4-3 MONOLIT TEMIR-BETON TRANSPORT INSHOOTLARI BETONINING MUSTAHKAMLIGINI BUZMASDAN NAZORAT QILISH USULLARINI ISSIQ-QURUQ IQLIM SHAROITIGA MOSLASHTIRISH
Abstrak
Maqolada monolit ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlari betonining mustahkamligini buzmasdan nazorat qilish (BNQ) usullari — elastik qaytish, zarba impulsi, ajratib uzish va ultratovush impuls usullari qiyosiy tahlil qilingan. Belarus milliy texnika universiteti ilmiy maktabining laboratoriya va natura sinovlari natijalari umumlashtirilib, har bir usulning ta’sir zonasi, sirt holati va karbonizatsiyaga sezgirligi, erta yoshdagi betonga qo‘llanish imkoniyati baholangan. O‘zbekistonning issiq-quruq iqlimi omillarining usullar natijalariga ta’siri ko‘rib chiqilgan va qurilish bosqichlari bo‘yicha usullarni qo‘llash sxemasi taklif etilgan.


