11.23 YENGIL NANOSTRUKTURLANGAN BETON
Keywords:
yengil beton, nanostrukturalashtirilgan beton, yangi avlod betonlari, modifikatsiyalangan beton, nanokremnezem, nanotexnologiya, yuqori ekspluatatsion xossalar, tajribaviy tadqiqot, energiya tejamkor qurilish materiallari.Abstract
Ushbu maqolada yengil nanostrukturlangan betonlarning shakllanish mexanizmi, ularning asosiy turlari hamda xossalarini yaxshilashda nanotexnologiyalarning o‘rni haqida ma’lumotlar yoritilgan. Asarda yuqori ekspluatatsion xossalari bilan modifikatsiyalangan betonlar, yangi avlod betonlari va nanostrukturalashtirilgan yengil betonlarning nazariy asoslari hamda ularning tarkibiy moddalari tahlil qilinadi.
Beton tarkibiga nanomodifikatorlar — nanokremnezem, nanopolimerlar va boshqa aktiv qo‘shimchalarni kiritish orqali betonning mustahkamligi, suv o‘tkazmasligi va uzoq muddatli barqarorligini oshirish imkoniyatlari bayon etilgan. Shuningdek, nanostrukturalashtirish jarayonining mikrostrukturaga, issiqlik o‘tkazuvchanlikka va materialning energiya samaradorligiga ta’siri nazariy jihatdan tahlil qilinadi.


