1-7 BUXORO–MISKIN TEMIR YO‘L LINIYASIDA POYEZDLAR HARAKAT TEZLIGINING QUMLI KO‘TARMALAR DINAMIK BARQARORLIGIGA TA’SIRINI BAHOLASH
Abstrak
Railway infrastructure located in arid and desert regions is often constructed on sandy soils that are sensitive to cyclic dynamic loading caused by train movement. The stability of railway embankments under these conditions becomes a critical factor affecting the safety and reliability of railway transport. This study evaluates the effect of train speed on the dynamic stability of sandy railway embankments along the Bukhara–Miskin railway line in Uzbekistan. A numerical analysis of the track–embankment–ground system was performed using dynamic modeling methods. The influence of train speed on vibration amplitude, dynamic stress distribution, and deformation characteristics of sandy soils was investigated. The results show that an increase in train speed significantly increases vibration acceleration and dynamic stress in the embankment body. When the train speed exceeds certain thresholds, cyclic deformation and settlement processes intensify, which may reduce the long-term stability of railway infrastructure. The obtained results provide recommendations for optimizing train operating speeds and improving the design of railway embankments in sandy desert environments.
Keywords: railway embankment, sandy soil, train speed, dynamic stability, railway subgrade, vibration, desert railways.
Annotatsiya. Cho‘l va yarim cho‘l hududlaridan o‘tuvchi temir yo‘l liniyalarida ko‘tarmalarning barqarorligini ta’minlash muhim muhandislik vazifalaridan biridir. Ayniqsa qumli gruntlardan tashkil topgan temir yo‘l ko‘tarmalari poyezdlar harakati natijasida hosil bo‘ladigan dinamik yuklamalarga nisbatan sezgir hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda Buxoro–Miskin temir yo‘l liniyasida poyezdlar harakat tezligining qumli ko‘tarmalar dinamik barqarorligiga ta’siri baholandi. Tadqiqot jarayonida temir yo‘l izining “rels–shpal–ballast–ko‘tarma–grunt asos” tizimi uchun dinamik model ishlab chiqildi va turli tezliklarda yuzaga keladigan kuchlanish hamda tebranish parametrlarining o‘zgarishi o‘rganildi. Hisoblash natijalari shuni ko‘rsatdiki, poyezd tezligi ortishi bilan ko‘tarmadagi dinamik kuchlanishlar va tebranish amplitudasi sezilarli darajada ortadi. Bu esa uzoq muddatli ekspluatatsiya jarayonida grunt deformatsiyasining ortishiga olib kelishi mumkin. Olingan natijalar qumli hududlarda joylashgan temir yo‘l liniyalarining ishonchliligini oshirish hamda optimal ekspluatatsion tezlikni belgilash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: temir yo‘l ko‘tarmasi, qumli grunt, poyezd tezligi, dinamik barqarorlik, temir yo‘l asoslari, tebranish.


