9.33 YUQORI MANEVRLI UNIVERSAL CHOPIQ TRAKTORINING RUL BOSHQARUVINING TAKOMILLASHTIRILGAN KONSTRUKSIYASINI TANLASH

Authors

  • Shadiyev S.R., tayanch doktorant Toshkent davlat transport universiteti Toshkent, O’zbekiston

Abstract

Maqolada yuqori manevrli universal chopiq traktorining rul boshqaruvi konstuksiyasini tanlash yoritilgan. Bunda old ko’prik bilan jihozlangan traktor na’munasi ko’rsatilgan.Teleskopik silindrlar bilan jihozlangan rul boshqaruv tizimi tushintirilgan.

Kalit so‘zlar:Traktor,paxtachilik,g’ildirak,ko’prik.rul.                                        

Kirish

To‘rt g‘ildirakli paxtachilik traktorini minimal radiusli joyida aylantirish imkoniyatini taminlovchi rul boshqaruvi bilan ta’minlangan yangi avlod paxta energetikasiga qo‘yiladigan asosiy talab 3 g‘ildirakli paxtachilik traktorining ijobiy o‘ziga xos fazilatlarini saqlab qolish bo‘lib qolmoqda, xususan [1]:      

- qator oralariga ishlov berish paytida, defoliatsiya va yig‘im-terim paytida paxta butalari bo‘lgan qatorlariga yaxshi mos kelishi;

- paxta ekinlari bilan sug‘orish uchastkalarining chetlarida burilish yo‘laklari zonasida hosildor maydonlarning minimal yo‘qotilishini ta’minlaydigan yuqori manevrlik fazilatlari bilan.

Ushbu muammolarni ijobiy hal qilish bilan quyidagi afzalliklarga erishiladi:

- to‘liq g‘ildirakli harakatlanish sxemasi va traktorning tortish sinfini oshirish hisobiga ikkala ekish sxemasida qishloq xo‘jaligi mashinalari qatorlari sonini 6, 8 qatorgacha oshirish orqali paxta MTA (Mashina traktor agregati) hosildorligini oshirish;

-sabzavotchilik, mahsulot ishlab chiqarish, g‘allachilik, chorvachilik komplekslari va boshqa turdagi ishlarda foydalanish orqali paxtachilik traktorlarni yil davomida yuklash muammosini hal qilish;

-4k2 shassisining sxemasiga xos bo‘lgan afzalliklar  tufayli qatorlarda yurishning boshqaruvchanligini va turg‘inligini oshirish;

- g‘ildirak izlari bilan qoplangan umumiy maydonni (33% ga) kamaytirish, shassisning tayanch yuzasini hududida tuproqqa maksimal bosimni kamaytirish, MTA massalarini o‘qlar bo‘ylab yanada oqilona taqsimlash va g‘ildirak sirpanishini kamaytirish orqali tuproqqa salbiy antropogen ta’sirni kamaytirish;

- ko‘ndalan turg‘unliknini talab qilinadigan xavfsizlik standartlariga oshirish;

- paxta yetishtirishning turli sxemalarini energiya bilan ta’minlash uchun yuqori dala tirqishi va old hamda orqa g‘ildiraklarning turli xil yo‘llari bilan portalning old o‘qidan foydalanish;

-fermer uchun yagona universal g‘ildirakli traktorni yaratish, paxta majmuasining barcha ishlarining bajarilishini ta’minlash, og‘ir umumiy maqsadlardan tashqari;

Respublikamiz korxonalarda ushbu loyihalanayotgan traktorni ishlab chiqarish orqa yangi yuqori manevrli traktor ishlab chiqarishni rivojlantirish korxona mahsulotlarining ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi, korxonaning eksport imkoniyatlarini kengaytiradi va ish o‘rinlari sonining ko‘payishiga yordam beradi.

Published

30-07-2024

How to Cite

Shadiyev S.R., tayanch doktorant Toshkent davlat transport universiteti Toshkent, O’zbekiston. (2024). 9.33 YUQORI MANEVRLI UNIVERSAL CHOPIQ TRAKTORINING RUL BOSHQARUVINING TAKOMILLASHTIRILGAN KONSTRUKSIYASINI TANLASH. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 9(1), 161–170. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/320