6.29 TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV BOSQICHIGA JINOYAT-PROTSESSUAL JIHATIDAN YONDASHUV HAMDA NAZARIY QARASHLAR.

Authors

  • Ibadullayev Islom Boboxon o’g’li O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tinglovchisi

Abstract

Mazkur maqolamizda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligida yangi institut bo‘lib hisoblanuvchi tergovga qadar tekshiruv bosqichi haqida o‘zbek olimlarining ilmiy qarashlari hamda ularga o‘z fikrlarimiz orqali bildirgan munosabatlarimiz aks etgan.

Kalit so`zlar: ishni sudga qadar yuritish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, protsessual majburlov choralari, protsessual harakatlar, tergov harakatlari, qamoqqa olish, uy qamog‘i qo‘llash, garov.

Аннотация. В данной статье отражены научные взгляды узбекских учёных на стадий доследственной проверки, которая считается новым институтом в уголовно-процессуальном законодательстве Республики Узбекистан, а также наши отношение к ним, выраженные через свои мнения.

Ключевые слова: расследование уголовного дела до суда, возбуждение уголовного дела, отказ в возбуждении уголовного дела, доследственная проверка, дознание, предварительное следствие, меры процессуального принуждения, процессуальные действия, следственные действия, задержание, применение домашнего ареста, залога.

Annotation. This article reflects the scientific views of Uzbek scientists on the stages of pre-investigation verification, which is considered a new institution in the criminal procedural legislation of the Republic of Uzbekistan, as well as our attitude towards them, expressed through our opinions.

Key words: investigation of a criminal case before trial, initiation of a criminal case, refusal to initiate a criminal case, pre-investigation check, inquiry, preliminary investigation, measures of procedural coercion, procedural actions, investigative actions, detention, application of house arrest, bail.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida har qanday jinoyat haqidagi ariza ham, xabar va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlar ham ishni sudga qadar yuritish shakllaridan biri bo‘lmish tergovga qadar tekshiruv bosqichida tekshirib chiqiladi, bundan darhol jinoyat ishi qo‘zg‘atiladigan hollar mustasno. Bunday tartib jinoyat-protsessual qonunchiligiga 2017-yildan boshlab kiritilgan bo‘lib, shunga qadar bu bosqich surishtiruv bosqichi sifatida belgilangan edi.

2017-yil 6-sentabr kuni “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga bir necha o‘nta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, jinoiy-huquqiy sohada sezilarli yangiliklar amalga oshirildi. Shulardan eng ko‘zga ko‘ringan yangiliklardan biri sifatida ishni sudga qadar yuritish bosqichidagi islohotlarni aytishimiz mumkin. Qonun qabul qilinguniga qadar “surishtiruv” deb nomlanuvchi jinoyat-protsessual bosqich o‘z nomini “tergovga qadar tekshiruv” bosqichiga o‘zgartirib, surishtiruvning o‘zi esa dastlabki tergov bilan bir qatorda jinoyatlarni tergov qilish shakllari qatoridan o‘rin oldi. Aniqroq tartib bilan aytadigan bo‘lsak, ishni sudga qadar yuritish bosqichi o‘z o‘rnida uchta shaklga ega bo‘ldi.

Birinchisi, tergovga qadar tekshiruv shakli bo‘lib, jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar ro‘yxatga olinganidan to jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqidagi yoki jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinguniga qadar bo‘lgan jarayonni nazarda tutadi.

Ikkinchisi, surishtiruv shakli bo‘lib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi qaror qabul qilinganidan so‘ng bir oylik muddat ichida ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni tergov qilishni va yakuniy qaror qabul qilishni nazarda tutadi.

Published

01-05-2024

How to Cite

Ibadullayev Islom Boboxon o’g’li O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tinglovchisi. (2024). 6.29 TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV BOSQICHIGA JINOYAT-PROTSESSUAL JIHATIDAN YONDASHUV HAMDA NAZARIY QARASHLAR. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 6(1), 123–127. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/215