6.9 SANOAT KORXONALARDAGI AYLANMA SUV TA'MINOTI TIZIMLARIDA HOSIL BO‘LAYOTGAN MUAMMOLARNING TAHLILI VA OLDINI OLISH USULLARI

Authors

  • Maxmayusupov Muzaffar G‘ulom o‘g‘li Toshkent davlat transport universiteti, magistratura talabasi Rixsixodjayeva Gulchexra Rashidxodjayevna Toshkent davlat transport universiteti, PhD, dotsent

Abstract

Ushbu maqolada sanoat korxonalarning aylanma suv ta’minoti tizimlari va qurilmalarida korroziya, tuz to‘planishi, biologik o‘simtalar hosil bo‘lish va shu kabi qayta foydalanishga qo‘yilgan suvning tarkibidagi turli ionlar ta’siri keltirilgan. Sanoat korxonalari hamda transport obyektlaridagi aylanma suv ta’minoti tizimlarni hamda qurilmalarini bu muammolarga uchrashini oldini olish uchun ingibitorlar, reagentlar hamda qayta foydalaniladiagn suvni tozalash usullari amalda qo‘llanilmoqda.

Kalit soʻzlar: aylanma suv ta’minoti tizimi, suvni tuzsizlantirish, korroziya, biologik o‘simta, texnologik jarayonlar.

ANALYSIS AND METHODS OF PREVENTION OF PROBLEMS ARISING IN CIRCULATING WATER SUPPLY SYSTEMS IN INDUSTRIAL ENTERPRISES

Abstract. The article presents the effect of various ions of recycled water on corrosion, salt deposition, and the formation of biological growths in recycled water supply systems and devices of industrial enterprises. To prevent the occurrence of these problems, inhibitors, reagents and reusable water purification methods are used in the systems and devices of recycled water supply of industrial enterprises and transport facilities.

АНАЛИЗ И МЕТОДЫ ПРЕДУПРЕЖДЕНИЯ ВОЗНИКАЮЩИХ ПРОБЛЕМ В СИСТЕМАХ ОБОРОТНОГО ВОДОСНАБЖЕНИЯ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ

Key words: recycling water supply system, desalination, corrosion, biological growth, technological processes.

Аннотация. В статье представлено влияние различных ионов оборотной воды на коррозию, солеотложение, образование биологических наростов в системах оборотного водоснабжения и устройствах промышленных предприятий. Для предотвращения возникновения этих проблем в системах и устройствах оборотного водоснабжения промышленных предприятий и транспортных объектов применяются ингибиторы, реагенты и методы очистки воды многоразового использования.

Ключевые слова: оборотная система водоснабжения, опреснение воды, коррозия, биологический рост, технологические процессы.

Aylanma suv ta’minoti tizimining asosiy muammolari - bu uskunalar va quvurlar tizimining devorlarida korroziya, biologik o‘simliklar va metall quvur yuzalardagi tuz toʻplanishlardir. Shunday muammolar qurilmaning ishlash intensivligini keskin pasayishiga olib keladi: issiqlik uzatish samaradorligi pasayadi, bu esa sovutilgan suv oqim tezligini oshirish zarurligiga olib keladi; uskunaning devorlaridagi mexanik birikmalar oʻtish joyining kesimini qisqartiradi, quvurlarni yopib qoʻyadi, metall devorlarning yuzasida tuz qatlami ostida korroziya holatlari tez-tez uchraydi, bu quvurlarning teshilishiga, yimirishlarning paydo boʻlishiga va suv oqishiga olib keladi. Bularning barchasi ishlab chiqarish xarajatlarining oshishini keltirib chiqaradi.

Published

14-03-2024

How to Cite

Maxmayusupov Muzaffar G‘ulom o‘g‘li Toshkent davlat transport universiteti, magistratura talabasi Rixsixodjayeva Gulchexra Rashidxodjayevna Toshkent davlat transport universiteti, PhD, dotsent. (2024). 6.9 SANOAT KORXONALARDAGI AYLANMA SUV TA’MINOTI TIZIMLARIDA HOSIL BO‘LAYOTGAN MUAMMOLARNING TAHLILI VA OLDINI OLISH USULLARI. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 6(1), 39–42. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/194