9.25 O'ZBEKISTONDA INKLUZIV TA'LIM MUAMMOLARI VA UNI RIVOJLANTIRISHI

Mualliflar

  • Shamsiddinova Anora Buxoro davlat pedagogika institute Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti 1-kurs talabasi

Abstrak

Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyatlari, xususiyatlari va qobiliyatlariga ko'ra maxsus yoki umumiy ta'lim tizimida ta'limni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta'lim tizimi amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada O'zbekistonda inklyuziv ta'limningmuammolari va uni rivojlantirish istiqbollari xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Ta'lim, bolalar, nogironlar, maxsus ta'lim, umumiy ta'lim, inklyuziv ta'lim, umumiy ta'lim muassasalari.

Abstract: The issue of educating children with disabilities is becoming one of the most urgent issues today. Currently, in our Republic, an inclusive education system is implemented in order to provide education in a special or general education system according to the level of development, capabilities, characteristics and abilities of children who need special support. This article discusses the problems of inclusive education in Uzbekistan and the prospects for its development.

Key words: Education, children, disabled, special education, general education, inclusive education, general educational institutions.

Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyatlari, xususiyatlari va qobiliyatlariga ko'ra maxsus yoki umumiy ta'lim tizimida ta'limni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta'lim tizimi amalga oshirilmoqda. Ushbu maqolada O’zbekistonda inkluziv ta’limning muammolari va uni rivojlantirish istiqbollari hususida so‘z boradi.

Inklyuziv ta'lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi:

- ta'lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarning ta'lim olishlari uchun zaruriy psixologik

-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yunaltirilgan umumta'lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruxiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;

- o'quvchilarning ta'limdagi tenglik xuquqini kafolatlash;

- jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom bolalarning ehtiyotlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;

- imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ro’yobga chiqarish;

- jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va usmirlarga nisbatan do’stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirishdir.

Nashr qilingan

2024-06-25