4.28 MUHANDISLIK TA’LIMINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAMOYILLARI

Authors

  • Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Toshkent davlat transport universiteti professori v.b. Didorov Saxatbek Maftunovich. Toshkent davlat transport universiteti talabasi.

Abstract

 

Annotasiya.  Muhandislik ta’limining qadriyat va ijtimoiy asoslarini o‘rganish falsafaning muhim va dolzarb muammosidir. Ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar va aloqalar tobora kuchayib borayotgan axborotlashuv sharoitida texnologiyani rivojlantirish, muhandisning murakkablashib borayotgan ishlab chiqarish faoliyatida o‘z ifodasini topmoqda.

Kalit so‘zlar: muhandis, ta’lim, qadriyat, mutaxassis, kasbiy va ijodiy faoliyat.

 

Muhandis deganda zamonaviy bilimlarga ega ziyoli inson tushuniladi. Hamma ham muhandis bo‘lavermaydi. Buning uchun ma’lum darajada qobiliyat va iqtidor talab etiladi. Muhandislar o‘z davrlarining eng ilg‘or va zukko insonlari hisoblanadilar. Zero ular amalga oshirgan ishlarni boshqalar qila olmaydilar. Shunday ekan muhandislik faoliyatini zamon nuqtai nazaridan falsafiy tahlil etish va baho berish  dolzarb masaladir. Muhandislik falsafasi ilmiy tadqiqot sohasi sifatida fan, ta’lim va madaniyat, axborot texnologiyalari, innovatsiya va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, muhandislar tafakkurini ijtimoiy munosabatlarning zamonaviy ko‘rinishlariga moslashtirish va muhandislik falsafasining chuqur falsafiy innovatsion tahlili bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

Muhandislik ta’limining qadriyat va ijtimoiy asoslarini o‘rganish falsafaning muhim va dolzarb muammosidir. Ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar va aloqalar tobora kuchayib borayotgan axborotlashuv sharoitida texnologiyani rivojlantirish, muhandisning murakkablashib borayotgan ishlab chiqarish faoliyatida o‘z ifodasini topmoqda. Mamlakat kelajagi, o‘z faoliyatlarida ijtimoiy hayotning maqsad va mudaolarini ko‘zlaydigan muhandislarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lmoqda. Buning uchun zamonaviy texnik ta’limi hozirgi bilim darajasida tadqiq qilinishi kerak. Global ijtimoiy o‘zgarishlar muhandislardan ta’lim jarayonida bugungi kunda dolzarb bo‘lgan va e’tirof etilgan faktlarni aytish bilan cheklanib qolmasdan, balki kelajak uchun ishlashni, uyg‘onishni talab qilmoqda.Muhandislar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolishmaydi. Ular ham boshqa kasb egalari kabi o‘qitiladi va o‘rgatiladi. O‘quv jarayonida muhandislikning bilim va ko‘nikmalar berilib, kasbiy va ijodiy faoliyatga yo‘naltiriladi. Bunda  yosh avlodning zamonaviy ilmlarni egallashi muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda bo‘lajak muhandislar uchun kelajakka, kelajak talablariga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim zarur. O‘qitishda o‘tmishdan kelib chiqadigan sababna emas, balki kelajak – bugundan boshlanadi, kelajakda omon qolish bugungi faoliyatga bog‘liq, degan tamoyilning ustuvorligini ta’minlash kerak. To‘gri, murakkab, o‘zgaruvchan sharoitda ertangi kunning noaniqligi, jamiyat tizimidagi nomutanosibliklar va boshqalar kelajakni bashorat qilishni qiyinlashtiradi. Demak, har qanday vaziyatga tez va adekvat moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash zarur, toki ular iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy o‘zgarishlarga javob beradigan va o‘zgargan vaziyatda olingan bilim va ko‘nikmalarini ijodiy qo‘llay olishsin. Shuning uchun texnik ta’lim asoslarini, birinchi navbatda, aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan falsafiy tushunish muhimdir. Jumladan, muhandislik qadriyatlarini rivojlantirishga ustuvor vazifa sifatida qarash talab etiladi. Bunday holatda, muhandisga berilgan ilg‘or ta’limga asoslangan bilim sohalari, muhandisning ijtimoiy voqelikdagi munosabatlarini rivojlanishiga qaratilgan bo‘ladi va kelajakda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan ijobiy o‘zaro ta’sirlarni shakllantiradi. Zero, ijtimoiy hayot bilan bo‘ladigan uyg‘unlik muhandisning malakasini doimiy ravishda oshirilishiga maqsadli xizmat qiladi. Buning natijasida ilmiy nuqtai nazardan ilg‘or muhandislik ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari shakllanadi va aksiologik yondashuvlar, muhandisning texnik ta’limi va kasbiy ta’limi jarayonini optimallashtirishning printsipial jihatdan yangi aksiologik usuli ishlab chiqiladi. Muhandislikning qiymati va maqsadli asoslarini falsafiy tushunish natijalariga asoslanadi Muhandislik ta’limida asosiy elementlardan biri bu  texnologiyaga alohida texnik vosita sifatida qaralishi hisoblanadi. Undagi bor  texnika ta’rifi – haqiqiy, ilmiy yaratilgan, tabiiy qonuniyatni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Texnik vositalarni qo‘llashning bir qator jihatlari bor. Masalan, inson va mehnatning  o‘zaro munosabati. Ilmiy muloqatda inson va mehnat tushunchalarining birga qo‘llanilishi yangilik emas. Ma’lumki, insonning o‘zgarishlarga chidamliligi empirik tarzda aniqlanadi. O‘lchamiga qarab belgilanadi. Inson tanasining aqliy va jismoniy kuchi esa bu mehnatdir. Muhandislik faoliyati inson tanasining ana shu aqliy va jismoniy kuchi orqali amalga oshadi. Natijada texnik vositalarning tabiatida sifat va miqdoriy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zgarishlarning xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchisi – texnikaning strukturaviy elementlarini yaxshilanishi, uning tuzilishiga, tejamkorligiga, ixchamligi va boshqa xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda miqdoriy o‘zgarishlar sifatdan kam bo‘lmaydi; ikkinchisi, bu texnikani harakat tamoyilining o‘zgarishi bilan bog‘liq.Bu markaziy tushuncha muhandislik faoliyatida, ishlash printsipiga asoslanadi va muayan usul bilan, turli texnik tuzilmalar yordamida amalga oshiriladi. Muhandislik kasbi, insonning aqliy va jismoniy rivojlanishining mahsulidir. Muhandislik faoliyati, fanning yangi bosqichda murakkab texnik muammolarning sifat jihatidan hal etilishi bilan bog‘liq rivojlanish darajasidir. Zero, turli sohalarda yangi amaliy fanlarning paydo bo‘lishi yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikmalarga va tajribaga ega, masalaga ijodiy yondashadigan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.   Muhandislik ta’limini ilmiylashtirish bilan bir qatorda qadriyatlararo munosabatlarini o‘rganishga birdek o‘rin ajratilishi maqsadga muvofiqdir.  Shu o‘rinda muhandislikni kelajak ta’limi ekanligini anglab etish muhimdir. Ushbu mavzuni o‘rganishdan maqsadimiz ham muhandislik ta’limining ilmiy ahamiyatini va texnik ta’limning aksiologik ustuvorliklarini falsafiy tushunishni aniqlashdir. Muhandislik falsafasining asoslarini ijtimoiy-falsafiy tahlili, texnik ta’lim va axloqiy-me’yoriy qoidalar nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Shuningdek tizimli yondashuvlar, dialektika, sinergetika, modellashtirish va aksiologik qayta qurish tamoyillaridan foydalanish ham kutilgan natijani beradi. Shunga alohida e’tibor  qaratish kerakki muhandislik ta’limida yetuk mutaxassislarni tayyorlashda ijtimoiy – gumanitar fanlardan xabardorlik, badiiy yorqinlik, notiqlik va fuqarolik faolligiga egalik kabilar ham zarur bo‘ladi. Zotan insoniylik fazilatlarining mavjudligi bo‘lg‘usi mutaxassislarning kelgusida yuksak marralarga erishish imkoniyatlarini yanada oshiradi. Chunki  faol va mustaqil bo‘lmagan, jamiyat hayotida ishtirok etishni istamaydigan “o‘rtacha” mutaxassislar arzimagan moddiy boylik bilan qanoatlanadi, ba’zan hatto bunga intilmaydi ham. Bundaylar  mas’uliyatdan qochishadi, kasbiy rivojlanishni va martaba o‘sishini xoxlashmaydi. “O‘rtacha” muhandis uchun o‘z ustida ishlash, yangiliklar yaratish juda og‘ir ish.Hech ikkilanmasdan aytishimiz mumkinki, muhandis o‘zining zamonaviy kasbiy imidjiga muhtojdir. Muhandisning kasbiy imidjining shakllanishi bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi va buning uchun hal qilinishi lozim bo‘lgan quyidagi uchta vazifani o‘z ichiga oladi: fundamental gumanistik qadriyatlar asosida zamonaviy muhandisning aksiologik qiyofasining asosi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir qator qadriyatlarni belgilash; muayyan hayotiy vaziyatlarda ilmiy ustuvorliklarining aniq afzalliklarini ko‘rsatish; muhandislik ta’limida talabalarning shaxsiy tanlovini hurmat qilish.

 

REFERENCES

  1. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Бирдамлик ва ҳамжиҳатлик – ижтимоий муносабатларнинг келажагидир. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(3), March, 2023.
  2. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Ижтимоий муносабатларнинг шаклланиши ва барқарорлигини белгиловчи муҳим тамойиллар. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.  3(3), March, 2023.
  3. Salimov, B., Madalimov, T. (2023). Transport falsafasi. Globe Edit.
  4. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Importance of Sea Transport in the Communication System. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research Journal. Volume 2 Issue 1, Year 2023 ISSN: 2835-3013.
  5. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. The Influence of the Transport and Communication System on Social Relations. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
  6. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich. Reforms in the Fields of Communication and Transport and their Social Impact. Web of Semantic: Universal Journal on Ie Education. Volume 2 Issue 2, Year 2023. ISSN: 2835-3048.
  7. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022) Ўзбекистон тараққиётида коммуникация ва транспорт тизимини ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 403-407.
  8. Бахриддин Лутфуллаевич Салимов (2022). Жамиятнинг шаклланиши ва такомиллашувида бошқарув ва тарбия санъатининг ўрни. Academic research in educational sciences, 3 (11), 359-365.
  9. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. The philosophical role of dialectical categories in human life. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.  Volume: 1, lssue 6,  2021. -Р.406-410. 
  10. Салимов Б.Л. Ижтимоий муносабатларнинг коммуникация ва транспорт тизими билан детерминистик боғлиқлигининг гносеологик таҳлили. Фалсафа фанлари доктори диссертацияси. Ўзбекистон Миллий университети. Тошкент. 2022, 224 б.
  11. Салимов Бахриддин Лутфуллаевич. Йўлдошов Сардор Зокир ўғли. (2023). 61. Инсоният ҳаётидаги туб бурилишлар.Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
  12. Салимов Бахриддин Лутфуллаевич Равшанов Охунжон Тўймурод ўғли. (2023). 51. Техника тараққиётининг икки ёқлама таъсири. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 1(2992-8893).
  13. Bakhriddin Lutfullaevich Salimov. NEGATIVE CONSEQUENCES OF SCIENCE AND TECHNOLOGY DEVELOPMENT. International Conference" Law, Economics and Tourism sciences in the modern world". 2023/5/1. С. 5-10.
  14. Salimov Bakhriddin Lutfullaevich, Tursunov, Shokhijakhan Ravshanovich, Haydarov, Mehriddin Nuriddin Ugli (2023). SYNERGETIC APPROACH IN THE ANALYSIS OF SOCIAL RELATIONS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (3), 1001-1007.

 

Published

19-12-2023

How to Cite

Salimov Baxriddin Lutfullaevich. Toshkent davlat transport universiteti professori v.b. Didorov Saxatbek Maftunovich. Toshkent davlat transport universiteti talabasi. (2023). 4.28 MUHANDISLIK TA’LIMINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAMOYILLARI. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 4(1), 98–100. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/160