10.14 ABU NASR FOROBIY QARASHLARIDA AXLOQIY MASALALARNING QO‘YILISHI

Mualliflar

  • Ramatov Jumaniyoz Sultanovich. TDTr.U “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri. Falsafa fanlari doktori, Professor. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. TDTr.U dotsenti. Elmurodov Abbos Shokir o‘g‘li. TDTr.U talabasi.

Abstrak

Ushbu maqolada Forobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aqli-ongiga va axloqiga (xulq-atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya, uning fikricha, insonni aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham yetuk va mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog‘i lozim. Demak, ta’lim-tarbiyaning birdan bir vazifasi- jamiyat talablariga to‘la to‘kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal insonni tayyorlashdir.

Kalit sozlar: inson, aql, ta’lim, tarbiya, axloq, jamiyat.  

ANNOTATION

In this article, Farobi pays attention to two aspects of a person's spiritual life: his mind and morals (behavior). Therefore, in his opinion, education should be focused on making a person intellectually and morally mature and perfect. Therefore, the only task of education is to prepare an ideal person who can fully respond to the demands of society and serve to maintain it in unity, peace, and prosperity.

Key words: man, mind, education, upbringing, morality, society.

Mutafakkir o‘z asarlarini o‘sha davrda Sharq mamlakatlarida ilmiy adabiy til hisoblangan arab tilida yozadi. Forobiy, shuningdek, arab va fors tillarida falsafiy mazmundagi she’rlar ham bitgan.Forobiy asarlari XII- XIII asrlardayoq, lotin, qadimigi yahudiy, fors tillariga, keyinchalik boshqa tillarga ham tarjima qilinib, dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. So‘nggi asrlarda ko‘chirilgan nusxalari ko‘p mamlakatlarning kutubxona va muassasalarida saqlanadi. Toshkentdagi Sharqshunoslik institutida qadimgi Sharq faylasuflari asarlaridan jami 107 risolani o‘z ichiga olgan ( jumladan, Forobiyning 16 arabcha risolasi) “Hakimlar risolalari to‘plami” (“Majmuat rasoil al-hukamo”, Qo‘lyozmalar fondi, 2385-in.) bor. Bu noyob qo‘lyozma Forobiy asarlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. To‘plamdagi Forobiy risolalari 1975 yili qisman o‘zbek tiliga tarjima qilinib nashr etildi. Forobiy aqlli inson haqida gapirib bunday yozadi:”Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga, zo‘r iste’dodga ega, yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo‘lganlarni aqlli deb bo‘lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim”.Forobiy dunyoqarashining shakllanishiga asosan Sharqning qadimgi ilg‘or madaniyati an’analari, arab xalifaligiga qarshi xalq harakatlari, o‘rta asr tabiiy ilmiy tafakkur yutuqlari, Yunonistonning falsafiy merosi ta’sir ko‘rsatdi. Forobiy, avvalambor, Aristotel ta’limotini tiklash, asoslash va ilg‘or tomonlarini so‘nggi ilmiy yutuqlar asosida rivojlantirishga harakat qilib, Sharq aristotelizm oqimini vujudga keltirdi. Bu oqimning uslubi, muhim masalalari va kategoriyalarini ishlab chiqdi. Forobiy o‘z davridayoq buyuk olim sifatida mashhur bo‘lganligining e’tirofi shundaki, Sharq xalqlarida u haqda turli hikoya, rivoyatlar vujudga kelgan. O‘rta asr olimlaridan ibn Xallikon, ibn al-Kiftiy, ibn Abi Usabi’a, Bayhaqiylar o‘z asarlarida Forobiy ijodini o‘rganib, uning g‘oyalarini rivojlantirganlar. Xususan, Ibn Rushd Forobiy asarlarini o‘rganibgina qolmay, ularga sharhlar ham yozdi. Taraqqiyparvar insoniyat Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab, uning merosini chuqur o‘rganmoqda. Yevropa olimlaridan B. M. Shtrenshneyder, Karra de Vo, T. U. Buur, R. Xammond, R. de Erlanje, F. Deteritsi, G. Farmer, N. Rishar, G. Ley, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turker, M. Maxdi va boshqalar Forobiy merosini tadqiq etishga muayyan hissa qo‘shdilar. Keyingi yillarda uning ijodi va ta’limotiga bag‘ishlangan bir qancha tadqiqotlar, asarlar yuzaga keldi.

Nashr qilingan

2024-10-02

##submission.howToCite##