10.27 MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJODI HAQIDA

Авторы

  • Ataxanov Otanazar Ikrom Og‘li Toshkent davlat transport universiteti talabasi

Аннотация

Maqsud Shaykhzoda was a versatile istedod sohibi who was interested in art, literature history and philosophy. In addition he was also a skilled translator. His works are considered our spiritual heritage and wealth. A significant number of places are now named after Maqsud Shaykhzoda. In addition, medals, scholarships were established in his name.

Keywords: life, works, poetic collections, essays, translation books, philosophy, opinion of the literary, creative friends.

Annotatsiya: Maqsud Shayxzoda san’at, adabiyot tarix va falsafaga  qiziqgan ko‘p qirrrali istedod soxibi bo‘lgan. Bundan tashqari u mohir tarjimon ham bo‘lgan. Uning yaratgan asarlari manaviy merosimiz va boyligimiz hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko‘p joylarga Maqsud Shayxzoda nomiga berilgan. Bundan tashqari uning nomiga medal, stipendiyalar ham ta’sis etilgan.

Kalit so‘zlar: hayoti, asarlari, she’riy to‘plamlar, ocherklar, tarjima kitoblar, falsafa, adiblarning fikri, ijodiy do‘stlari.

Kirish. Ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida tug‘ilgan. Otasi Ma’sumbek elu-yurtda kata obro‘ga ega shifokor edi. Dastlabki she'riy to‘plami - “Loyiq soqchi” (1932). Shundan keyin shahrining “O‘n she’r” (1932), “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935), “O‘n ikki”, “Yangi devon” (1937), “Saylov qo‘shiqlari” (1938), “Kurash nechun?” (1942), “Jang va qo‘shiq”, “Ko‘ngil deydiki” (1943), “O‘n besh yilning daftari” (1947), “Yurt she’rlari” (1948), “Zamon torlari”, “Olqishlarim” (1949), “Yillar va yo‘llar” (1961), “She’rlar” (1964) va boshqa she'riy to‘plamlari nashr etilgan. Shoirning dastlabki ijodida va qisman 50 yillardagi ayrim she'rlarida ozarbayjon she'riyatiga xos ohanglar, minbar she'riyat belgilari ustuvorlik qilgan. Ammo Shayxzoda o‘zbek mumtoz va zamonaviy she'riyatining tili va uslubini egallagani sayin uning she'rlarida o‘zbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Shayxzoda voqelikka faol munosabatda bo‘lishga intilib, xalq va mamlakat hayotida ro‘y bergan muhim voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga alohida e'tibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qo‘l urib, “O‘rtoq mulk” (1933), “Chirog‘”, “O‘rtoq”, “Meros”, “Tuproq va haq” (1936), “Ovchi qissasi”, “Iskandar Zulqarnayn” (1940), “O‘n birlar”, “Jenya”, “Oqsoqol” (1943), “Axmadjonning hikmatlari”, “Uchinchi o‘g‘il” (1944), “Nurmat otaning tushi” (1947) singari liroepik asarlar yozdi. Shoirning 30-40 yillardagi she'riyatiga ham, keyingi ijodiga ham xos muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Shayxzoda lirik syujet yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy o‘tmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, o‘z she'rlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik tafsillarni olib kirgan, so‘zning she'riy qurilmadagi mavqeini oshirish choralarini ko‘rgan.

Опубликован

2024-11-05

Как цитировать

Ataxanov Otanazar Ikrom Og‘li Toshkent davlat transport universiteti talabasi. (2024). 10.27 MAQSUD SHAYXZODA HAYOTI VA IJODI HAQIDA . Научный журнал Инновационные технологии в строительстве, 10(1), 94–97. извлечено от https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/350