10.18 JAMIYAT TARAQQIYОTIDA INSON HUQUQLARINING TA’MINLANISHI
Abstract
Maqolada O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash masalasi, ning ko‘rsatkichlari ,diniy va siѐsiy qarashlari. Inson huquqlarini milliy ko‘lamda himoya qilish tegishli qonun hujjatlari ѐrdamida, mustaqil sud hokimiyati orqali, himoya vositalarining yakka tartibdagi kafolatlarini qonunchilik yo‘li bilan rasmiylashtirish va amaliѐtga tatbiq etishi, Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar va inson huquqlarini himoya etish va rag‘batlantirish kabi masalalar taxlil etilgan.
Kalit so‘zlar: Inson huquqlari, vijdon, shaxs, mulk, so‘z erkinligi, plyuralizm.
ABSTRACT
The article examines the issue of human rights in Uzbekistan, its indicators, religious and political views. Issues such as the formalization and implementation of individual remedy guarantees, international human rights treaties, and the protection and promotion of human rights were analyzed through relevant legislation and an independent judiciary.
Key words: Human rights, conscience, personality, property, freedom of speech, pluralism.
Barchamizga ma’lumki, so‘ngi to‘rt yilda mamlakatimizda barcha sohalar qatori inson huquqlarini ta’minlash masalasida ham qator o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Vijdon, shaxs, mulk va so‘z erkinligi, plyuralizm, siѐsiy qarashlarning xilma-xilligi va boshqa masalalarda ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlana boshladi. Bu borada qator xalqaro reytinglarda ham O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘zgardi. Diniy va siѐsiy qarashlari bois uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan minglab yurtdoshlarimiz o‘z oilasi bag‘riga qaytdi. Uzoq yillardan beri shu yurtda yashab kelaѐtgan o‘n minglab fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportlari topshirildi. Qo‘shni va qardosh, yaqin va uzoq xorij mamlakatlari bilan aloqalar yaxshilandi. O‘zbekiston har jihatidan yana dunѐ e’tiboriga tushdi. O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, shu qatorda, BMTning 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan. Mamlakatda inson huquqlari sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Prezident Farmoni [1] bilan 2020 yilning 22 iyun kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi ham tasdiqlangan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan qaroriga asosan O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi. Endi O‘zbekiston uch yil muddat mobaynida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga a’zo 47 davlatdan biri sifatida faoliyat yuritadi. Yaqin tariximizga murojaat qilsak, ma’lumki, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyinoq, inson manfaatlariga, uning huquq va asosiy erkinliklariga oliy qadriyat sifatida qaray boshladi. Bunga, 1991 yilning 30 sentyabrida Inson huquqlari butunjahon Deklaratsiyasi O‘zbekistonning a’zo bo‘lishininng o‘ziѐq yaqqol misol bo‘la oladi. Chunki, ushbu ѐsh davlat mustaqilligining birinchi kunlaridanoq o‘z oldiga, erkin bozor iqtisodiѐtiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishni maqsad qilib qo‘ygan va bu yo‘lda jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilib kelingan umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi tan olingan edi.