9.20 ISHLAB CHIQARISH OMILLARI, O‘SISH KO‘RSATKICHLARI VA ULARNI PROGNOZLASH FUNKSIYALARI
Аннотация
Mazkur tezisda ishlab chiqarish omillari, ko’rsatkichlari, uning o’sish turlari, bazisli va zanjirsimon o’sish, trend, iqtisodiy o’sish funksiyalari, iqtisodiy o‘sish modellari va iqtisodiy o’sishni prognozlashtirish funksiyalari yoritilgan.
Annotation: This thesis describes production factors, indicators, types of its growth, basic and chain growth, trend, economic growth functions, economic growth models and economic growth forecasting functions.
Kalit so‘zlar: ishlab chiqarish omillari, bazisli va zanjirli o‘sish sur’ati, trend, ishlab chiqarish omillarining o‘sishini prognozlashtirish funksiyalari.
Key words: factors of production, basic and chain growth rate, trend, functions of forecasting the growth of factors of production
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning miqdoriy o‘sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:
- Tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
- Ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;
- Asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi va sifati;
- Texnologiya va Fan – texnika taraqqiyoti.
Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish potensialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi zarur. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zaru bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi taklif va taqsimlash omillari o‘zaro bog‘liq va bir birini taqazo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‘sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat yaratadi. To‘liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash omillari ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.
Mehnat unumdorligining o‘sishga olib keluvchi omillarni to‘laroq ko‘rib chiqamiz.
Fan – texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o‘z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarish tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda fan – texnika taraqqiyoti deyilganda pirovard mahsulot chiqarishni ko‘paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg‘unlashtirishni taqazo qiluvchi yangi usullarning topilishi ham tushuniladi. Amaliyot texnika taraqqiyoti va kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar mustahkam o‘zaro bog‘liq, tehnika taraqqiyoti ko‘pincha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo‘yishga olib keladi.
Mehnat unumdorligining o‘sishini aniqlab beruvchi asosiy omil har bir ishlovchiga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma’lum vaqt ichida kapitalning hajmi mutloq ko‘payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o‘ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.