8.22 SARALASH STANSIYASINING ISH HAJMINI HISOBLASH

Авторы

  • Dehqonov Mirali Mirxon o‘g‘li Toshkent davlat transport universiteti assistenti Jalilov Orzumurod Anvar o‘g‘li Toshkent davlat transport universiteti talabasi

Аннотация

Saralash bekatlarining temir yo‘llar tarmog‘idagi ahamiyati katta bo‘lib, ularda yuk poyezdlari shakllantiriladi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi, tranzit poyezdlar o‘tkaziladi, lokomotivlar va lokomotiv brigadalari almashtiriladi, harakatdagi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatiladi. Saralash bekatlarida ommaviy ravishda poyezd tarkiblari tuziladi va yangi tarkiblar shakllantiriladi. Ushbu maqolada saralash bekatini loyihalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tahlil qilinib, bekatning talabiy qayta ishlash qobiliyati va saralash tepaligining qayta ishlash qobiliyatini hisoblash metodikasi keltirilgan.

Kalit so‘zlar. Saralash bekati, temir yo‘llar, yuk poyezdlari, yo‘lovchi xizmatlari, texnik xizmat ko‘rsatish, lokomotivlar, loyihalash, qayta ishlash qobiliyati, saralash tepaligi.

Annotation. Sorting stations play a crucial role in the railway network, where freight trains are formed, passenger services are provided, transit trains are processed, locomotives and locomotive crews are changed, and technical services are performed on the moving stock. At sorting stations, train formations are done in bulk, and new formations are created. This article analyzes the data required for the design of a sorting station, providing methodologies for calculating the station's required processing capacity and the sorting hump's processing capacity.

Key words. Sorting station, railways, freight trains, passenger services, technical services, locomotives, design, processing capacity, sorting hump.

O‘zbekiston temir yo‘llari tarmog‘i faoliyatida saralash bekatlari muhim o‘rin tutadi. Ularda yuk poyezdlari tuziladi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi, uchastka va yig‘ma poyezdlar shakllantiriladi, tranzit poyezdlariga ishlov beriladi, lokomotivlar va lokomotiv brigadalari almashtiriladi, harakatdagi tarkibga texnik ishlov beriladi, yuk ortish-tushirish ishlari va sanoat korxonalariga xizmat ko‘rsatish tashkil etiladi va h.k.

Saralash bekatlari asosan qayta ishlash uchun kelayotgan poyezd tarkiblarini ommaviy ravishda saralab yo‘lning umumtarmoq poyezdlar tuzish rejasi asosida yangi tarkiblarini tuzishdan iborat. Saralash bekatlarida (o‘tuvchi) to‘ppa-to‘g‘ri boradigan, uchastka, terma, uchastka-terma, еltib beruvchi va uzatuvchi poyezdlar tarkiblari vagonlar oqimini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma asosida tuziladi. Saralash bekatlarida shu qatorda tranzit  yuk poyezdlarni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar, lokomotivlarni ta’mirlash va  ekipirovka qilish, vagonlarni ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, tirik jonzotli poyezdlarni suv bilan ta’minlash, tranzit mayda jo‘natma yuklarni va konteynerlarni saralash va shu kabi ishlar bajariladi.

Shu bilan birga transport sohasidagi tashishning yangi turlarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan, nafaqat tashkiliy mexanizmlarni takomillashtirish, balki qo‘shimcha kapital jamg‘armalar joylashga asoslangan har qanday chora-tadbirlar ularga iqtisodiy jihatdan baho berishning o‘ziga xos yondashuvlari ishlab chiqilishini talab qiladi. Saralash stansiyalarida tegishli yo‘l tarmoqlari, qurilmalar va texnik jihozlar mavjud.

Опубликован

2024-06-05

Как цитировать

Dehqonov Mirali Mirxon o‘g‘li Toshkent davlat transport universiteti assistenti Jalilov Orzumurod Anvar o‘g‘li Toshkent davlat transport universiteti talabasi. (2024). 8.22 SARALASH STANSIYASINING ISH HAJMINI HISOBLASH. Научный журнал Инновационные технологии в строительстве, 8(1), 71–75. извлечено от https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/276