10.22 Xudoyorxon shaxsiyati, badiiy-tarixiy tavsif tadqiqi (The study of the personality Khudayarkhan artistic and historical description)
Аннотация
Maqolada Sa’dixon Mavlavixon o‘g‘lining “Tanazzul” romani va uning bosh obrazi Xudoyorxon shaxsiyati tarixiy va badiiy jihatdan tahlil qilingan. Badiiylik va tarixiylik jihatdan obrazdagi xilma-xillik qiyosiy jihatdan tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: shaxsiyat, pentologiya, Xudoyorxon, tarixiy asar, badiiy to‘qima, bosqinchilik, yozuvchi maqsadi, madaniy va me’moriy meros.
Annotation: The article analyzes the novel "Tanazzul" by the son of Sa'dikhan Mavlavikhon and the personality of its main character Khudoyarkhan from a historical and artistic point of view. The variety in the image from the artistic and historical point of view is analyzed comparatively.
Keywords: personality, pentology, historical work, invasion, artistic texture, author’s purpose, cultural and architectural heritage.
Tarix o‘z qariga, o‘z sir-sinoatiga juda katta buyuklikni hamda g‘ariblikni qamrab olar ekan, bunda turfa voqea-hodisalar: urush-tinchlik, farovonlik-qashshoqlik; turfa shaxslar: xonlar-u gadolar, ilm ahli, o‘ksik xalq vakillar-yu amaldorlarni dunyoga olib keldi va olib ketdi. Bu silsila yana va yana davom etaveradi. Biz buni madaniy va me’moriy me’ros va badiiy adabiyotimiz orqali o‘rganishga harakat qilmoqdamiz. Bunga bir misol Sa’dixon Mavlavixon o‘g‘lining “Tanazzul” pentologiyasidir. Unda XIX asr 2-yarmi Qo‘qon tarixi, unda asosan 1845-1875-yillar (tanaffuslar bilan) hukmronlik qilgan Qo‘qon xoni Xudoyorxon tarixiga oid roman-pentologiya hisoblanadi. Tadqiq jarayonida Xudoyorxon shaxsiyati va hukmronligini badiiy va tarixiy jihatdan tahlil qilishni obyekt sifatida olar ekanmiz, yozuvchining bunga qay tarzda munosabatda bo‘lganiga to‘xtalish o‘rinlidir.
“Tanazzul” romanidagi bosh qahramonlardan biri Xudoyorxon - tarixiy shaxs, minglar sulolasi vakili, Sheralixonning o‘g‘li mamlakatda Ibratning “Tarixi Farg‘ona” asarida keltirilishicha “...to‘rt martaba taxtga julus etgan,” – Qo’qon xoni. obrazini asarga olib kirishda “O‘n besh-o‘n olti yoshlar atrofida bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining yoshidan katta ko’rinar, ovozi do‘rillashga o‘tgan, moylovlari endi sabza ura boshlagan, tabiatan qaysarroq, o‘qish-yozishdan ko‘ra otda chopishni, qilichbozlikni, ov qilishni xush ko‘radi.” deb ta’riflangan. Asar kompozitsiyasini ochib berishda, tarixiy voqea-hodisalarning badiiy adabiyotda harakatlanish asosiy obraz sifatida gavdalantirilgan. Shuningdek bu obraz orqali Xudoyorxon o‘zining sodiq va ilmli xizmatchilari bilan kelishgan holda ish ko‘ruvchi, xalq farovonligini ta’minotchisi, fikr-mulohazalari ko‘proq o‘z-o‘zi bilan suhbat holatida tasvirlangan. Tarixda Xudoyorxon zolim hukumdor, ilm-ma’rifatdan yiroq xon sifatida ma’lum. “Qo‘qon tarixi” asarida ham “Bu hukumdor shunday xususiyati bilan farq qiladiki, xonlikni boshqarish natijasida uning oxirgi xonligiday hech qanday g‘amxo‘rlik yordam ko‘rsatmay uning ehtiyojlariga butunlay e’tibor bermas, jabr-zulum qilardi.” deb ta’riflangan. Lekin, romanda bunday xususiyatni uchratmaymiz. Yozuvchi qahramonga ijobiy jihatdan yondashib, bu tomonlama ochib berishga urg‘u bergan. Romanning to‘rtinchi kitobida Xudoyorxon ikkinchi marta taxtga kelganida “Hamma ko‘tarinki ruhda o‘z vazifasini bajarardi. Bozor, rasta, guzarlarda odam gavjum. Hamma xursand. Choyxonalarda askiya, kulgular ham eshitilib turadi. Saroyga yana fayz kirdi. Mahkama, devonxona, sarbozxonalarda tartib-qoida o‘rnatilib, oldingiday izga tushib ketdi. ” deya izohlanadi.