3-9 BOSIM OSTIDA ISHLOVCHI TЕXNOLOGIK MASHINALAR UCHUN ORGANOMINЕRAL ELASTIK KOMPOZITSIYALARNI YARATISHNING NAZARIY ASOSLARI
Аннотация
Ushbu maqolada bosim ostida ishlovchi texnologik mashinalarda qo‘llaniladigan rezinotexnika buyumlari uchun organomineral elastik kompozitsiyalarni yaratishning nazariy asoslari tahlil qilingan. Yuqori mexanik yuklanish, bosim, harorat o‘zgarishi va ishchi muhit ta’siri sharoitida elastomer materiallarning ishonchli ishlashini ta’minlovchi asosiy omillar ko‘rib chiqilgan. Elastomer matritsa, mineral to‘ldiruvchilar, organik modifikatorlar, vulkanizatsiya tizimi va texnologik qo‘shimchalarning kompozitsiya strukturasi hamda fizik-mexanik xususiyatlarini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Mineral to‘ldiruvchilarning dispersligi, solishtirma yuza maydoni va elastomer bilan fazalararo o‘zaro ta’siri kompozitsion materialning mustahkamligi, qattiqligi, deformatsiyaga va yeyilishga chidamliligiga ta’sir etuvchi muhim omillar sifatida asoslangan. Bosim ostida ishlovchi texnologik mashinalar uchun mo‘ljallangan elastik kompozitsiyalarni ishlab chiqishda komponentlarni kompleks tanlash va «tarkib-struktura-xossa-ekspluatatsiya sharoiti» o‘zaro bog‘liqligini hisobga olish zarurligi ko‘rsatilgan.


