9.16 СLIL METODI VA UNING QO`LLANISHI
Аннотация
ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada hozirda ko`pgina davlatlar ta`lim tizimida chet tili o`rgatuvchi va o`rganuvchilari uchun yangilik va qulaylik bo`lgan CLIL metodi haqida ma`lumotlar keltiriladi. Muallif CLIL ning asl mohiyati, maqsadi, afzalliklari va kamchilklarini o`z kuzatishlari tahlilida bayon qiladi. Shu bilan bir qatorda ushbu maqola xorijiy tillarni o`qitishda yangi metod va usullar izlayotgan o`qituvchilar uchun yangi bilim va tushunchalarni o`z ichiga oladi. Ta`limda xorijiy tillarni o`qitishning qanchalik qiziqarli va mazumdor tarda olib borilishida CLIL metodining o`rni yoritib beriladi.
Kalit so'zlar: metod, ko'p tillilik, muloqot, madaniyat, tasvir, tasavvur.
ABSTRACT. This article provides information about the CLIL method, which is new and convenient for foreign language teachers and learners in the educational system of many countries. The author describes the real nature, purpose, advantages and disadvantages of CLIL in the analysis of his observations. In addition, this article contains new knowledge and concepts for teachers who are looking for new methods and methods in teaching foreign languages. The role of the CLIL method in how interesting and meaningful the teaching of foreign languages is in education is highlighted.
Key words: method, multilingualism, communication, culture, image, imagination.
АННОТАТСИЯ. В данной статье представлена информация о методе CLIL, который является новым и удобным для преподавателей и учащихся иностранного языка в системе образования многих стран. Автор описывает реальную природу, назначение, преимущества и недостатки CLIL при анализе своих наблюдений. Кроме того, эта статья содержит новые знания и концепции для учителей, которые ищут новые методы и методы преподавания иностранных языков. Выделена роль метода CLIL в том, насколько интересным и значимым является преподавание иностранных языков в образовании.
Ключевые слова: метод, многоязычие, общение, культура, образ, воображение.
Kirish. Ma`lumki, bugungi kunda mamlakatimizda chet tillarini biladigan yosh kadrlarga ehtiyoj ortib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, xorijiy tillarni kichik maktab yoshidan va xattoki, bog`cha yoshidan ham o`qitish yo`lga qo`yilgan. Bolalarga chet tillarini o`rgatish va ta`lim jarayonini qizg`in olib borish maqsadida turli metod va usullar tadbiq qilinmoqda. Ba`zi xorijiy til o`qituvchilari o`z o`quvchilarini o`quv mashg`ulotlariga jalb qilishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Ayrim hollarda eski metodlar qo`llangani sayin til o`rganuvchilarida darsdan qoniqmaslik va buning natijasida o`quvchilarda zaerikish yuzaga keladi. Shu bilan birga o`quv mashg`ulotlari zerikarli tashkil etilgani bois o`quvchilarning diqqat va e`tiborlari boshqa narsalarga chalg`ishi mumkin. Ayrim hollarda esa norog`ri metod qo`llangani sababli o`quvchilar yangi chet tillidagi so`zlarni o`rgangisi kelmay qoladi, ba`zida esa o`rganilgan ma`lumotlarni amaliyotda kam qo`llanilgani bois xotirada yaxshi o`rnashib qolmaslik va faol so`zlarga aylanmay qolish holatlari kuzatiladi. Qay holatda qanday metodlardan foydalanishni izlayotgan chet tli o`qituvchilari uchun muallif yangi va samarali CLIL metodi haqida batafsil ma`lumot keltirib o`tadi.