3-1 GAZOBETON BLOKLARINI TERISHDA QO‘LLANILADIGAN POLIMERSEMENTLI YELIMNING MUSTAHKAMLIK VA DEFORMATSION XOSSALARINI TADQIQ QILISH

Mualliflar

  • U.J. Turgunbaev, N.A. Sunnatillayeva magistr(TDTU)

Abstrak

Mazkur maqolada gazobeton bloklarini terishda qo‘llaniladigan polimersementli yelimning mustahkamlik va deformatsion xossalari tadqiq qilingan. Tadqiqotda yelim va an’anaviy sement-qum qorishmalarining fizik-mexanik hamda ekspluatatsion ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi. O‘tkazilgan tajribalar natijasida polimersementli yelimning siqilishdagi mustahkamligi, adgeziyasi va suv tutish qobiliyati yuqori ekanligi aniqlandi. Shuningdek, yelim qorishmasida kirishish deformatsiyalarining kuzatilmasligi va mustahkamlikning dastlabki muddatlardayoq jadal ortishi qayd etildi. Olingan natijalar polimersementli yelimdan foydalanish gazobeton bloklari bilan hosil qilinadigan konstruksiyalar yaxlitligini oshirish, chok qalinligini kamaytirish hamda issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi.

Kalit so‘zlar: gazobeton bloklari, polimersementli yelim, sement-qum qorishmasi, siqilish mustahkamligi, adgeziya, kirishish deformatsiyasi, suv tutish qobiliyati, fizik-mexanik xossalar, qurilish qorishmalari, energiya samaradorligi.

Nashr qilingan

2026-06-10