6.24 IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA TA’LIM MASALASI

Mualliflar

  • Erbutayeva Ugiloy Suyunovna Guliston davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori

Abstrak

Bir qator matbuot materiallari va tarixiy manbalarga tayangan holda ushbu maqolada tariximizning eng og‘ir davrlaridan biri bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakatimiz fan va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, muammolar va ularning adolatli yechimlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Qahramon, texnika, qurol-yarog‘, tibbiyot, fabrikalar, tarix, akademiya, etnografiya, tilshunoslik, qo‘lyozma, mehnat, maktab.

Аннотация: В данной статье на основе ряда материалов прессы и исторических источников освещены изменения, проблемы и их справедливые решения в системе науки и образования в нашей стране в годы Второй мировой войны, одного из самых сложных периодов нашей истории.

Ключевые слова: Герой, техника, оружие, медицина, заводы, история, академия, этнография, языкознание, рукопись, труд, школа.

Annotation: This article, based on a number of press materials and historical sources, highlights changes, problems and their fair solutions in the system of science and education in our country during the Second World War, one of the most difficult periods of our history.

Key words: Hero, technology, weapons, medicine, factories, history, academy, ethnography, linguistics, manuscript, labor, school.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev sovuq urush tarixiga yuzlanib, unda mard va jasur o‘zbek o‘g‘lonlari haqida shunday fikrlarni ilgari surgan: “Hech shubxasiz, bu dahshatli urush, butun insoniyat qatori bizning xalqimizga ham mislsiz kulfat va yo‘qotishlar olib keldi. Ikkinchi jahon urushida minglab yurtdoshlarimiz Sovet Ittifoqi Qaxramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, minglab otalarimiz, bobolarimiz jangovar orden va medallar bilan mukofotlandilar. Xalqimiz front ortida fidokorona mehnat qilib, urush maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berdi... G‘alaba biz uchun naqadar qimmatga tushgani, xalqimiz dunyoni fashizm balosidan xalos etishga qanday katta xissa qo‘shganini yaqqol ko‘rsatadi. Tarixning ana shunday beshafqat va  suronli sinovlaridan yorug‘ yuz bilan, har tomonlama munosib o‘tgan xalqimizga har qancha ta’zim qilsak, har qancha tasannolar aytsak arziydi, albatta”[1:127-b] deya bildirgan fikr muloxazalari o‘zbek xalqining urushga qo‘shgan xissasi va ishtiroki benihoya katta  ekanini ko‘rsatadi.

Nashr qilingan

2024-04-14