3.18 Muhandislik falsafasining maqsadi va vazifalari
Аннотация
Annotasiya. Maqolada muhandislik falsafasining ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, asrlar otishi bilan olimlar va muhandislar tomonidan muhandislikning falsafiy kontseptsiyasi yaratilishi, ushbu falsafiy kontseptsiya bir tomondan, muhandislik tajribasini nazariy tushunishga, ikkinchi tomondan, muhandislik tajribasini rivojlantirishga asoslanganligi bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: muhandislik, texnika, mexanika, ob’ekt, predmet, vazifa.
Kishilik tafakkurining mahsuli bo‘lgan texnika va texnologiyalarni amalda qo‘llash va foydalanish muhandislik falsafasining ob’ekti bo‘lsa тexnika va texnologiyalarni amalda qo‘llash va foydalanishning falsafiy jihatlari muhandislik falsafasining predmeti hisoblanadi. Bunda, muhandislik falsafasining falsafa tarkibida vujudga kelgan yangi yo‘nalish ekanligi, texnika va texnologiyalar uning tadqiqot doirasidagi masalalar ekanligini alohida ta’kidlamoq joiz.
Insoniyat tarixida davlatchilik va savdoning jadal rivojlanishi ko‘plab kichik davlatlar mudofaasi, birinchi navbatda artilleriya va istehkomlar, shuningdek, yo‘l - kommunikasiya tizimini barpo etishni, gidrotexnika qurilishi uchun zarur bo‘lgan harbiy ishlarni yaxshilashni hamda arxitektura inshootlarini takomillashtirishni rag‘batlantirdi. Shahar-davlatlarning mustaqilligini mustahkamlash va ularning mavjudligini saqlash hayotiy ahamiyat kasb eta bordi. Bularniig hammasi oxir-oqibatda kishilik jamiyatida yangi faoliyat turlarining, jumladan, muhandislik faoliyatining paydo bo‘lishiga zamin hozirladi. Davrlar o‘tishi bilan davlatlarning boyligi ortib, qurilishga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Qulay va chiroyli me’moriy tuzilmalar va turli xil mashinalarni ishlab chiqarish uchun yangi ilmiy-muhandis-maslahatchilar hamma joyda zarur bo‘la boshladi. Chunki, bu ishlarni amalga oshirish uchun oddiy hunarmandchilik mahorati endi etarli emas edi. Shuning uchun texnik vazifalarni hal etadigan muhandislar va ixtirochilar kerak edi. O‘z davrining bilimdon kishilari bo‘lgan muhandislar, mavjud muammolarni matematik va mexanik bilimlarga asoslangan hisob-kitoblarga tayangan holda hal etishgan. Agar bu bilim etarli bo‘lmasa, ular o‘z bilimlarini oshirishga va yangi bilimlarni egallishga harakat qilishgan. Bilim o‘sha davr jamiyatida juda haqiqiy kuchga aylanadi va tan olinadi. Shu tariqa, kishilik jamiyatida yangi ijtimoiy qatlam, muhandislar sinfi shakllandi. Bular o‘z-o‘zidan o‘qitilgan muhandislar edilar. Ularning muhandislik ma’lumoti etarli bo‘lmaganligi sababli, dastlab oddiy qurilmalarni yasaganlar, masalan, suv va shamol tegirmonlarini o‘rnatadilar. Bu odamlar odatda arifmetika va qisman mexanikani bilishgan, ular loyihalarni chizish va elementar hisob-kitoblarni amalga oshirishga qodir edi. Biroq, asta-sekin ular nafaqat o‘z bilim doiralarini sezilarli darajada kengaytiradilar, balki qomusiy bilim darajasiga ega bo‘lgan ilg‘or olimlarga aylanishadi va o‘sha paytdagi jamiyatda muhim o‘rin egallaydilar. O‘z atroflarida talabalarni to‘plab, ilmiy, badiiy va muhandislik maktablarini tashkil etadilar. Asrlar otishi bilan olimlar va muhandislar tomonidan muhandislikning falsafiy kontseptsiyasi yaratiladi. Ushbu falsafiy kontseptsiya bir tomondan, muhandislik tajribasini nazariy tushunishga, ikkinchi tomondan, muhandislik tajribasini rivojlantirishga asoslangan.
Yuqoridagi mulohazalardan muhandislik falsafasining maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmetini belgilab olishda quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin.
Muhandislik falsafasining maqsadi – barqaror jamiyatni shakllantirish jarayonida muhandislik faoliyatining ijtimoiy-falsafiy ahamiyatini ko‘rsatish.
Muhandislik falsafasining vazifalari:
- muhandislik faoliyatining vujydga kelish shart-sharoitlarini va rivojlanish bosqichlarini aniqlash;
- muhandislik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
- zamonaviy jamiyatda muhandislik faoliyatining o‘rni va ahamiyatini asoslash;
- muhandisning ijtimoiy – ma’naviy qiyofasini shakllantirish;
- muhandislik faoliyatning mazmun va mohiyati, muhandislik falsafasining ilmiy tadqiqot sohasini shakllantirishdan iborat.
Muhandislik falsafasining tadqiqot ob’ekti - kishilik tafakkurining mahsuli bo‘lgan texnika va texnologiyalarini amalda qo‘llash va foydalanish hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi muhandislik faoliyati hisoblanadi.
Muhandislik falsafasining predmeti - тexnika va texnologiyalarni amalda qo‘llash va foydalanishning falsafiy jihatlari hamda muhim fan sifatida muhandislik falsafasining ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir etishi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarning barchasi muhandislik tafakkurining falsafiy tushunchasi sifatida bizni muqarrar ravishda zamonaviy dunyoqarashning markaziga tortadi. Muhandislik tafakkuri jamiyatdagi ijtimoiylik modellariga, qabul qilingan tasniflarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiylik konstruksiyalariga asoslangan muhandislik tafakkurida falsafiy fanga doir o‘ziga xoslik ham mavjuddir. Muhandislik fikrlash texnologiyalari majmuasi allaqachon shakllangan hamda uzoq vaqtdan beri aniq va yashirin tarzda yangi epistemologik, semiotik uslublar bilan fan va ijtimoiy hayotning turli sohalarida mavjud bo‘lib kelmoqda. Xususan, muhandislik tafakkurining zarurligi mamlakatimizda o‘zgargan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va iqtisodiyotning ijtimoiy-texnologik rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu postindustrial jamiyatda muhandislik tafakkurining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
REFERENCES
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Бирдамлик ва ҳамжиҳатлик – ижтимоий муносабатларнинг келажагидир. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Ижтимоий муносабатларнинг шаклланиши ва барқарорлигини белгиловчи муҳим тамойиллар. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
- Salimov, B., Madalimov, T. (2023). Transport falsafasi. Globe Edit.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Importance of Sea Transport in the Communication System. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research Journal. Volume 2 Issue 1, Year 2023 ISSN: 2835-3013.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Influence of the Transport and Communication System on Social Relations. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. Reforms in the Fields of Communication and Transport and their Social Impact. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
- Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022) Ўзбекистон тараққиётида коммуникация ва транспорт тизимини ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 403-407.
- Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022). Жамиятнинг шаклланиши ва такомиллашувида бошқарув ва тарбия санъатининг ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (11), 359-365.
- Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. Volume: 1, lssue 6, 2021. -Р.406-410.
- Салимов Б.Л. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик боғлиқлигининг гносеологик таҳлили. Фалсафа фанлари доктори диссертацияси. Ўзбекистон Миллий университети. Тошкент. 2022, 224 б.
- Салимов Бахриддин Лутфуллаевич. Йўлдошов Сардор Зокир ўғли. (2023). 61. Инсоният ҳаётидаги туб бурилишлар.Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
- Салимов Бахриддин Лутфуллаевич Равшанов Охунжон Тўймурод ўғли. (2023). 51. Техника тараққиётининг икки ёқлама таъсири. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
- Bakhriddin Lutfullaevich Salimov. NEGATIVE CONSEQUENCES OF SCIENCE AND TECHNOLOGY DEVELOPMENT. International Conference" Law, Economics and Tourism sciences in the modern world". 2023/5/1. С. 5-10.
- Salimov Bakhriddin Lutfullaevich, Tursunov, Shokhijakhan Ravshanovich, Haydarov, Mehriddin Nuriddin Ugli (2023). SYNERGETIC APPROACH IN THE ANALYSIS OF SOCIAL RELATIONS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (3), 1001-1007.