4.19 “BUYUK IPAK YО‘LI”NING MINTAQA TARAQQIYOTIGA TA’SIRI

Mualliflar

  • Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Toshkent davlat transport universiteti professori v.b. Norboev Shahrizod Nizom o‘g‘li. Toshkent davlat transport universiteti talabasi.

Abstrak

 

Annotasiya.  Ilmiy – tarixiy dalillarga asoslangan manbaalarga murojaat qiladigan bо‘lsak, “Buyuk ipak yо‘li” tо‘g‘risida quyidagi qarashlar ilgari surilganligini kuzatishimiz mumkin: birinchisi, “Uzunligi 12000 km bо‘lgan  “Buyuk ipak yо‘li” miloddan avvalgi II asrda ochildi. Bu yо‘l faqat savdo yо‘li emas edi. U ayni paytda dunyo xalqlari о‘rtasida madaniy hamda davlatlararo aloqalar yо‘li sifatida ham xizmat qildi.

Kalit so‘zlar: yо‘l, “Buyuk ipak yо‘li”,  savdo, madaniyat, davlatlararo aloqalar.  

 

Ilmiy – tarixiy dalillarga asoslangan manbaalarga murojaat qiladigan bо‘lsak, “Buyuk ipak yо‘li” tо‘g‘risida quyidagi qarashlar ilgari surilganligini kuzatishimiz mumkin: birinchisi, “Uzunligi 12000 km bо‘lgan  “Buyuk ipak yо‘li” miloddan avvalgi II asrda ochildi. Bu yо‘l faqat savdo yо‘li emas edi. U ayni paytda dunyo xalqlari о‘rtasida madaniy hamda davlatlararo aloqalar yо‘li sifatida ham xizmat qildi. Yо‘l Xitoyning Xuanxe daryosi bо‘yida joylashagan Sian shahridan boshlanib, ikki yо‘nalishli bо‘lgan. Birinchi yо‘nalish  – Xitoydan Samarqandgacha bо‘lgan yо‘nalish edi. Samarqandda yо‘l yana ikkiga bо‘lingan. Biri, Eron orqali О‘rtayer dengizigacha, ikkinchisi Shimoliy Kavkaz orqali Qora dengizgacha yetib borgan.

Ikkinchi yо‘nalish Xitoydan boshlanib, Pomir – Tyan-Shan tog‘ tizmalaridan о‘tib, Afg‘onistonga, undan Hindistonga olib chiqqan”[1]. Guvoxi bо‘lganingizdek, ushbu ta’rifda “Buyuk ipak yо‘li” haqida imkon qadar qisqa va aniq tushuncha berishga harakat qilingan va qaysidir    ma’noda buni uddasidan chiqilgan. Ta’kidlanganidek, yо‘l Xitoydan boshlangan. Mazkur yо‘l butun Osiyo qit’asini qamrab olgan holda janubda  Hind okeani, fors kurfazi hamda g‘arbda О‘rta yer dengizi va Qora dengiz qirg‘oqlarigacha borgan. Lekin, bu degani “Buyuk ipak yо‘li” ana shu dengiz sohillarida tugagan degan ma’noni anglatmasligi kerak. Zotan, yо‘lning bundan buyog‘idagi qismi kemalar vositasida suvda davom etib, dengizning boshqa qirg‘oqlariga ham yetib borgan. Suvning u tomonlari Yevropa va Afrika sohillari hisoblangan. Aytish mumkinki, “Buyuk ipak yо‘li” kichik-kichik tarmoqlari ushbu qit’alarning ichki yо‘nalishlarida davom etgan. Demak, “Buyuk ipak yо‘li” yer yuzining qadimiy va asosiy sivilizatsiyalar makoni sanalgan uch qit’asi: Osiyo, Yevropa va Afrikani bog‘lagan ilk va о‘z davrida yagona bо‘lgan qit’alararo yо‘l hisoblanadi. Ushbu karvon yо‘li XVII asr yoki 1700 yil mobaynida о‘z ahamiyatini yо‘qotmasdan insoniyatga xizmat qilib kelgan.

“Buyuk ipak yо‘li”ning yо‘nalishlari borasida Akademik A.Asqarov ilmiy xulosalarida ancha kengroq bayon etilgan[2]. Unga kо‘ra “Buyuk ipak yо‘li” Xitoyning qadimgi markazi Siandan boshlanib, boshqa Xitoy shaharlari Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan. Ushbu shaharda yо‘l ikkiga ajraladi. “Buyuk ipak yо‘li”ning janubiy-g‘arbiy tarmog‘i Xitoydagi Taklamakon sahrosi orqali Xotanga, undan Yorkentga kelib, Pomir tog‘ining daralari orqali Vahonga, undan Baqtriyaning bosh shahri Zariaspga (Balx) kelgan. Balxda yо‘l yana uch tarmoqqa ajraladi, g‘arbiy tarmog‘i Marvga, janubiy tarmog‘i Hindistonga, shimoliy tarmog‘i Termiz orqali Darband, Nautak, Samarqandga qarab ketadi.

 “Buyuk ipak yо‘li” shimoliy-g‘arbiy tarmog‘i esa Dunxuandan Bami, Kuchi, Turfan orqali Tarim vohasiga – Qashg‘arga boradi. U yerdan Toshqо‘rg‘on orqali О‘zgan, О‘sh, Quva, Axsikent, Popga, undan Asht dashti orqali Xо‘jand, Zomin, Jizzaxga, sо‘ngra Samarqandda Nautak yо‘li bilan birlashadi.  Yо‘l Samarqanddan g‘arbga  – Dobussiyaga, Malik chо‘l orqali Buxora va Romitanga, undan Varaxsha orqali Boykent va Forobga borib, Amul shahriga о‘tadi. Amulda Marvdan Urganch tomon Amu bо‘ylab ketayotgan yо‘lga qо‘shilgan. Marv shahriga yetib kelgach, yо‘l ikki yо‘nalishda davob etgan. Marvdan g‘arbga tomon yо‘nalgan “Buyuk ipak yо‘li” Tabriz va Parfiya davlatining Nisa shahri orqali Eronning Gekotomil, Apaliya va Ekbatana (Hamadon) shaharlariga va ulardan о‘tib Mesopotamiyaning Ktesafon va Bag‘dod shaharlariga tarqalgan. Undan Dajla, Frot daryosining о‘ng sohili bо‘ylab shimol tomon yо‘nalib, Antioxiya (Antokiya) orqali Damashqqa, Tir va Quddus shaharlari orqali Misrga yetib borgan. Marvdan chiqqan shimoliy yо‘l esa Amul orqali Urganchga, undan shimoliy Kaspiy bо‘ylab Shimoliy Kavkazga, sо‘ngra Qora dengizning shimolidan Konstantinopolga borib, Bosfor va Dardanell orqali О‘rta yer dengiziga о‘tib Vizantiya shaharlariga oralagan. Undan keyin Yevropaning boshqa xududlariga ham tarqalganiga shubha yо‘q. Yuqoridagi mulohazalardan kо‘rinib turganidek, “Buyuk ipak yо‘li”ning tarmoqlari va yо‘nalishlari  о‘zining muqobil variantlariga ega bо‘lgan ekan. Mazkur  xususiyat ham “Buyuk ipak yо‘li”ning asrlar davomida faoliyat kо‘rsatishida muhim omillardan biri bо‘lgan. Negaki, bironta yо‘nalishda muayyan sabablarga kо‘ra yо‘l xavfli bо‘lib qoladigan yoki yopiladigan bо‘lsa, qatnov boshqa yо‘nalishlarda davom ettiraverilgan. Misol tariqasida aytadigan bо‘lsak, avvalroq ta’kidlaganimizdek, Dunxuan shahridan “Buyuk ipak yо‘li” yо‘li ikki tarmoqqa bо‘linib davom etgan. Bu qadimiy Xitoy yozma manbaalarida ham qayd etib о‘tilgan. Xususan, Shimoliy yо‘l –  “Beydao” va Janubiy yо‘l – “Nandao” deb atalgan. Tarixiy voqeyliklarga kо‘ra Shimoliy yо‘l о‘tgan xududlar bir necha yuz yillar davomida xunlar nazoratida bо‘lganligi sababli “Buyuk ipak yо‘li”dagi asosiy aloqalar Janubiy yо‘l orqali amalga oshirilgan. Karvonboshilar va savdogarlar kо‘proq shu yо‘ldan yurishni lozim topishgan. Chunki ular uchun karvonlarini va mollarini manzilga beshikast yetkazish masalasi birinchi о‘rinda turgan. Xavfli yо‘ldan yurib о‘z jonini va molini garovga qо‘ygandan kо‘ra xavfsiz yо‘ldan yurish qulay bо‘lgan. Albatta, bu о‘rinda ularda tanlov imkoniyatining bо‘lganligi ularning omadi bо‘lgan. Bu jarayonlarning hammasi, “Buyuk ipak yо‘li” tarkibiga kiruvchi yо‘llar orasida ichki raqobat mavjud bо‘lganligidan darak beradi. Raqobat bor joyda esa rivojlanish, taraqiyot bо‘lishi barchamizga  ma’lum.

Biz yuqoridagi mulohazalarimizda “Buyuk ipak yо‘li”ni Yevropa xududlarida ham davom etganini aytib о‘tdik. Bizning bu xulosamizni Xitoyni о‘zida olib borilgan ilmiy  tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Ana shunday manbaalarda qayd etilishicha, “Ipak yо‘li... О‘rta dengizning sharqiy sohillari orqali Rimga yetib borgan”[3].

 

REFERENCES

  1. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Бирдамлик ва ҳамжиҳатлик – ижтимоий муносабатларнинг келажагидир. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
  2. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Ижтимоий муносабатларнинг шаклланиши ва барқарорлигини белгиловчи муҳим тамойиллар. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.  3(3), March, 2023.
  3. Salimov, B., Madalimov, T. (2023). Transport falsafasi. Globe Edit.
  4. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Importance of Sea Transport in the Communication System. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research Journal. Volume 2 Issue 1, Year 2023 ISSN: 2835-3013.
  5. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Influence of the Transport and Communication System on Social Relations. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
  6. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. Reforms in the Fields of Communication and Transport and their Social Impact. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
  7. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022) Ўзбекистон тараққиётида коммуникация ва транспорт тизимини ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 403-407.
  8. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022). Жамиятнинг шаклланиши ва такомиллашувида бошқарув ва тарбия санъатининг ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (11), 359-365.
  9. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.  Volume: 1, lssue 6,  2021. -Р.406-410. 
  10. Салимов Б.Л. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик боғлиқлигининг гносеологик таҳлили. Фалсафа фанлари доктори диссертацияси. Ўзбекистон Миллий университети. Тошкент. 2022, 224 б.
  11. Салимов Бахриддин Лутфуллаевич. Йўлдошов Сардор Зокир ўғли. (2023). 61. Инсоният ҳаётидаги туб бурилишлар.Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
  12. Салимов Бахриддин Лутфуллаевич Равшанов Охунжон Тўймурод ўғли. (2023). 51. Техника тараққиётининг икки ёқлама таъсири. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
  13. Bakhriddin Lutfullaevich Salimov. NEGATIVE CONSEQUENCES OF SCIENCE AND TECHNOLOGY DEVELOPMENT. International Conference" Law, Economics and Tourism sciences in the modern world". 2023/5/1. С. 5-10.
  14. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich, Tursunov, Shokhijakhan Ravshanovich, Haydarov, Mehriddin Nuriddin Ugli (2023). SYNERGETIC APPROACH IN THE ANALYSIS OF SOCIAL RELATIONS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (3), 1001-1007.

 

 

[1] Tarixdan hikoyalar. U. Jo‘rayev [va boshq.].   Toshkent: Cho‘lpon. 2015.  61-62  betlar.

[2] Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. T.: “Sharq”. 2010. 89-90 betlar.

[3] Sixay (“Sо‘zlar dengizi”). Shanxay. 1979. 53 b.

Nashr qilingan

2023-12-19