8.23 DASTLABKI TERGOVNI TO'XTATISH INSTITUTINING MOHIYATI VA NAZARIY-HUQUQIY JIHATLARI

Mualliflar

  • Qosimov Lazizbek Baxtiyorjon o`g`li, O`zbekiston Respublikasi Huquqni nuhofaza qilish akademiyasi magistranti

Abstrak

Jinoyat protsessual qonunchiligida jinoyat ishlarini yuritishda dastlabki tergovni to‘htatish instituti mavjud bo‘lib, protsessual muddatlarga amal qilishda mazkur institutdan foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur tezisda jinoyat ishlarini tergov va sud muhokamasida yuritishda foydalaniladigan dastlabki tergovni to‘xtatish nistitutining mohiyati, to‘xtatish asoslari va mazkur institutning nazariy-huquqiy jihatlari haqida fikr yuritilgan. Bu borada dastlabki tergovni to‘xtatish institutining huquqiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

            Kalit so‘zlar:  Jinoyat-protsessual qonunchilik, dastlabki tergov muddatlari, dastlabki tergovni to‘xtatish, protsessual muddatlar, sud protsessi, tergovchi, ayblanuvchi, qidiruv.

            Аннотация. В уголовно-процессуальном законодательстве существует институт приостановления предварительного следствия при производстве уголовных дел, и исполбзование этого института имеет большое значение при реализации процессуальных сроков. В данной статье рассматривается сущность института приостановления предварительного следствия, применяемого при расследовании и судебном разбирательстве уголовных дел, основания приостановления и теоретико-правовые аспекты этого института. В связи с этим разработаны предложения и рекомендации по правовому совершенствованию института приостановления предварительного расследования.

            Ключевые слова: Уголовно-процессуальное законодательство, сроки первоначального расследования, приостановление предварительного следствия, процессуальные сроки, судебный процесс, следователь, обвиняемый, обыск.

            Abstract. In the criminal procedural legislation, there is an institution of suspension of the preliminary investigation in the conduct of criminal cases and the use of this institution is considered important in the observance of procedural deadlines. This thesis discusses the nature of the institution suspension of the preliminary investigation used in the investigation and trail of criminal cases, the grounds for suspension and the theoretical and legal aspects of this institution. In this regard, proposals and recommendations on the legal improvement of the institution of stopping the preliminary investigation  have been developed.

            Key words.  Criminal-procedural law, initial investigation periods, suspension of initial investigation, procedural periods, court process, investigator, accused, search.                             

KIRISH. Hozirgi davrda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash dunyo hamjamiyat oldida turgan eng muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Buning zamirida esa jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlaydigan mexanizmlarning takomillashtirilishi alohida ahamiyatga ega. Chunonchi, jinoyat protsessual va boshqa qonunchilik sohalariga ham tadbiq etilayotgan ham o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatib kelayotgan liberallashtirish bugungi kuda yanada dolzarb masalalarni ko‘tarishni taqazo etmoqda CHunki qonun istuvorligi va inson qadriyatlarini ustunligini ta’minlash ni o‘z ichiga olgan konstitutsiyaviy talab ham huquqiy demokratikdavlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning shartlaridan biri hisoblanadi.  Sud-huquq tizimidagi shaxsning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari jinoyat protsessual qonunchiligida jinoyat ishlarini yuritish yuzasidan dastlabki tergovni to‘xtatish institutiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi.

Nashr qilingan

2024-06-07