11.22 TO‘SINLI TEMIRBETON ORALIQ QURILMALARINING YUK KO‘TARISH QOBILIYATINI OSHIRISH USULLARI
Аннотация
Maqolada avtomobil yo‘llaridagi ekspluatatsiya davridagi temirbeton ko‘priklar oraliq qurilmalarining yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Ko‘priklarning zamonaviy yuk tashish talablariga javob berishi va ularni uzoq muddatli ekspluatatsiya sharoitida saqlab turish zarurati asoslangan. Dunyo olimlarining bu boradagi yondashuvlari va nazariyalariga tayanib, konstruktiv kuchaytirish metodlari, materiallar sifati va rekonstruksiya usullari tahlil qilinadi. Mavjud usullarning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, kompozit materiallardan foydalanishning samaradorligi baholanadi. Maqola ekspluatatsiyadagi ko‘priklarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirishning resurs tejamkor usullarini aniqlashga qaratilgan.
Kalit so’zlar: Temirbeton ko‘priklar, oraliq qurilmalar, yuk ko‘tarish qobiliyati, kuchaytirish usullari, rekonstruksiya, materiallar sifati, kompozit materiallar, monitoring, resurs tejamkorlik
Annotation
The article considers methods for increasing the load-bearing capacity of reinforced concrete bridges during operation on highways. The basis is the need for bridges to meet modern load-bearing requirements and maintain them in long-term operation. Based on the approaches and theories of world scientists in this regard, structural strengthening methods, material quality and reconstruction methods are analyzed. The advantages and disadvantages of existing methods are assessed, as well as the effectiveness of the use of composite materials. The article is aimed at identifying resource-saving methods for increasing the load-bearing capacity of bridges in operation.
Key words: Reinforced concrete bridges, intermediate structures, load-bearing capacity, strengthening methods, reconstruction, material quality, composite materials, monitoring, resource efficiency
KIRISH: Avtomobil yo‘llaridagi mavjud temir-beton ko‘priklarning yuk ko‘tarish qobiliyatini zamonaviy talablarga moslashtirish va ularni uzoq muddatli ekspluatatsiya qilishni ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi. Ko‘priklarning oraliq qurilmalarining yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish, konstruktiv tahlillar, mustahkamlash usullari va ilg‘or materiallardan foydalanish orqali amalga oshiriladi
Avtomobil yo‘llaridagi ekspluatatsiyada bo‘lgan temirbeton ko‘priklarning zamonaviy yuk tashish talablariga javob berishi, shuningdek, ularni normal ekspluatatsiya sharoitlarida uzoq muddat davomida saqlab turish maqsadida, ko‘priklarning oraliq qurilmalarining yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish zarurati mavjud. Ekspluatatsiyadagi avtomobil yo‘llaridagi temirbeton ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini kuchaytirish ko‘pincha konstruktiv tahlillar, strukturalarni kuchaytirish metodlari hamda yuqori texnologik modifikatsiyalangan qurilish materiallarini joriy etish orqali amalga oshiriladi.