10.5 PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING INSONPARVARLIK FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Mualliflar

  • Yegenmuradova Nurgoʻzel Annamurat qızı Nukus innovatsion instituti Boshlangʻich taʼlim yónalishi 3- kurs talabasi

Abstrak

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida insonparvarlik fazilatlarini shakillantirish texnologiyasini qanday foydalanish va ularning afzalliklari yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Tarbiya, insonparvarlik, texnologiya, pedagogik texnologiya, boshlang‘ich ta’lim, interfaol usullar, dars, ijodiy fikrlash, metod.

 

TECHNOLOGY OF FORMING HUMANITY CHARACTERS OF PRIMARY CLASS STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES

Abstract: The article describes how to use the technology of forming humanitarian qualities in elementary school students and their advantages.

Key words: Education, humanitarianism, technology, pedagogical technology, primary education, interactive methods, lesson, creative thinking, method.

ТЕХНОЛОГИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСТВЕННОСТИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА ОСНОВЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ

Аннотация: В статье описано, как использовать технологию формирования гуманитарных качеств у учащихся младших классов и их преимущества.

Ключевые слова: Образование, гуманитаризм, технология, педагогическая технология, начальное образование, интерактивные методы, урок, творческое мышление, метод.

                   Yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev bugungi kun yoshlarimizning tarbiyasiga alohida to‘xtalib: “Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz”. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog‘liq” deya ta’kidlab o‘tgan edi.

           Tarbiya o‘z navbatida oiladan boshlanar ekan, biz o‘z farzandlarimizni baxti, saodatini, kamolini, iqbolini, buyuk inson bo‘lib yetishganligini va hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviy qo‘rg‘oni bo‘lmish o‘z oilamizning mustahkamligini ko‘rishni istar ekanmiz, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlariga e’tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy ma’naviy merosning yosh avlodni har tomonlama yuksalishi tizimidagi o‘rni va roli o‘ziga xos xususiyatga va ko‘rinishlarga ega.

       “Darhaqiqat, ajdodlar tomonidan yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni o‘rganishda ta’lim tizimi imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Sharq mutafakkirlarining asarlarini o‘rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta’lim tarbiyaga oid insonparvarlik  qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega” Ular o‘z asarlarida shaxs ma’naviyati, insonda odob-axloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o‘z asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni ulug‘laydilar va shunday fazilatlarga ega bo‘lishga barchani chorlaydilar. Ma’naviy yuksak, zamonaviy ilm-fanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g‘oya yoki mafkura aslo o‘z ta’siriga tushira olmaydi.

         Bunday avlodni voyaga etkazgan xalqning istiqboli porloq, kelajagi buyuk bo‘ladi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslllar, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’limning samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga ta’lim jarayonining eng dolzarb vazifalaridan bo‘lib bormoqda.

Nashr qilingan

2024-09-26