k.). Qulay topografik shart-sharoitlarda, konturli to‘siqlar mavjud bo‘lmagan hollarda to‘g‘-ri yo‘lni imkon qadar uzun va davomli qilib jihozlashga intilish talab etiladi.
Egri uchastkalar qurishdan asosiy maqsad temir yo‘l qurilishi qiymatini kamaytirishdan iborat. Ayniqsa egri yo‘llar murakkab topografik, muhandislik-geologik va boshqa tabiiy sharoitlarda, og‘ir vaziyatlar yuzaga kelganida (turar joylar, muhandislik kommunikatsiyalarini aylanib o‘tish yoki eng maqbul tarzda kesib o‘tish va h.k.) ko‘p loyihalashtiriladi.
Loyihachi tomonidan yo‘lning biror uchastkasida zararli egriliklar sonini, ularning joylashishini va ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri belgilashi murakkab muhandislik vazifasi hisoblanadi.
Quyida yuqori tezlikli liniyalar peregonlarida yo‘l planiga (rejasiga) qo‘yiladigan asosiy talablar keltirilgan /5/.
Agar quyidagi qiymatlardan biri oshirib yuborilishi oqibatida ularda soatiga 250 km tezlikni amalga oshirib bo‘lmasa, temir yo‘l izining egri uchastkalari qayta qurilishi (jihozlanishi) talab etiladi:
- 0,7 m/s2 ga teng bo‘lgan so‘ndirilmagan anp tezlashish, og‘ir sharoitlarda esa ko‘pi bilan 1,0 m/s2;
- so‘ndirilmagan tezlashishning ortib borish tezligi Y, uning chegaraviy (o‘ta yuqori) qiymati 0,4 m/s3 dan katta bo‘lmasligi shart;
- tashqi i iz ko‘tarilish otvodining qiyaligi - ko‘pi bilan 0,5 mm/m (‰).
Yangi uchastkalarni tiklash yoki yer polotnosini rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq liniya trassasini o‘zgartirishda egriliklar radiusini so‘ndiril-magan tezlashish qiymatlari, aylana va o‘tish egriliklari uzunligi va tashqi relsning ko‘tarilish qiymatiga qo‘yiladigan talablar yig‘indisiga kshra aniqlash kerak bo‘lib, 3000 m dan 5000 m gacha oraliqda qabul qilish tavsiya etiladi.