10.2 FORTEPIANO AKADIMEK SINFINING IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIDA O’QUVCHILARNI BADIIY VA IJODIY TEXNIKASINI SHAKLLANTIRISH

Mualliflar

  • Normurodova Lobar Mamasoliyevna

Abstrak

Maqolada Fortepiano sinfi o’quvchi va talabalarining badiiy va ijodiy texnikasini shakllantirish omillari yoritilgan bo’lib, bunda; ijrochilarni Fortepiano va klavish cholg’ularida texnik mahoratini nazariy va amaliy jihatdan yangicha zamonaviy metodlar orqali o’stirib borish, sahna badiiy ko’rinishlarining o’zga xos psixologik jarayonlariga kompetentlikni kreativlikda rivojlantirib borish kabi kasbiy - uslubiy ta’lim yo’nalishiga mo’ljallangan.

Annotation: The article highlights the factors of formation of artistic and creative techniques of piano class students, in which; It is intended for the professional-methodical direction of education, such as the theoretical and practical development of the technical skills of piano and keyboard performers using new and modern methods, as well as the development of creative abilities for specific psychological processes of stage artistic performance.

Kalit so'zlar: pianino tovushlari, musiqa va san'at yo'nalishi, musiqa maktabi o'quvchilari

Keywords: piano sounds, music and Art Direction, music schoolchildren

      Ixtisoslashtirilgan sana’t va madaniyat maktablari “Fortepiano” yo’nlishida ta’lim olayotgan o’quvchilarning texnikasini rivojlantirish ularni kelajakda Oliy O’quv yurtlariga kirishida, o’z kasbining ustasi bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Aynan  mana shu bosqichda pionistning texnikasini tarbiyalash lozimdir. Agar  ijrochining texnikasi oshirilmas ekan undan yaxshi kuy yaxshi tovushlarni kutish ham noo’rindir. Texnikasi yaxshi rivojlanmagan o’quvchi ijrosida chalinayotgan asar notekis, tovushlar baqiroq va aksincha piano tovushlar esa, eshitilmay qolishiga, o’quvchida asbobni his qilish malakalari yetishmayotganini ko’rishimiz mumkin.

Musiqa va san’at maktablarining qayta rekonstruktsiya qilinishida, yangi-yangi san’at dargohlarining barpo etilayotganligi, O’zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini mukammallashtirish, Maqom san’tini rivojlantirish, kompozitorlar va bastakorlar faoliyatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan Prezident qarorlari yurtimizning musiqa san’atini yuqori cho’qqilarga ko’tarishda, san’atkorlarning milliy madaniyatimizni bundanda keng rivojlantirish yo’lida xizmat qiladi. Ustoz san’atkorlarimiz saboqlari yosh iste’dodlarning kelajakda san’atimizni asrab-avaylash, boyitish, rivojlantirish hamda keng targ’ib etishlari uchun poydevor bo’lib xizmat qiladi.

Nashr qilingan

2024-08-01