4.14 TEXNIKA FALSAFASI – BU DUNYONI TEXNIK JIHATDAN INTIZOMIY ASOSDA TASHKIL ETISH TAMOYILLARINI O‘ZIDA MUJASSAMLASHTIRGAN FALSAFADIR
Abstract
Annotasiya. Texnika falsafasi - bu dunyoni texnik jihatdan intizomiy asosda tashkil etish tamoyillarini o‘zida mujassamlashtirgan falsafadir. Texnik bilimlarning falsafiy jihatdan o‘rganishga qaratilgan texnika falsafasining o‘ziga xosligi, uni muhandislik va texnikaning umumiy nazariyasidan ajratib turadi. Texnika falsafasi – texnikaning mavjudligi va rivojlanishining universal tamoyillarining g‘oyaviy asoslarini tahlil etadi.
Kalit so‘zlar: intizom, tizimli tahlil, taraqqiyot, texnika va tabiat, axloqiy, estetik, global.
Yillar o‘tishi bilan texnika falsafasining zamonaviy muammolari vujudga kela boshladi. 1970-yillarda sinergetik yo‘nalishga asos solinishi ko‘p o‘lchovli hodisa sifatida texnikani o‘rganishga fanlararo yondashuvni taqozo eta boshladi. Shu jumladan harakatlar texnikasi hodisasining ijtimoiy-siyosiy, antropologik, axloqiy-estetik va aksiologik tadqiqot doirasida tahlil qilishni o‘z ichiga olgan metodologik, sivilizatsiyaviy, tarixiy-madaniy paradigmik usullar ham qo‘llanila boshlandi. Bu davrda, muhandislik texnikasini yaratishda o‘z muhitida, o‘z faoliyatida falsafiy ongga ehtiyoj zarurligi anglab etildi. Albatta bunday qarashlar texnika yutuqlaridan oqilona foydalanishga, zamonaviy texnikaning rivojlanish istiqbollarini belgilab olishda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan.
Ammo, masalaning boshqa tomoni ham bor, ya’ni insonparvarlik muhitida zamonaviy jamiyatda texnik taraqqiyotga tanqidiy munosabat kuchayadi va birinchi navbatda uning salbiy tomonlariga e’tibor qaratiladi. Texnika kerakmi yoki kerakmasmi, yoxud texnika ijobiymi yo salbiy ahamiyatga egami. Mana shu ikki xil qarash texnika falsafasining asosiy mavzusiga aylandi. Albatta, yillar o‘tishi bilan texnika falsafasining tadqiqot doirasi ham o‘zgarib boradi. 1950 yil texnikasi bilan hozirgi davr texnikasi o‘rtasida ancha katta farq bor. O‘z navbatida ushbu farq, falsafiy tafakkurga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Faylasuflar va olimlar texnikani o‘rganishda, qoida tariqasida, muammoning madaniy, tarixiy va ijtimoiy tomonlarini hisobga olishi maqsadga muvofiqdir. Texnika falsafasi alohida falsafiy fan sifatida shakllanishining hozirgi bosqichida: “Texnika falsafasi nima?”, “Uning predmeti nima?”, “Texnika falsafasi qanday oʻrin tutadi?” kabi savollar tugʻiladi. Falsafiy bilimlar tarkibida texnika falsafasi, zamonaviy texnika haqida mulohazalar kabi qarashlar zamirida texnika falsafasi shakllana bordi va ushbu yo‘nalishlarni o‘rganishga eng ko‘p e’tibor qaratildi.
Texnika falsafasi – texnika taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari va texnik faoliyat, dizayn, texnik fanlarning umumiy va zamonaviy insoniyat madaniyatida tutgan o‘rni, inson va texnika o‘rtasidagi munosabatlar, texnika va tabiat, axloqiy, estetik, global va boshqa muammolarning zamonaviy texnik – muhandislik nuqtai nazaridan yechimini o‘rganadi. “Texnika falsafasi nima?” degan savolga ikki xil usulda javob berish mumkin: birinchidan, texnika falsafasini, texnikani o‘rganadigan boshqa fanlar bilan maxsus solishtirib, tekshirilishini aniqlash orqali; ikkinchidan, texnikaning o‘zi nima ekanligini ko‘rib chiqish orqali.
Shunday qilib, texnika falsafasi, avvalo, falsafaga bir butun va ajralmas bo‘lim sifatida kiritilgan texnik bilimlarning muayyan qismi bo‘lib, u fanning rivojlanish chorahasida joylashgan va keyingi taraqqiyot yo‘lini belgilab beradigan o‘ziga xos yo‘nalishdir. Texnika falsafasi texnik dunyoning ma’naviy va mafkuraviy tomonlarini, ontologiyasini, texnikaning aksiologiyasi, gnoseologiyasi va metodologiyasini o‘rganadi. Shuningdek, texnika falsafasi bu texnik dunyoning dunyoqarashi, me’yoriy va qadriyat asoslari shakllanadigan ma’naviy faoliyat sohasi, texnik g‘oya tushunchasi va uni amalda qo‘llashning tarixiy o‘rni va rolini o‘rganish demakdir. Texnika falsafasini birinchi navbatda savollar qiziqtiradi: texnika nima va texnik dunyo nima va hokazo.
Texnika falsafasining diqqat markazida texnikaning muayyan turlari emas, balki texnik faoliyat shakllari va texnik dunyoning tabiati, umuman texnik soha turadi. Texnika falsafasi, texnik dunyoning hamma xususiyatlarini namoyon bo‘lishiga, ularning ochiq va yashirin tamoyillarini yoritishga chaqiradi. U diqqatini texnikaning tabiatiga qaratadi va texnikani hodisa sifatida o‘rganishga da’vat etadi. Texnik dunyo ob’ektiv va mavhum-ideallikka ega bo‘lib, o‘zida g‘oya-kontseptsiya shaklidagi mavjudlikni mujassamlashtirgan. Aslini olganda, texnik jarayon hozirda har qanday inson faoliyatining, umuman jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Texnika falsafasi texnik faktlarni oddiygina tasvirlab bermaydi, balki texnik taraqqiyotning ichki va tashqi tomonlarining birligiga xizmat qiladigan sub’ektlarni ochib beradi. Boshqacha qilib aytganda, texnika falsafasi dunyoning empirik tomoni bilan unchalik qiziqmaydi. Texnika falsafasi texnikaning mohiyatini va tabiatini anglashga, texnik dunyoning o‘ziga xos mazmunini tushunishga ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Bu fan “texnik voqelikni qay darajada falsafaga mos ravishda tasvirlash mumkin”ligi borasida izlanishlar olib boradi.
Aytishimiz mumkinki, texnika falsafasi - bu dunyoni texnik jihatdan intizomiy asosda tashkil etish tamoyillarini o‘zida mujassamlashtirgan falsafadir. Texnik bilimlarning falsafiy jihatdan o‘rganishga qaratilgan texnika falsafasining o‘ziga xosligi, uni muhandislik va texnikaning umumiy nazariyasidan ajratib turadi. Texnika falsafasi texnikaning tuzilishini, uning vazifalarini, ishlash printsiplarini va boshqa texnik tavsiflarini o‘rganmaydi. Balki, texnika falsafasi – texnikaning mavjudligi va rivojlanishining universal tamoyillarining g‘oyaviy asoslarini tahlil etadi. Bunda quyidagi xususiyatlarga e’tibor qaratiladi: birinchidan, texnikaga hodisa sifatida qaraladi, ikkinchidan, texnikaning ichki bardoshlilig xususiyatlari va rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, uchinchidan, texnikaning ijtimoiy taraqqiyotga va tarixiy istiqbolini ham hisobga olinadi.
Texnik harakatlarni farqlash uchun, texnik bilim va texnik ongga ehtiyoj tug‘iladi. Bular esa texnika falsafasining ob’ekti va predmetini aniqlashda o‘zgacha yondashuvni vujudga keltiradi. Texnik harakatning natijasi, bu sun’iy shaklda yaratilgan (texnik) qurilma hisoblanadi. Albatta, texnik harakatning natijasi bilimsiz bo‘lmaydi. Shuningdek, texnik harakatning natijasi texnik onga, texnik faoliyatga, texnik bilimlarning tarixiy va zamonaviy madaniyatdagi o‘rniga ham bog‘liqdir. Agarda, sun’iy ravishda yaratilgan texnik qurilma texnikaning ob’ekti bo‘lsa, u holda texnik bilim va madaniyat hamda ularning texnik hodisa sifatidagi birgalikda olingan faoliyati texnika falsafasining ob’ekti hisoblanadi. Texnikaning predmeti – texnik harakat bo‘lsa, falsafasining predmeti – bu fan va texnik ongni rivojlantirishga qaratilgan bilimlar yig‘indisidir. Shunday qilib, texnika falsafasi – texnik faoliyat va texnik bilim madaniyat hodisasi sifatida ilmiy maydonga chiqadi.
Texnik ongning rivojlanishini aks ettiruvchi texnika falsafasi, falsafaning boshqa sohalariga nisbatan uzoqroq vaqt davomida taraqqiy etgan falsafiy bilimlarning mustaqil sohasi sanaladi. Falsafaning ushbu masalasiga bag‘ishlangan bir qator adabiyotlar, to‘plamlar, monografiyalar yaratilgan. So‘nggi yillarda xalqaro va ko‘plab milliy falsafiy kongresslarda texnika falsafasi yoki uning alohida bo‘limlari bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Bir qator Evropa mamlakatlarida va Rossiyada texnika falsafasi bo‘yicha maxsus kurslarni o‘qitish ishlari olib borilmoqda.
Texnika falsafasida taraqqiyotining shu kungacha bo‘lgan bosqichlarida texnikaning ikkita asosiy xususiyati – texnoptimizm va texnopessimizm tushunchalari ham muhim o‘rin tutadi. Aslida ham, “ijtimoiy munosabatlar doirasida sanoatning inson va jamiyat hayotida ikki tomonlama taʼsiri, yaʼni, salbiy va ijobiy tomonlari bor. Fan tili bilan aytganda, texnooptimizm – texnika taraqqiyoti inson hayotini farovonlashtirishga xizmat qilsa, texnopessimizm – texnika taraqqiyoti insoniyat uchun salbiy taʼsir etadi. Taʼbir joiz boʼlsa aytishimiz mumkinki, sanoat insoniyatga bir vaqtning oʼzida ham doʼst, ham dushmandir. Insoniyat va sanoat – qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni asosida bir-biriga dialektik bogʼliqlikda rivojlanadi. Bu dialektik bogʼliqlik bir tomondan insoniyatga foydali boʼlsa, boshqa tomondan esa zararlidir”[1].
REFERENCES
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Бирдамлик ва ҳамжиҳатлик – ижтимоий муносабатларнинг келажагидир. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Ижтимоий муносабатларнинг шаклланиши ва барқарорлигини белгиловчи муҳим тамойиллар. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
- Salimov, B., Madalimov, T. (2023). Transport falsafasi. Globe Edit.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Importance of Sea Transport in the Communication System. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research Journal. Volume 2 Issue 1, Year 2023 ISSN: 2835-3013.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Influence of the Transport and Communication System on Social Relations. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. Reforms in the Fields of Communication and Transport and their Social Impact. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
- Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022) Ўзбекистон тараққиётида коммуникация ва транспорт тизимини ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 403-407.
- Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022). Жамиятнинг шаклланиши ва такомиллашувида бошқарув ва тарбия санъатининг ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (11), 359-365.
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume: 1, lssue 6, 2021. -Р.406-410.
- Салимов Б.Л. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик боғлиқлигининг гносеологик таҳлили. Фалсафа фанлари доктори диссертацияси. Ўзбекистон Миллий университети. Тошкент. 2022, 224 б.
- Салимов Бахриддин Лутфуллаевич. Йўлдошов Сардор Зокир ўғли. (2023). 61. Инсоният ҳаётидаги туб бурилишлар.Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
- Салимов Бахриддин Лутфуллаевич Равшанов Охунжон Тўймурод ўғли. (2023). 51. Техника тараққиётининг икки ёқлама таъсири. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
- Bakhriddin Lutfullaevich Salimov. NEGATIVE CONSEQUENCES OF SCIENCE AND TECHNOLOGY DEVELOPMENT. International Conference" Law, Economics and Tourism sciences in the modern world". 2023/5/1. С. 5-10.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich, Tursunov, Shokhijakhan Ravshanovich, Haydarov, Mehriddin Nuriddin Ugli (2023). SYNERGETIC APPROACH IN THE ANALYSIS OF SOCIAL RELATIONS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (3), 1001-1007.
[1] Салимов Бахриддин Лутфуллаевич. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик боғлиқлигининг гносеологик таҳлили. Фалсафа фанлари доктори (DSc) диссертацияси. Тошкент– 2022. 82-bet.