7.19 SHAHAR YO‘LOVCHI TASHISH TRANSPORTIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA INSON OMILI
Abstrak
Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashda asosiy javobgarlik haydovchilar zimmasida bo‘ladi. Yo‘lovchilarni tashish jarayonida ularning xavfsizligini ta’minlash uchun aniq tadbirlar belgilashda asosiy tayanch ko‘rsatma sifatida harakat xavfsizligi ko‘rsatkichlarini har taraflama chuqur va obyektiv tahlil qilish natijalaridan olingan xulosalardan foydalaniladi: -yo‘lovchilarning harakat xavfsizligiga taalluqli «Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit» tizimiga kiruvchi har bir omilning faoliyatiga tegishli tadbir va choralar ishlab chiqish uchun; biron-bir boshqaruv territoriyasidagi, vazirliklardagi va ularning korxonalaridagi falokatlar ahvolini, o‘zgarish mohiyatini hamda istiqboldagi o‘zgarishini bashorat qilish va harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish kerak.
Abstract. The main responsibility for ensuring the safety of passengers rests with the drivers. In order to ensure the safety of passengers in the process of transportation, the conclusions obtained from the results of an in-depth and objective analysis of traffic safety indicators are used as the basic guidelines: to develop activities and measures related to the activity of each factor included in the "pedestrian-environment" system; it is necessary to develop measures to predict the state of disasters in any administrative territory, ministries and their enterprises, the nature of change and future changes, and to ensure traffic safety.
Kalit so‘zlar: yo‘lovchilarni tashish, yo‘lovchilar xavfsizligi, avtobuslar, xodimlar mehnati, haydovchilar, ish rejimi
Key words: passenger transportation, passenger safety, buses, staff work, drivers, work mode
Shahar yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, yo‘lovchilar tashish xavfsizligi va sifatini oshirish, qulay va shinam avtobuslardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, transport tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash, yo‘lovchilar tashishni boshqarishga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish samaradorligini oshirish, avtobus yo‘nalishlarini yanada optimallashtirish hamda bazaviy tarif stavkasiga nisbatan rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ulushini oshirishga qaratilgan transport korxonalarda xodimlar mehnatini to‘g‘ri tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Albatta, transport tizimi faoliyatini rivojlantirilishi shahar jamoat transporti tizimi faoliyatiga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mustaqillik yillarida Toshkent shahrida shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar ko‘lami hech kimga sir emas.
Avtomobil yo‘llari va shahar ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, shu sohani boshqarish dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Oxirgi yillarda sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning o‘rtacha bir yillik soni 10-11 mingtadan pastga tushmayotganligi, buning natijasida esa Respublikamiz fuqarolaridan ikki mingdan ortiq kishi xalok bo‘lishi va 10-12 mingdan ortiq inson tan jarohati olishi qayd etilmoqda. O‘zbekiston Resrublikasi Rrezidenti Sh.M.Mirziyeuovning “Avtomobil uo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamautirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 04.04.2022 uil 190-sonli qarori harakat xavfsizligi sohasini boshqarishni takomillashtirishning beshta yo‘nalishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.