9.14 TEZYURAR VA KATTA TEZLIKDAGI TEMIR YO‘L LINIYALARI INFRATUZILMASIGA QO‘YILADIGAN UMUMIY TALABLAR

Авторы

  • Eshonov Farhod Faizullaxujayevich. Katta oqituvchi Ne’matova Maftunaxon Bahodirjon Qizi. Talaba

Аннотация

Maqolada tezyurar va katta tezlikdagi temir yo‘l liniyalari infratuzilmasiga qo‘yiladigan umumiy talablar keltirilgan.

Kalit so’zlari. Infratuzilma, tezyurar va katta tezlikdagi temir yo‘l.

Tezyurar va katta tezlikdagi liniyalarning infratuzilmasiga qo‘yiladigan talablar yuksak darajadagi xavfsizlik, umuman yo‘l konstruksiyasi va uning elementlari ishining ishonchliligi, yo‘lovchilarning safar davomidagi qulayligi, atrof muhitga minimal zarar yetkazish kabilarni ta`minlash zarurati bilan belgilanadi.

Ko‘rib chiqamiz – tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyalari infratuzilmasiga qo‘yiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish va qabul qi-lish borasida Yevropa Ittifoqi (ES) mamlakatlari so‘nggi o‘n yillik davo-mida qaysi yo‘ldan bormoqdalar. Umuman temir yo‘l harakatining, hamda, tezyurar temir yo‘l harakatini tashkil etish me`yoriy bazasini birxillash-tirish (unifikatsiya) ES mamlakatlari temir yo‘l transporti faoliyatidagi eri-shilgan sezilarli yutuqlardan biri bo‘lib qoldi. Yevropa komissiyasi tezyurar temir yo‘l qatnovini joriy qilishdagi qurilmalarning texnik mutanosib-ligi (uyg‘unligi) bo‘yicha hujjatlar turkumini tasdiqladi va chop ettirdi.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tezyurar magistrallarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va xizmat ko‘rsatishga oid me`yor va qoidalarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib  1996 yilning 23 iyulida 96/48/EC-raqam ostida qabul qilingan «Trans Yevropa tezyurar temir yo‘l tizimlarining foydalanish (ekspluatatsiya) uyg‘unligi (совмецимость) to‘g‘risidagi» /4/ Ittifoq Direktivasi (qonuni) xizmat qiladi.

Mazkur Direktivani qabul qilishdan maqsad Yevropa tezyurar temir yo‘l tarmog‘ining uni loyihalashtirish, qurish, muntazam ravishda foydalanishga kiritish va foydalanish (ekspluatatsiya)ning turli bosqichlarida uning uyg‘unligiga erishishdan iborat.

Direktiv qoidalar komponentlar, interfeyslar va amaliyotlarning temir yo‘l tarmog‘i uyg‘unligi (moslashuvchanligi)ni ta`minlash va kafolatlash uchun zarur va adekvat bo‘lgan ko‘rsatkichlariga oid. Tarmoq infra tuzilma yig‘indisi, statsionar qurilmalar va harakatlanuvchi tarkibdan, shuningdek ularga xizmat ko‘rsatish me`yor va qoidalaridan iborat bo‘lgan tizim sifatida belgilanadi.

Опубликован

2024-06-14

Как цитировать

Eshonov Farhod Faizullaxujayevich. Katta oqituvchi Ne’matova Maftunaxon Bahodirjon Qizi. Talaba. (2024). 9.14 TEZYURAR VA KATTA TEZLIKDAGI TEMIR YO‘L LINIYALARI INFRATUZILMASIGA QO‘YILADIGAN UMUMIY TALABLAR. Научный журнал Инновационные технологии в строительстве, 9(1), 83–85. извлечено от https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/300