11.15 TEMIR YO‘L KO‘TARMALARNI MUSTAHKAMLASHNI RAQAMLI MODELLASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada temir yo‘llar yer polotnosining vibrodinamik yuk ta’siridagi mustahkamligini sonli usullar yordamida hisoblash metodlari ko‘rib chiqilgan. Fan taraqqiyotining turli davrlarida olimlar tomonidan ishlab chiqilgan usullarning tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, me’yoriy manbalarda taklif etilgan hisoblash usullari keltirilgan. Yer polotnosini hisoblash uchun mo‘ljallangan zamonaviy dasturiy majmualar tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar. vibrodinamik yuklama, yer polotnosi, hisoblash usuli, mustahkamlik, deformatsiyalanish xususiyati, ustuvorlik, kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati, chekli elementlar usuli, ANSYS dasturiy majmuasi.
O‘zbekiston temir yo‘l transportining rivojlanishi yo‘llar tarmog‘ining kengayishi, yuqori tezlikdagi harakatning joriy etilishi, harakat intensivligining oshishi va transport vositalarining yuk ko‘tarish qobiliyatining ortishi, zamonaviy konstruksiyalar va materiallarning qo‘llanilishi bilan tavsiflanadi. Bu esa ko‘plab mezonlar asosida baholanadigan yer polotnosining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha murakkab muhandislik masalalarini hal etishni talab qiladi.Temir yo‘llardan texnik foydalanish qoidalariga muvofiq, yer polotnosi va temir yo‘lning barcha elementlari o‘z mustahkamligi, barqarorligi va holati jihatidan harakatlanuvchi tarkibning belgilangan eng yuqori tezliklarda xavfsiz va ravon harakatlanishini ta’minlashi shart.