6.16 QUM OSTIDA QOLGAN QALʼA
Аннотация
Ushbu maqolada antik davrga tegishli boʻlgan Oqchaxon qal’a memorchiligi va tarixi haqida qisqacha soʻz yuritiladi.
Annotation. This article tells about the architecture and a brief history of Akchakhankala in ancient times.
Аннотация. В этой статье рассказывается об архитектуре и краткой истории Акчаханкалы в древности.
Kalit soʻzlar: Demokratiya, kanalizatsiya, arxeologiya, dinastiya, galereya, gipostil, monumental.
Keywords: Democracy, sewers, archaeology, dynasty, gallery, hypostyle, monumental.
Ключевые слова: Демократия, канализация, археология, династия, галерея, гипостиль, монументальный.
Kirish qismi. Mamlakatimizda demokratik munosabatlarning soʻngi vaqtda rivojlanishi madaniyatimizga boʻlgan hurmat, ularni yanada oʻrganish va qadrlash singari sezim uygʻotishi aniq. Xalqimizning ota-bobolarimizdan bizga meros boʻlib saqlanib kelayotgan urf-odatlarini oʻrganishga, bayramlarni oʻtkazishga, eski tabarruk-muqaddas joylarni qayta tiklashga, ularni chuqur oʻrganishga yanada koʻp imkoniyatlar yaratib berdi. Shuning natijasida mamlakatimizda tarixiy maskanlarni oʻrganishga katta eʼtibor qaratilmoqda. “Tarixsiz-kelajak yoʻq” degan xalqimizda ulugʻ gap bor. Kechagi kunimizni, madaniyatimizni, tariximizni bilmasak oʻzligimizni anglamagan boʻlamiz. Dunyodagi eng boy xalqlar, tarixi, madaniyati boy xalqlar xisoblanadi. Biz ham tarixga ozgina nazar tashlab oʻtmishdagi yodgorliklar va tarixiy qalʼalar haqida soʻz yuritamiz.
Asosiy qismi. Amudaryo quyi oqimida joylashgan antik davrlarda qurilgan tarixiy yodgorliklar hozirgi kunga qadar toʻliq saqlanib qolmagan. Yodgorliklar oʻrnida hozir faxat devor qoldiqlari va qum tepaliklarni koʻrishimiz mumkin. Lekin arxeologik izlanishlar oʻtkazilsa ushbu tarixiy yodgorliklar bizga uzoq oʻtmishda yashiringan koʻplab sir-sinoatlardan xabar beradi. Amudaryoning chap sohilida joylashgan Xozarasp, Devkesgan, Goneuvaz, Xiva singari qalʼalar asrlar davomida rivojlanishi esa katta qalʼalar darajasiga yetkazdi. Shuning bilan birga, Tuproq qalʼa singari yangi qalʼalar paydo boʻldı. [1] Eski qalʼalar: Qoyqırılgan qalʼa, Bozor qalʼa, Guldirsin va Tok qalʼalar qayta qurilib kengaydi. Ushbu qalʼalar madaniy markazlar boʻlıb, tashqi mudofaa tizimi yanada mustahkam qilib qayta qurildi.