8.2 FRONTAL KOMPOZITSIYA FAKTURASINI AKS ETTIRISH VA RANG DOG`LARINI MUNOSABATLARINI ANIQLASH VA ULARNI O`ZARO BOG`LASH
Abstrak
Hajmiy kompozitsiyaning afzalliklarini aniqlashda muhim rol o`ynaydigan yana bir jihat mavjud. Bu - hajmni o`rab turgan fazoga kiritish muammosi. Hajm og`irlik, ma`no, g`oyaga ega.
Kalit so`zlar: Tekislik, kompozitsiya, frontal, faktura, ob`ekt, ranglar, uyg`unlashuv.
Abstract: There is another aspect that plays an important role in determining the advantages of volumetric composition. This is the problem of adding volume to the surrounding space. Volume has weight, meaning, idea.
Key words: Plane, composition, frontal, texture, object, colors, harmony.
«Tekislik»dagi kompozitsiyalar turli texnika va materiallarda bajarilgan asar sifatida ifodalangan. An`anaviy texnikada bajarilgan rang-tasvir va grafika asarlarini, fan va texnika rivojining ma`lum bir darajasidagina paydo bo`la olgan asarlarni ko`rsatish mumkin. Ularga kompyuter grafikasi, golografiya va boshqalar kiradi. Frontal kompozitsiya xomashyo fakturasi ko`pincha kompozitsiyaga Rel`eflilik beradigan (to`qimachilik- gobelen, shisha-vitraj va h.k.) amaliy-bezak xarakteridagi asarlarda keng qo`llaniladi. «Tekislikdan chiqib turuvchi», demak Rel`efga ega bo`lgan kompozitsiyalar shuningdek, frontal kompozitsiyaga kiradi. Ular tomoshabinga frontal bo`lib ko`rinadi va yon tarafdan qarashni talab etmaydi. Asarlar Rel`efi yorug`lik va soya hisobiga ularning shakli va kompozitsion qurilishini ifodalash imkonini beradi. Bunday kompozitsiyalarga xomashyo ishi va faktura o`yini xos. Frontal kompozitsiyalar, boshqa kompozitsiyalarga qaraganda ko`proq, ijodkor talaba tomonidan mustahkam asar sifatida yaratiladi. Aynan shu bilan muhit ta`siri inkor qilinadi, mashtab, uslubiyat, ular mavjud bo`ladigan fazoni tashkillashtirish haqida o`ylamaslik imkoni tug`iladi. Asarning mustaqilligi ramka, hoshiya, chiziq, to`siq va boshqa kompozitsion usullar bilan namoyon qilinadi. Ular asarni fazodan ajratish muammosini hal qiladi, kompozitsiyani o`raydi. U faqat o`z ichida rivojlanadi. Shu bilan bir vaqtda «ramka»dagi frontal kompozitsiya interyer yechimida qanday bo`lsa, eksteryer yechimida ham xuddi shunday chuqur-fazoviy kompozitsiyaning elementi bo`la oladi. O`z shakli, plastikasi, rangi, fakturasi, qurilishi bilan u kompozitsion tuzilishga faqat uzviy kiribgina qolmay, uni rivojlantirishi va hatto kompozitsion markaz bo`lishi mumkin. Negaki uyg`unlashuvning kompozitsion qonun va vositalari kompozitsiyaning har qanday turida mavjud bo`ladi, goho biror marta uni anglab, frontal, hajmiy yoki chuqur-fazoviy kompozitsiya asarlarini yaratishda siz ulardan bemalol foydalanishingiz mumkin.