4.2 MUHANDISLIKNING AKSIOLOGIK QIYOFASI
Аннотация
Annotasiya. Muhandislik kasbiy imidjining vujudga kelishi jamiyatdagi mavjud sohalarga ham aloqadordir. Mazkur aloqadorlik, “shaxs – texnika – tabiat” konsepsiyasi asosida shakllantiriladi. Texnik ta’limni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy muhandisning aksiologik qiyofasi o‘z tarkibiga qadriyatlar doirasini sezilarli darajada kengaytiradigan intellektual, axloqiy, kasbiy, ekzistensial xususiyatlarini qamrab olgan.
Kalit so‘zlar: muhandis, ta’lim, qadriyat, mutaxassis, shaxs – texnika – tabiat.
Muhandislik kasbiy imidjining vujudga kelishi jamiyatdagi mavjud sohalarga ham aloqadordir. Mazkur aloqadorlik, “shaxs – texnika – tabiat” konsepsiyasi asosida shakllantiriladi. Texnik ta’limni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy muhandisning aksiologik qiyofasi o‘z tarkibiga qadriyatlar doirasini sezilarli darajada kengaytiradigan intellektual, axloqiy, kasbiy, ekzistensial xususiyatlarini qamrab olgan. Ushbu jihatlar muhandisning yaxlit shaxs va yetuk mutaxassis sifatida kamol topishiga xizmat qiladi. Shunday qilib, shaxsning aksiologik modelida taqdim etilgan potentsial muhandisning ko‘p qirrali va ijtimoiy samarali qiyofasi quyidagi qadriyatlarni o‘zida mujassam etishi zarur: vatanparvarlik, jamoaviylik, mehnat, insonparvarlik, tabiatga oqilona munosabat, sog‘lik, o‘zini o‘zi qadrlaydigan inson shaxsiyati bilan, qiziqish va ijodiy intilish, aql-zakovat, keng dunyoqarash, ijodiy faollik, axborot savodxonligi va madaniyati, ekologik oqibatlari uchun ong, kasbiy va ijtimoiy javobgarlik, texnik vositalardan foydalanish, ma’naviy va axloqiy immunitetini yangilash, faollashtirish va boshqalar. Muhandisning o‘z-o‘zini anglashini maqsadlari va qadriyatlari haqida o‘ylash, ta’lim tizimi ma’sullari uchun allaqachon muhim hayotiy masalaga aylanib ulgurgan. Texnik universitet talabalari va doktorantlarining zimmalaridagi ma’suliyat ayniqsa, boshqalarnikiga qaraganda ko‘proqdir. Muhandislik ta’limining aksiologik asosi sifatida muhandisning intellektual, texnik va axborot savodxonligi, ijodkorlik, ekologik madaniyatga oid bilimlarining ham o‘z o‘rni bor. Muhandisning kasbiy va ijtimoiy mas’uliyati, uning ma’naviy axloqiy fazilatlaridan kuch oladi. Muhandislik ta’limining aksiologik xususiyatlari shundan iboratki, o‘quv jarayonida bo‘lajak muhandisning shaxsiy tanlovini tuzatish mumkin. Bugungi kelajakka oid noaniqlik sharoitida ushbu tadbirning gumanistik qadriyat sifatidagi tomoni ayniqsa muhimdir.Ijtimoiy va texnik fanlarni o‘qitish jarayonida fanlararo darajadagi muhandislik ta’limini takomillashtirish bo‘yicha biz tomonimizdan yuqorida bildirilgan aksiologik takliflarni va metodikani izchil qo‘llash talabalarda muhandislik ongini shakllantirishga xizmat qiladi. Bunday yondashuv ta’lim va kasbga, intellekt va ijodiy faoliyatni rivojlantirish hamda takomillashtirishga, ularga nisbatan qadrli munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi.Bugungi dunyoning texnokratik rivojlanish modeliga o‘tish sharoitida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lidagi texnik taraqqiyotida insoniyatning “omon qolishi”, ko‘p jihatdan muhandislarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada asosiy shaxsga aylangan muhandislar ilm – fanga ustuvor ahamiyat bergan holda aqlli texnologiyalarni yaratishmoqda. Ushbu aqlli texnologiyalaning hozirgi muammoli vaziyatlarni aniqlashda, hal etishda va kelgusi rivojlanishda samarali yo‘nalishlarni ishlab chiqishda ahamiyati katta bo‘lmoqda. Muhanbdislarning jamiyatda belgilangan yuksak maqsadlarni amalga oshirishdagi hissalari beqiyosdir. Shu fikrlardan kelib chiqqan holda mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida muhandislik ta’liminining strategiyasi sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: ü Muhandislik faoliyati intellektual elitaga aylanadi. ü Muhandislik ta’limi ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosini tashkil etadi.ü Muhandislik davlat tuzilmalarining uzluksiz faoliyatini belgilaydi.ü Muhandislik faoliyati eng yuqori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish imkoniyatlarini beradi.ü Muhandislik faoliyati tabiiy resurslar salohiyatidan hozirgi va kelajak avlodlar uchun unumli foydalanishni ta’minlaydi. Muhandislik ta’liminining strategiyasi rivojlanishi quyidagilarga asoslanishi kerak:1) mamlakatda ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi tub islohotchilik o‘zgarishlarini tahlil qilish;2) aralash iqtisodiyotni shakllantirish jarayonlarini o‘rganish, mamlakatlar, mintaqaviy iqtisodiyotlarning rivojlanish yo‘nalishlarining mavjudligi;3) muhandislik maqsadlari va qadriyatlarining tizimli ko‘rinishi kelajak faoliyati ekanligi;4) yuzaga kelayotgan professional falsafani hisobga oladigan ta’lim;5) muhandislik mehnat bozorining holati va dinamikasini o‘rganish va mintaqaviy intellektual mahsulotlar, mintaqalararo, milliy, xalqaro darajada mazmunli, tarkibiy o‘zgarishlar prognozini ishlab chiqish, mamlakat fan va madaniyati, ta’limga bo‘lgan aholi ehtiyojlarini o‘rganish. Biroq, muhandislik faoliyatining tabiat va jamiyatga ta’sirining ikkinchi tomoni bor. Barcha muhandislar bilishlari kerakki, bugungi kunda insoniyat e’tibor qaratmaydigan vaziyat bu texnik innovatsiyalarning salbiy oqibatlari va ularning global muammolarga olib kelishi mumkin halokatli natijalaridir. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, muhandislar tomonidan qilingan ko‘plab ixtirolar, o‘zgarishlar kutilmagan salbiy, yon ta’sirlarga olib kelgan. Masalan, ichki yonish dvigatellari havoning ifloslanishiga olib keldi, sanoat va texnika rivoji oqibatida son-sanoqsiz maishiy chiqindilar atrof muhitni zararlanishiga olib kelmoqda, yadro texnologiyasidan foydalanish esa ba’zi atom stansiyalarida portlashlarga sabab bo‘ldi va hokazo.
Fikrimizni falsafiy qonunlarga asoslangan holda davom ettiradigan boʼlsak, insoniyat va sanoat – qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni asosida bir-biriga dialektik bogʼliqlikda rivojlanadi. Bu dialektik bogʼliqlik bir tomondan insoniyatga foydali boʼlsa, boshqa tomondan esa zararlidir. Bizning nuqtai nazarimizga koʼra, sanoat va fan-texnika taraqqiyotining hozirgi koʼrinishdagi taraqqiyoti nomaqbul. Yoki boshqacha qilib aytadigan boʼlsak. Sanoat va fan-texnika taraqqiyoti qonunlarini tabiat va biosferaning mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlariga zid keladigan jihatlarini qayta koʼrib chiqish lozim. Negaki, tabiatni biz yaratmaganmiz, u va uning mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlari bizdan oldin, bizga bogʼliq boʼlmagan holda vujudga kelgan. Demak, tabiatning mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini oʼzgartira olmaymiz. Аmmo, sanoat va fan-texnika, insoniyat aql-tafakkurining, uning aqliy va jismoniy faoliyatining mahsulidir. Shunday ekan, sanoat va fan-texnika taraqqiyoti qonuniyatlarini oʼzgartirish, uni insoniyatga maqbul tomonga yoʼnaltirish mumkin. Sanoat, fan-texnikaning hozirgi koʼrinishdagi taraqqiyotining baʼzi bir jihatlari tabiat, biosfera va insoniyat kelajagi uchun nomaqbuldir. Muhandislarning oldida qisqa fursatlarda hal etilishi shart boʼlgan vazifa – sanoat va texnika taraqqiyoti qonuniyatlarini tabiat va biosfera qonuniyatlariga moslashtirish va uygʼunlashtirishdan iboratdir. Muhandislar sanoat va texnika taraqqiyotini shunday yoʼllarini kashf etishi kerakki, bu yoʼllar insoniyatni zavoli uchun emas, aksincha istiqboli uchun xizmat qilishi zarur[1].
Yuqoridagi vazifalarni hal etish texnikani insonparvarlashtirish masalalari bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki, insonparvarlashtirish jarayoni texnik ta’limni ma’naviy mazmun bilan to‘ldiradi. Ma’naviyat - bu insonning o‘zini o‘zi anglash istagini aks ettiruvchi, insonparvarlik dunyoqarashining muhim xususiyati bo‘lgan qadriyat ongining eng yuqori darajasidir.
REFERENCES
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Бирдамлик ва ҳамжиҳатлик – ижтимоий муносабатларнинг келажагидир. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Ижтимоий муносабатларнинг шаклланиши ва барқарорлигини белгиловчи муҳим тамойиллар. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
- Salimov, B., Madalimov, T. (2023). Transport falsafasi. Globe Edit.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Importance of Sea Transport in the Communication System. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research Journal. Volume 2 Issue 1, Year 2023 ISSN: 2835-3013.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Influence of the Transport and Communication System on Social Relations. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. Reforms in the Fields of Communication and Transport and their Social Impact. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
- Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022) Ўзбекистон тараққиётида коммуникация ва транспорт тизимини ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 403-407.
- Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022). Жамиятнинг шаклланиши ва такомиллашувида бошқарув ва тарбия санъатининг ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (11), 359-365.
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume: 1, lssue 6, 2021. -Р.406-410.
- Салимов Б.Л. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик боғлиқлигининг гносеологик таҳлили. Фалсафа фанлари доктори диссертацияси. Ўзбекистон Миллий университети. Тошкент. 2022, 224 б.
- Салимов Бахриддин Лутфуллаевич. Йўлдошов Сардор Зокир ўғли. (2023). 61. Инсоният ҳаётидаги туб бурилишлар.Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
- Салимов Бахриддин Лутфуллаевич Равшанов Охунжон Тўймурод ўғли. (2023). 51. Техника тараққиётининг икки ёқлама таъсири. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
- Bakhriddin Lutfullaevich Salimov. NEGATIVE CONSEQUENCES OF SCIENCE AND TECHNOLOGY DEVELOPMENT. International Conference" Law, Economics and Tourism sciences in the modern world". 2023/5/1. С. 5-10.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich, Tursunov, Shokhijakhan Ravshanovich, Haydarov, Mehriddin Nuriddin Ugli (2023). SYNERGETIC APPROACH IN THE ANALYSIS OF SOCIAL RELATIONS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (3), 1001-1007.
[1] Салимов Бахриддин Лутфуллаевич. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик боғлиқлигининг гносеологик таҳлили. Фалсафа фанлари доктори (DSc) диссертацияси. Тошкент– 2022. 82-bet.