8.4 MOVAROUNNAHRGA ISLOM DININING KIRIB KELISHI VA UYG‘ONISH DAVRINING BOSHLANISHI

Авторы

  • Rayimjonov Ismoil Xoshimjon o‘g’li GulDu Tarix kafedrasi o‘qituvchisi Tel.+998916221908 Tohirov Umidjon Turob og‘li GulDu Tarix yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Tel.+998931447428

Аннотация

Maqolada arablarning Movarounnahrga harbiy yurishlari, mahalliy aholi bilan olib borgan kurashlari, mintaqada islom dining yoyilishi va tariximizning shonli davrlaridan bo‘lgan IX-XII asrlarda Movarounnahrdan yetishib chiqgan mutafakkir olimlar haqida ma’lumot berilgan.

Annotation: The article provides information about the military campaigns of the Arabs to Movarounnahr, their struggles with the local population, the spread of Islam in the region, and the thinkers who emerged from Movarounnahr in the 9th-12th centuries, which are the glorious periods of our history.

Kalit so‘zlar: Jayhun, strategik, Xuroson, otashparastlik, yakkaxudolik, riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, jo‘g’rofiy,  Narshaxiy, Tarxun, diplomatiya, Nabatiy, Abu Mansur as-Saolobiy, Muso al-Xorazmiy , Imom al-Buxoriy, Al-Jomeʼ as- sahih.    

Keywords: Jayhun, strategic, Khurasan, fire worship, monotheism, mathematics, catastrophe, medicine, chemistry, geography, Narshahi, Tarhun, diplomacy, Nabati, Abu Mansur al-Saalabi, Musa al-Khwarizmi, Imam al-Bukhari, Al- Jame' as- sahih.

Arab xalifaligi Amudaryo (Jayhun) ning chegaralarigacha bo‘lgan hududlarni egallagach, endi asosiy e’tiborini daryoning shimolidagi hududlarga tomon qaratdi. “Ular bu yerlarni “Movarounnahr” ya’ni (daryoning ortidagi yerlar) deb nom berishadi”[1:28]. “O‘lkaning go‘zal tabiiy iqlimi, behisob boyliklari azaldan barchani, shuningdek, endi arablarni ham diqqat-e’tiborini o‘ziga tortgan edi” [2:129].

Tarixchilarning takidlashicha, arablarning Movarounnahrga dastlabki  harbiy yurishlari Ubaydullox ibn Ziyod boshchiligida 651 yilda Marvni egallash bilan boshlangan. Aynan, Marv shahri Amudaryoning shimolidagi yerlarni egallash uchun strategik muhim markaz hisoblangan. Arablar VII asr o‘rtalaridan boshlab 50 yil davomida Movarounnahrga vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirib turdilar.

Опубликован

2024-06-01

Как цитировать

Rayimjonov Ismoil Xoshimjon o‘g’li GulDu Tarix kafedrasi o‘qituvchisi Tel.+998916221908 Tohirov Umidjon Turob og‘li GulDu Tarix yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Tel.+998931447428. (2024). 8.4 MOVAROUNNAHRGA ISLOM DININING KIRIB KELISHI VA UYG‘ONISH DAVRINING BOSHLANISHI. Научный журнал Инновационные технологии в строительстве, 8(1), 12–15. извлечено от https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/258