9.18 OʼZBEKISTON –GENDER TENGLIKGI MUHIM MАSАLА SIFATIDA
Abstrak
Maqolada xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, mavqeini oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilgan.
Kalit soʼzlar: gender, xotin-qizlar, huquq, erkinlik, himoya, din, xujjat, qonun.
Barchaga maʼlum, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 2015 yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish boʼyicha oʼtkazilgan sammitida qabul qilingan 70-son rezolyutsiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030 yilgacha boʼlgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish boʼyicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030 yilgacha boʼlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” qaror qabul qildi. Аyollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro mexanizmlarga nazar tashlasak, Maʼlumki, Xotin-qizlarni kamsitishlarga barham berish boʼyicha qoʼmita Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʼgʼrisidagi konventsiyaning amalga oshirilishini nazorat etib borish maqsadida taʼsis etilgan. Qoʼmita 23 ekspertdan tashkil topadi. Ular yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʼlgan, xotin-qizlarning huquqlari sohasida bilim va tajribasi bilan ajralib turadigan va nomzodi Konventsiya qatnashchisi boʼlgan davlatlar tomonidan koʼrsatiladigan shaxslardan tarkib topgan roʼyxatdagi nomzodlar orasidan yashirin ovoz berish yoʼli bilan saylanadi. [4,156-b].
Shu bilan birga, Oʼzbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida “Gender tenglikni taʼminlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid toʼqqizta vazifani ishlab chiqdi. Beshinchi maqsadning vazifalariga (Gender tenglik) muvofiq, 2030 yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning toʼliq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash zarur. Bundan tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni oʼz ichiga oladi.