4.18 IJTIMOIY TARAQQIYOTDA QADIMIY KARVON YО‘LLARINING AHAMIYATI

Авторы

  • Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Toshkent davlat transport universiteti professori v.b. Niyozqulov Dilshod Bobir o‘g‘li. Toshkent davlat transport universiteti talabasi.

Аннотация

 

Annotasiya.  Xududlar о‘rtasida aloqa yо‘llari kashf etilgach,  vaqt о‘tgan sari undan о‘tadiganlar soni ortib borgan. Yillar, asrlar davomida bu yо‘llar doimiy foydalanadigan yо‘llarga aylangan. Jumladan, Osiyo qit’asi qadimiy yо‘llar vujudga kelgan xudud sanaladi. “La’l yо‘li”, “Shoh yо‘li” va “Yaylovlar yо‘l”lari bunga misol bo‘ladi. Lekin, hech bir yо‘l, nufuz, kо‘lam va miqyos jihatidan “Buyuk ipak yо‘li”chalik ahamiyatga ega bо‘lmagan.

Kalit so‘zlar: yо‘l, “La’l yо‘li”, “Shoh yо‘li” va “Yaylovlar yо‘li”, “Buyuk ipak yо‘li”.

 

Xududlar о‘rtasida aloqa yо‘llari kashf etilgach,  vaqt о‘tgan sari undan о‘tadiganlar soni ortib borgan. Yillar, asrlar davomida bu yо‘llar doimiy foydalanadigan yо‘llarga aylangan. Jumladan, Osiyo  qit’asi qadimiy yо‘llar vujudga kelgan xudud sanaladi. Tarixiy manbaalarda kо‘rsatilishicha “Qadimiy karvon savdo yо‘llaridan biri “La’l yо‘li” deb atalgan. Bu yо‘l miloddan avvalgi 3–2-ming yilliklarda ochilgan. Yо‘lning “La’l yо‘li” deb atalishiga bu yо‘ldan qimmatbaho la’l toshining tashilishi sabab bо‘lgan. U lojuvard deb ham atalgan. “La’l yо‘li” Pomir tog‘idan boshlanib, Eron, Mesopotamiya va Misr orqali о‘tgan. La’l toshlaridan yasalgan buyumlar hatto Misr fir’avlari maqbaralari (ehromlari)dan ham topilgan.

Qadimgi mashhur savdo yо‘llaridan yana biri “Shoh yо‘li” deb ataladi. Unga Eron shohlari asos solishgan va nazorat qilishgan. “Shoh yо‘li” ikki yо‘nalishli bо‘lib, birinchisi О‘rtayer dengizi bо‘yidagi turli shaharlarni Eron bilan bog‘lagan bо‘lsa, ikkinchisi Eron va Baqtriya orqali о‘tib Oltoy va Hindistongacha borgan”[1].

   Yuqoridagi iqtibosdan kо‘rinib turganidek, ilk savdo karvon yо‘llari Osiyoda paydo bо‘lgan va bu yо‘llar qit’aning katta qismini qamrab olgan. Bu yо‘llarning mavjudligi Osiyo xalqlarining ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy – ma’rifiy hayotida ijobiy о‘zgarishlarga sabab bо‘lgan. Davlatchilik tamoyillarini shakllanishiga va rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatgan. Iqtisodiy munosabatlarning asosi bо‘lgan savdo-sotiq tizimining vujudga kelishi ham aynan aloqa yо‘llari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda savdo-sotiq dastlab  ayriboshlash tarzida amalga oshirilgan bо‘lsa, keyinchalik tilla, kumush kabi metallardan yasalgan tangalar kо‘rinishidagi pul vositasida amalga oshirilgan. Pulning kashf etilishi va undan foydalanishning boshlanishi esa, keyinchalik ijtimoiy munosabatlar doirasida misli kо‘rilmagan oqibatlarga olib bordi. Pul va boshqa moddiy boyliklarga bо‘lgan qiziqishning ortib borishi keyingi ming yillar mobaynida insoniyatga doimiy yо‘ldosh bо‘lib kelayotgan sinflar, tabaqalar va toifalarning shakllanishiga sabab bо‘ldi. Bularning mavjudligi esa ular orasida ijtimoiy adolatni ta’minlashdek dolzarb muammoni doimo kun tartibida bо‘lishi uchun asos bо‘lmoqda.

 О‘tmishdan qolgan yozuvlar va moddiy yodgorliklar qadimgi Sharq va G‘arb о‘rtasida, kо‘chmanchi xalqlar yashagan hozirgi shimoliy Xitoy, Mongoliya, Rossiyaning sibiri, markaziy qismi, Qozog‘iston Yevropa xududlarini bog‘lagan bepayon kengliklardan о‘tuvchi shimoliy savdo yо‘li hisoblangan “Yaylovlar yо‘li”  mavjud bо‘lganligini ta’kidlashmoqda. Bu yerlardagi manzilgohlardan topilgan ashyoviy dalillar ushbu xududlar о‘zaro aloqada bо‘lganligini tasdiqlamoqda. Bir necha ming yillik tarixga ega ushbu “Yaylovlar yо‘li” Xitoy manabaalarida (“Savyuan lu”) deb kо‘rsatilgan[2]. Ushbu yо‘l bо‘yida yashagan kо‘chmanchi chorvador xalqlar mazkur yо‘ldan savdo-sotiq maqsadida foydalanganlar. Ular о‘zlari qimmatbaho metal va toshlardan yasagan har xil buyumlarini savdogarlar olib о‘tadigan turli mahsulotlarga, jumladan ipak matolariga almashtirganliklari haqida ham  ma’lumotlar uchraydi. Darvoqe, ushbu yо‘ldan Xitoydan G‘arb tomon ipak matolari ham olib о‘tilgan. Lekin, bu bilan ushbu yо‘lni “Buyuk ipak yо‘li”ni bir yо‘nalishi deb bilish yoki ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish tо‘g‘ri emas. Chunki, ular alohida-alohida yо‘llar hisoblanadi. Ushbu mazmundagi xulosani bir qator xitoy olimlari ham  ma’qullashgan[3]

Mamlakatlar о‘rtasida, ularni bir-birlari bog‘lab turuvchi muntazam aloqa va savdo yо‘llarini о‘rnatilishi odamlarning aql-tafakkurini, dunyoqarashini, atrof-muhitga bо‘lgan munosabatini ham о‘zgartirib yubordi. Ayniqsa, о‘z shaxsiy hayotini va о‘z yurtidagi ahvolni boshqa mamlakatlardagi vaziyat bilan solishtirish imkoniyatini paydo bо‘lishi odamlarni  gohida havas, gohida esa shukr qilib yashashga о‘rgata boshladi. Chunki о‘sha paytlarda ham dunyo xalqlarining turmush darajasi hozirgidek bir xil bо‘lmagan. Ba’zi xalqlarning yashash maskanlari juda yaxshi tabiiy muhitda joylashgan bо‘lsa, noqulay iqlim sharoitlarida yashayotgan xalqlar ham bо‘lgan. Shuningdek, bir xil xalqlar ahillikda, inoqlikda, tinch-osoyishta, baxtli va farovon hayot kechirsalar, ba’zilari tarqoqlikda, doimiy adovat va notinchlikda, baxtsizlikda kun kechirganlar. Umuman olganda dunyo xududlari va xalqlari о‘sha zamonda ham turfa-xil va rang-barang bо‘lgan. Bularni kо‘rgan, yurtlar kezgan sayohlar, yо‘lboshlovchilar va savdogarlar о‘zlari uchun kerakli xulosalarni chiqarganlar. Nega deganda ularda о‘zaro qiyoslash, solishtirish imkoniyati mavjud bо‘lgan. Qaysidir    ma’noda bu insonlarning kо‘pchiligi о‘z mamlakatlariga yangiliklar va kashfiyotlarni olib keluvchi kishilar bо‘lgan. Bu tarzdagi о‘zaro fikr va tajriba almashish, mamlakatlar va xalqlar istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lgan.

Qadimgi yо‘llar haqida gap ketganda, kо‘pchilikning xayoliga birinchi navbatda, “Buyuk ipak yо‘li” kelishi, inkor etib bо‘lmas haqiqatdir. Bunda biz “La’l yо‘li”, “Shoh yо‘li” va “Yaylovlar yо‘l”larining ahamiyatini pastga urish niyatidan yiroqmiz. Albatta, bu qadimiy yо‘llarning insoniyat kommunikatsiya, yо‘l – aloqa tizimining rivojlanish tarixida о‘z о‘rni bor. Buni e’tirof etmaslik adolatsizlikdan boshqa narsa emas. Lekin, tan olib aytishimiz kerakki, insoniyat taraqqiyotida hech bir yо‘l, nufuz, kо‘lam va miqyos jihatidan “Buyuk ipak yо‘li”chalik ahamiyatga ega bо‘lmagan. Bu yо‘l tarixda Sharq bilan G‘arbni bog‘lagan, Osiyo va Yevropani tutashtirgan birinchi va yagona kommunikatsiya aloqa yо‘li bо‘lgan. Asrlar mobaynida bu yо‘ldan son-sanoqsiz karvonlar о‘tgan. Karvonlarda nafaqat ipak matolar, balki boshqa mollar ham tashilgan. Unda tashilgan mahsulotlarning assortimenti nihoyatda xilma-xil bо‘lgan. Sharqdan G‘arbga tomon qanchalik kо‘p va turfa xil mahsulotlar olib borilgan bо‘lsa, о‘z navbatida G‘arbdan Sharqga qarab kerakli, har xil mahsulotlar kо‘plab miqdorda olib kelingan. “Buyuk ipak yо‘li” xalqlarning о‘zida yо‘q bо‘lgan, lekin turmushda kerakli bо‘lgan turli-tuman mahsulotlarga bо‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilgan. Shuning barobarida xalqlarning о‘zlari yetishtiradigan, ammo ehtiyojlaridan ortiq ravishda mavjud bо‘lgan mahsulotlarni boshqa о‘lkalarga yuborish va shuni orqasidan mumaygina daromad kо‘rish imkoniyatini bergan. Bu jarayonlarni hozirgi zamon iqtisodiyot tilida aytadigan bо‘lsak, mamlaktlarning import va eksport salohiyatlaridan foydalanish  va rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratgan. “Buyuk ipak yо‘li”ning yana bir e’tiborli tomoni shundaki, bu yо‘l xalqlarni bir-biriga tanitgan. Avvallari mutloqo notanish va begona bо‘lgan xalqlar asta-sekinlik bilan о‘zlari haqida о‘zaro axborotga ega bо‘la borishgan.

 

REFERENCES

  1. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Бирдамлик ва ҳамжиҳатлик – ижтимоий муносабатларнинг келажагидир. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
  2. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Ижтимоий муносабатларнинг шаклланиши ва барқарорлигини белгиловчи муҳим тамойиллар. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.  3(3), March, 2023.
  3. Salimov, B., Madalimov, T. (2023). Transport falsafasi. Globe Edit.
  4. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Importance of Sea Transport in the Communication System. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research Journal. Volume 2 Issue 1, Year 2023 ISSN: 2835-3013.
  5. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Influence of the Transport and Communication System on Social Relations. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
  6. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. Reforms in the Fields of Communication and Transport and their Social Impact. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
  7. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022) Ўзбекистон тараққиётида коммуникация ва транспорт тизимини ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 403-407.
  8. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022). Жамиятнинг шаклланиши ва такомиллашувида бошқарув ва тарбия санъатининг ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (11), 359-365.
  9. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.  Volume: 1, lssue 6,  2021. -Р.406-410. 
  10. Салимов Б.Л. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик боғлиқлигининг гносеологик таҳлили. Фалсафа фанлари доктори диссертацияси. Ўзбекистон Миллий университети. Тошкент. 2022, 224 б.
  11. Салимов Бахриддин Лутфуллаевич. Йўлдошов Сардор Зокир ўғли. (2023). 61. Инсоният ҳаётидаги туб бурилишлар.Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
  12. Салимов Бахриддин Лутфуллаевич Равшанов Охунжон Тўймурод ўғли. (2023). 51. Техника тараққиётининг икки ёқлама таъсири. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
  13. Bakhriddin Lutfullaevich Salimov. NEGATIVE CONSEQUENCES OF SCIENCE AND TECHNOLOGY DEVELOPMENT. International Conference" Law, Economics and Tourism sciences in the modern world". 2023/5/1. С. 5-10.
  14. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich, Tursunov, Shokhijakhan Ravshanovich, Haydarov, Mehriddin Nuriddin Ugli (2023). SYNERGETIC APPROACH IN THE ANALYSIS OF SOCIAL RELATIONS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (3), 1001-1007.

 

 

 

[1] Tarixdan hikoyalar. U. Jo‘rayev [va boshq.].   Toshkent: Cho‘lpon. 2015.  61 bet.

[2] Saoyuan sichou chjilu yuy Chjungya venming (Yaylovlararo ipak yо‘li va Markaziy  Osiyo  madaniyati). Urumchi.1994. 9-19 betlar.

[3] Lyu Yingsheng. Silu venxua. Saoyun jyuan (Ipak yо‘lidagi madaniyat. Yaylov yо‘llariga oid jild). Chjejyang. 1996. 19 b.  Yang Jyanshin, Lu Vey.  Sichou chjilu (Ipak yо‘li). Lanjou. 1988. 108 b.

Опубликован

2023-12-19

Как цитировать

Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Toshkent davlat transport universiteti professori v.b. Niyozqulov Dilshod Bobir o‘g‘li. Toshkent davlat transport universiteti talabasi. (2023). 4.18 IJTIMOIY TARAQQIYOTDA QADIMIY KARVON YО‘LLARINING AHAMIYATI. Научный журнал Инновационные технологии в строительстве, 4(1), 66–69. извлечено от https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/150