6.6 CREATIVITY AS A SCIENTIFIC PROBLEM IN FOREIGN PSYCHOLOGY

Authors

  • Ergasheva Gullolaxon Nosirjon qizi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) 1-kurs magistranti

Abstract

In this article, the author reflected on the current importance of creativity, and at the same time, he pointed out the conceptual inconsistency of creativity in the research of scientists, post-Soviet psychology and foreign psychology. In addition, the author researched the opinions of philosophers and scientists regarding the connection of creativity with humanistic features. Humanistic psychology, J. Guilford's theory, Torrance's studies, Psychoanalytic approach, M. Rhodes' theory: explained the scientific nature of the theories that contribute to the development of creativity and the characteristics of creativity.

Key words: convergent thinking, divergent thinking, humanistic psychology, psychoanalytical approach, "neologism", creative activity, collective unconscious, "ideal self", "real self", IQ, intellectual limit, heredity.

KREATIVLIK XORIJIY PSIXOLOGIYADA ILMIY MUAMMO SIFATIDA

ANNOTATISIYA

Ushbu maqolada muallif kreativlikning bugungi kundagi dolzarb ahamiyati haqida fikr yuritgan, shu bilan birga kreativlikning tub mohiyati, olimlar tadqiqoti, postsovet psixologiyasi va xorijiy psixologiyada kreatilik borasidagi konseptual nomuvofiqlikni keltirib o’tgan. Bundan tashqari muallif kreativlikning paydo bo’lishi faylasuf olimlarning kreativlikni insonparvarlik xususiayti bilan bog’likligi borasidagi fikrlarni tadqiq qilgan. Gumanistik psixologiya, J.Gilford nazaryasi, Torrance tadqiqotlari, Psixoanalitik yondashuv, M.Rodsning nazaryasi: kreativlik xususiyatlarini va kreativlik rivojlanishiga hissa qo’shuvchi nazaryalarining ilmiy mohiyatini yoritib bergan.

Kalit so’zlar: konvergent tafakkur, divergent tafakkur, gumanistik psixologiya, psixoanalitik yondashuv, “neologizm”, ijodiy faoliyat, jamoaviy ongsizlik, “ideal men”,  “haqiqiy men”,  IQ, intellectual chegara, irsiyat.

Kirish. Kreativlik, kreativlikni rivojlantirish hozirgi zamonaviy dunyomizda ilmiy psixologiyaning muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Kreativ yoshlarni tarbiyalash, yoshlarning kreativlik xususiyatlarini rivojlantirish borasida ham samarali ishlar yo’lga qo’yilmoqda. Xususan prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ham o’z nutqlarida hozirgi zamonaviylashib borayotgan davr talabidagi kreativ yoshlarni tarbiyalash masalasini alohida takidlab o’tadi. Inson butun insoniyat o’zining kreativligi, ijodkorligi bilan zamonaviy asrimizda yaratilayotgan texnika, texnologiyadan ajralib turadi.

Published

14-03-2024

How to Cite

Ergasheva Gullolaxon Nosirjon qizi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) 1-kurs magistranti. (2024). 6.6 CREATIVITY AS A SCIENTIFIC PROBLEM IN FOREIGN PSYCHOLOGY. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 6(1), 24–29. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/191