11.15 TEMIR YO‘L KO‘TARMALARNI MUSTAHKAMLASHNI RAQAMLI MODELLASHTIRISH

Авторы

  • Abdukamilov Shavkat Shuhratovich texnika fanlari nomzodi, dotsent. Abduqayumov Farrux Otabek o‘g‘li magistrant TDTrU.

Аннотация

Ushbu maqolada temir yo‘llar yer polotnosining vibrodinamik yuk ta’siridagi mustahkamligini sonli usullar yordamida hisoblash metodlari ko‘rib chiqilgan. Fan taraqqiyotining turli davrlarida olimlar tomonidan ishlab chiqilgan usullarning tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, me’yoriy manbalarda taklif etilgan hisoblash usullari keltirilgan. Yer polotnosini hisoblash uchun mo‘ljallangan zamonaviy dasturiy majmualar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar. vibrodinamik yuklama, yer polotnosi, hisoblash usuli, mustahkamlik, deformatsiyalanish xususiyati, ustuvorlik, kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati, chekli elementlar usuli, ANSYS dasturiy majmuasi.

O‘zbekiston temir yo‘l transportining rivojlanishi yo‘llar tarmog‘ining kengayishi, yuqori tezlikdagi harakatning joriy etilishi, harakat intensivligining oshishi va transport vositalarining yuk ko‘tarish qobiliyatining ortishi, zamonaviy konstruksiyalar va materiallarning qo‘llanilishi bilan tavsiflanadi. Bu esa ko‘plab mezonlar asosida baholanadigan yer polotnosining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha murakkab muhandislik masalalarini hal etishni talab qiladi.Temir yo‘llardan texnik foydalanish qoidalariga muvofiq, yer polotnosi va temir yo‘lning barcha elementlari o‘z mustahkamligi, barqarorligi va holati jihatidan harakatlanuvchi tarkibning belgilangan eng yuqori tezliklarda xavfsiz va ravon harakatlanishini ta’minlashi shart.

Temir yo‘l va avtomobil yo‘llarining yer polotnosi tabiiy-iqlim muhiti va dinamik yuklar sharoitida ishlaydigan, grunt muhiti holatini o‘zgartirib, yer polotnosining ishonchlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatadigan grunt obyektlarining murakkab majmuasidir. Yer polotno obyektlarining murakkabligi, tabiiy muhit omillari namoyon bo‘lishining tasodifiy xarakteri yo‘l poyining barqarorligi va deformativligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Temir yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, murakkab muhandislik-geologik sharoitlarda joylashgan obyektlar, birinchi navbatda, ko‘chki yonbag‘irlari, zaif asoslar, haddan tashqari namlangan gruntlar, baland ko‘tarmalar, chuqur o‘ymalar va boshqalarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Ushbu deformatsiyalarning rivojlanish intensivligini bashorat qilish va ularni muhandislik inshootini ekspluatatsiya qilishda o‘z vaqtida hisobga olish yer polotnosi obyektlarining ustuvorligini yo‘qotishi natijasida yuzaga keladigan avariya holatlarining oldini olishning samarali vositasi hisoblanadi.

Опубликован

2025-04-17

Как цитировать

Abdukamilov Shavkat Shuhratovich texnika fanlari nomzodi, dotsent. Abduqayumov Farrux Otabek o‘g‘li magistrant TDTrU. (2025). 11.15 TEMIR YO‘L KO‘TARMALARNI MUSTAHKAMLASHNI RAQAMLI MODELLASHTIRISH. Научный журнал Инновационные технологии в строительстве, 11(1), 54–58. извлечено от https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/375