10.12 AXLOQIY TARBIYANING MAFKURAVIY IMMUNITETNING MUSTAHKAMLASHDAGI O‘RNI
Аннотация
Maqolada hozirgi zamonda globallashuvning avj olishi sharoitida milliy ma’naviyatga qaratilgan turli xildagi mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlarining tobora oshib borayotganligi to‘g‘risida gap boradi. Rivojlangan davlatlar o‘z ta’sir doiralarini tobora kengaytirish maqsadida eng zamonaviy axborot vositlaridan samarali foydalanishmoqda. Jamiyatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri turli shakldagi tahdidlarni oldini olish maqsadida yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashdan iboratdir. Maqolada tahdidlarga qarshi kurashishning zamonaviy yo‘llari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: mafkura, g‘oya, tarbiya, axloq, globallashuv.
ABSTRACT
The article deals with the rise of various types of ideological, spiritual and informational threats against national spirituality in the context of globalization. Developed countries in order to expand their spheres of influence effectively use the most modern information tools. The main task of our society, in order to prevent various threats, is to strengthen the ideological immunity of young people. The article reveals the modern ways of dealing with threats.
Key words: ideology, idea, upbringing, ethics, globalization.
Bugun dunyoning barcha mintaqalarida globallashuv jarayoni ijtimoiy madaniy hodisalarga o‘zining turlicha ta’sirini o‘tkazmoqda. Bunday ta’sirning bir xil emasligi dunyo mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy, 952 ijtimoiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va geosiyosiy omillar bilan chambarchas bog‘liq. Olamda yuz berayotgan bu kabi shiddatli jarayonlarning avj olishi sharoitida milliy ma’naviyatga qaratilgan tahdidlar tobora oshib bormoqda. Buning asosiy sababi ma’naviyatning millat ongi, dunyoqarashi va mentalitetini tashkil etish bilan bog‘liqdir. Ularni turli xil zamonaviy usul va vositalar yordamida o‘zgartirish orqali millatni, mamlakatni va uning barcha boyliklarini qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi. Ma’naviyatning inqirozga yuz tutishi, albatta, mamlakatning taraqqiyotdan orqada qolishiga, boshqa davlatlarning izmida bo‘lishiga olib keladi. Shu bois, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov ma’naviy tahdidlarning halokatli kuch ekanligi, unga qarshi chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi to‘g‘risida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Hammamizga ayon bo‘lishi kerakki, “axborot asri” deb nomlangan XXI asrda hech qaysi davlat yoki jamiyat o‘zini temir devor bilan o‘rab yashay olmaydi. Ayni paytda, ahvol shunday ekan, deb qo‘l qovushtirib o‘tirish ham to‘g‘ri kelmaydi, bunday tahdidlarga javoban, biz ham sodda bo‘lmasdan, zarur chora-tadbirlarni ko‘rishimiz kerak”.
Demak xozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri turli xildagi mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlariga qarshi kurashishning samarali yo‘llari, usullari va vositalarini yaratish orqali yoshlarimizda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashdan iboratdir. Mafkuraviy va axborot tahdidlarining oldini olish yo‘llari sifatida biz quyidagilarni taklif qilamiz: 1. Milliy tarbiyani takomillashtirish orqali tahdidbardosh yoshlarni voyaga yetkazish. Mustaqillik asoschisi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida yoshlar tarbiyasiga to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidlaydi: “Har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”.