6.15 GRUNTLARNING SUVLI XUSUSIYATLARI

Authors

  • Mamatsoliyeva Lobar Olloyor qizi Toshkent Davlat Transport Universiteti YMAQ-6 guruh talabasi

Abstract

Ushbu maqolada gruntlarning suvli xususiyatlari o`rganilib, so`ngra muhandislik inshootlarini barpo qilish haqida so`z boradi. Bu xususiyatlarni o`rganishdan maqsad quriladigan avtomobil yo`llaridagi ta`sirlarni aniqlashdir.

Kalit so`zlar: Gruntlarning suvli xossalari, ivish, ko`pchish, yopishqoqligi, hajmi, suv o`tkazuvchanligi, hajmi kichrayishi, kapilyar balandlik.

Abstract: This article examines the water features of soils, and then talks about the construction of engineering structures. The purpose of studying these features is to determine the effects on the roads under construction.

Key words: Aqueous properties of soils, coagulation, expansion, viscosity, volume, water permeability, volume reduction, capillary height.

      Grunt suvlari — yer yuzasidan pastda, birinchi suvli togʻ jinslari gʻovaklarida yigʻilgan suv. Grunt suvlari oʻzidan suv oʻtkazmaydigan ikkinchi qatlam ustida boʻladi. Bu qatlam gil tuproq, yaxlit ohaktosh, otqindi hamda metamorfik jinslardan iborat boʻlishi mumkin. Grunt suvlari yer yuzasidan kanal, daryo, yogʻin suvlari, atmosferadagi suv bugʻlarining (quyuqlashganidan keyin) togʻ jinslari gʻovaklaridan pastga tushib, suv oʻtkazmaydigan qatlamda yigʻilishidan paydo boʻladi. Grunt suvlari daryo vodiylaridagi allyuvial yotqiziqlar (qum, qumtuproq, shagʻal) hamda muzliklarning surilishi natijasida yotqizilgan togʻ jinslari va sahrolardagi dyun yotqiziqlari gʻovaklarini toʻldirib turadi.

 

     Gruntlarning suvli xususiyatlariga ko`pchish, ivish, suv o`tkazuvchanlik, yopishqoqligi, hajmi kichrayishi, kapilyar balandliklar kiradi.

Yopishqoqolik-bu gruntlarning jismlarg ayopishib qolish xususiyati. Bu kattalik g/sm3 kattalikda o`lchanib, jismni gruntdan ajratib olishga sarflangan kuch bilan o`lchanadi. Yopishqoqlik xususiyati gruntdagi gill zarralariga va ba`zi bir chang zarralariga ham xos xususiyat bo`lib, gruntning namlik holatida ro`y beradi.

Gruntlarning ko`pchishi-gruntlarning suv ta`sirida hajmi kengayishiga aytiladi

Published

01-04-2024

How to Cite

Mamatsoliyeva Lobar Olloyor qizi Toshkent Davlat Transport Universiteti YMAQ-6 guruh talabasi. (2024). 6.15 GRUNTLARNING SUVLI XUSUSIYATLARI. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 6(1), 63–65. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/203