3-6 VARVARIZM, NEOLOGIZM, O'ZLASHMA VA REALIYA: LINGVISTIK CHEGARALAR VA RAQAMLI DISKURSDAGI O'ZARO MUNOSABAT
Abstrak
Mazkur maqolada tilshunoslikdagi varvarizm, neologizm, o'zlashma va realiya tushunchalari tasnifi bir qator misollar yordamida chuqur tahlil qilingan. Ularning tilshunoslikda tutgan o'rni va so'zlovchilar nutqidagi ahamiyati alohida tadqiq etilgan. Shuningdek, ingliz va o'zbek raqamli diskursida varvarizm, o'zlashma, neologizm va realiyalarning qo'llanilish doirasi va sotsiolingvistik xususiyatlari tahlil etilgan. Tadqiqotda raqamli diakursning lingvistik xususiyatlari, pragmatik strategiyalarning tasnifi hamda ularning ingliz va o'zbek tillarida namoyon bo'lishidagi umumiy va farqli jihatlar qiyosiy tahlil qilinadi. Ishda diskursiv, pragmatik va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanilgan bo'lib, natijalar raqamli diskurs pragmatikasi bo'yicha nazariy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.


