9.27 "BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIGA OT SOʻZ TURKUMI VA UNING EGALIK SHAKLLARI BILAN TURLANISHINI OʻRGATISHNING OSON USULLARI"
Аннотация
ushbu maqolada ot soʻz turkumini boshlangʻich sinf oʻquvchilariga oʻrgatish bu jarayondagi murakkabliklar hamda otlarning egalik kategoriyalari bilan oʻzgarishini tushuntirishning oson yoʻllari haqida fikr yuritilgan
Kalit soʻzlar: Ot, sifat, soʻz turkumlari, egalik, kelishik, grammatika, imlo, turdosh otlar, birlik va koʻplik shakllari, turlanish
Abstract: this article discusses the complexities of teaching nouns to elementary school students and easy ways to explain how nouns change with possessive categories.
Key words: Noun, adjective, word groups, possession, agreement, grammar, spelling, related nouns, singular and plural forms, variety
Аннотация: в данной статье рассматриваются сложности преподавания существительных учащимся начальной школы и простые способы объяснения того, как существительные изменяются с помощью притяжательных категорий.
Ключевые слова: существительное, прилагательное, группы слов, принадлежность, согласие, грамматика, правописание, родственные существительные, формы единственного и множественного числа, разновидность.
"Ot“ mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog'liqlikda o'rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to'g'ri foydalanish va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o'quvchilaming yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ulami o'rganish izchilligi belgilangan.Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari quyidagilar:
1) ,,ot“ haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so'rog'iga javob bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko'nikmasini hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan nomlar va geografik nomlami bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini shakllantirish;
6) otlaming kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o'rinli foydalanish malakasini o'stirish;
8) so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o'zaro bog'liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, ,,Ot“ mavzusini o'rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1 —2-sinflarda so'z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so'roqlari) o'rganiladi, 3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko'plikda qo'llanishini o'zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini o'rganishga e’tibor qaratiladi.