1. YURAKNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI
Abstract
ANNOTASIYA: Ushbu maqolada yurak a’zosining tuzilishi, uning tarkibiy qismlari va funksiyasi yoritilgan. Shuningdek, maqolada 8-sinf Biologiya (odam va uning salomatligi) darsligida berilgan yurak tuzilishi mavzusini animatsion dasturiy vositalar orqali o‘qitish hamda o‘quvchilarga mavzuni tushunarli tarzda etkazish metodikasini takomillashtirish. Maqolada yurakning tuzilishini, uning funksiyasini tushuntirishda 3D animatsion video roliklardan, virtual laboratoriyalardan foydalanishning ahamiyati keltirilgan.
Kalit so‘zlar: yurak, animatsiya, funksiya, laboratoriya, to‘qima, bo‘shiq, anatomiya, ta’lim, vertual, aorta, vena, kapilyar.
АННОТАЦИЯ: В данной статье описывается строение сердца, его составляющие и функции. Также в статье совершенствуется тема строения сердца, данная в учебнике Биология (человек и его здоровье) для 8 класса, посредством анимационных программ и методики донесения темы до учащихся в доступной форме. В статье представлена важность использования 3D анимационных видеороликов и виртуальных лабораторий для объяснения строения сердца и его функций. Ключевые слова: сердце, анимация, функция, лаборатория, ткань, песня, анатомия, образование, вертуаль, аорта, вена, капилляр.ABSTRACT: This article describes the structure of the heart, its components and functions. Also, the article improves the topic of the structure of the heart, given in the textbook Biology (man and his health) for grade 8, through animation programs and methods of conveying the topic to students in an accessible form. The article presents the importance of using 3D animated videos and virtual laboratories to explain the structure of the heart and its functions.Key words: heart, animation, function, laboratory, tissue, song, anatomy, education, vertual, aorta, vein, capillary.
Yurak qon aylanish sistemasining markaziy organi bo‘lib, ko‘krak qafasida, to‘sh suyagi orqasida joylashgan. Yurak (lotincha: cor) — konus shaklidagi ichi boʻsh mushak organ boʻlib, organizmda qonni barcha aʼzo va toʻqimalarga haydab berish vazifasini bajaradigan organ. Yurak tuzilishi, fiziologiyasi, gistologiyasi jihatidan murakkab tuzilgan, oʻziga xos funksiyasiga ega boʻlgan organ hisoblanadi. Yurak boʻshligʻi ikkita boʻlmacha va ikkita qorinchaga boʻlinadi. Chap boʻlmacha (atrium) va chap qorincha birgalikda „arterial yurak“ ni tashkil qiladi, sababi unda faqat arterial qon oqadi. U orqali oʻtadigan qon tomirlari „arteriya“ deya nomlanadi. Oʻng qorincha va oʻng boʻlmachada (atrium) faqat venoz qon oqib oʻtganligi sabab „venoz yurak“ka birlashadi. Yurak oʻz ish faoliyatini bajarish vaqtida qisqaradi va boʻshashadi. Yurakning qisqarishi holati sistola, boʻshashish holati esa diastola deb ataladi[1].
Turli odamlarda yurak shakli ham turlicha boʻlib, yoshi, jinsi, jismoniy harakati, sogʻligʻi va boshqa omillarga bogʻliq hisoblanadi. Soddalashtirilgan baʼzi model va nazariyalarda yurak sharsimon, ellipsimon, elliptik paraboloid va uch qirrali ellipsimon shaklga oʻxshash boʻlishi mumkin (1-rasm). Yurakning oʻlchovi yurakning eng katta boʻylama va koʻndalang chiziqli oʻlchamlari nisbati bilan belgilanadi. Voyaga yetgan odamning yuragi uzunligi 10 sm dan 15 sm gacha (odatda 12−13 sm), kengligi 8-11 sm (odatda 9-10 sm) va old-orqa oʻlchami 5-8,5 sm (odatda 6,5-7 sm) boʻladi. Yurakning oʻrtacha ogʻirligi erkaklarda 330 g (274 g dan 385 g gacha), ayollarda 250 g (203 g dan 302 g gacha) boʻladi[2].
1-rasm.Yurakning ko‘rinishi va inson tanasidagi joylashuvi
Inson yuragi tashqi tomondan ikki qavat biriktiruvchi to‘qimadan iborat yupqa yurakoldi xaltasi bilan o‘ralgan. Bu qavatlar o‘rtasidagi bo‘shliqlardagi suyuqlik yurak qisqarganida ishqalanishni kamaytiradi. Yurak devoir uch qavatli bo‘ladi. Ichki qavati yurak bo‘lmalari va qorinchalari bo‘shlig‘ini qoplab turadigan yupqa epiteliydan iborat. Yurak devorining o‘rta qavati esa yurak muskullaridan iborat. Devorning tashqi qavati biriktiruvchi to‘qimadan iborat. Yurakning ichki bo‘shlig‘i to‘rt qismga bo‘lingan. Uning yuqori bo‘limlari o‘ng va chap bo‘lmalar, pastki bo‘limlari o‘ng va chap qorinchalar deyiladi. Yurakning o‘ng bo‘lmasi uch tavaqali klapan orqali o‘ng qorinchaga, chap bo‘lma ikki tavaqali klapan orqali chap qorinchaga ochiladi. Bo‘lmalar qisqarganida ulardagi klapanlar qorinchalar bo‘shlig‘iga ochilib, qon bo‘lmalardan qorinchalarga oqib o‘tadi. Chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida hamda o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida bittadan yarimoysimon klapanlar joylashgan. Yurak bo‘lmalari dovori ancha yupqa, muskullari kuchsiz rivojlangan
(2-rasm)[3].
2-rasm. Yurakning tuzilishi.
a-tashqi ko‘rinishi. b-ichki tuzilishi. 1-aorta yoyi, 2-yuqori kovak vena,
3-o‘pka arteriyasi, 4-o‘pka venasi, 5-pastki kovak vena, 6-o‘ng bo‘lmasi, 7-chap bo‘lmasi, 8-tavaqali klapanlar, 9-chap qorincha, 10-o‘ng qorincha.
Yurak mushagi (miokard) uning uzluksiz ritmik faoliyatini ta’minlaydigan bir qator xususiyatlarga ega: avtomatiklik, qo‘zg‘aluvchanlik, o‘tkazuvchanlik, kontraktillik. Yurakdagi qo‘zg‘alish vaqti-vaqti bilan unda sodir bo‘ladigan jarayonlar ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Yurakning tashqi ta’sirlarsiz to‘qimalarning o‘zida paydo bo‘ladigan impulslar ta’sirida qisqarish qobiliyati avtomatizm deb ataladi. Yurak mushaklari avtomatizmining ko‘rsatkichi tanadan olib tashlangan va fiziologik eritma ichiga joylashtirilgan izolyatsiya qilingan qurbaqa yuragi uzoq vaqt davomida ritmik ravishda qisqarishi mumkin. Miyokardning o‘ziga xos (atipik) mushak to‘qimalaridan tashkil topgan, miyofibrillarda kambag‘al, sarkoplazmaga boy va embrion mushak to‘qimalariga o‘xshash ayrim hududlarini avtomatlashtirish qobiliyati. Maxsus (atipik) mushaklar yurakda o‘tkazuvchi tizimni hosil qiladi. Yurak miokardida o‘ziga xos to‘qimalardan tashqari, o‘ziga xos bo‘lmagan (tipik) mushak to‘qimasi ham mavjud. Tuzilishi bo‘yicha u chiziqli skelet mushak to‘qimalariga o‘xshaydi va miyokardning ishchi qismini tashkil qiladi.Yurakning o‘tkazuvchanlik tizimining o‘ziga xos xususiyati har bir hujayraning mustaqil ravishda qo‘zg alish qobiliyatidir. Avtomatiklik gradienti deb ataladigan narsa mavjud bo‘lib, u o‘tkazuvchanlik tizimining turli qismlari sinoatriyal tugundan uzoqlashganda avtomatizatsiya qobiliyatining pasayishi bilan ifodalanadi, bu esa daqiqada 60-80 chastotada impulslar hosil qiladi.Qon aylanish tizimida nasos funktsiyasini bajarib, yurak doimiy ravishda qon tomirlariga qon quyadi. Inson yuragi - bu qonning to'g'ri yo'nalishda tomirlar orqali doimiy va uzluksiz harakatlanishini ta'minlaydigan nasos turi.Sog'lom yurak ritmik va uzilishlarsiz qisqaradi va ochiladi. Yurakning bir siklida uch faza ajratiladi:qon bilan to'ldirilgan arteriya qisqaradi. Bunday holda, qon ochiq klapanlar orqali yurak qorinchalariga quyiladi (bu vaqtda ular dam olish holatida qoladilar). Arteriyaning qisqarishi venalar unga kiradigan joydan boshlanadi, shuning uchun ularning og‘izlari siqiladi va qon tomirlarga qaytib kira olmaydi.Arteriya bir vaqtning o‘zida bo‘shashishi bilan qorinchalarning qisqarishi mavjud. Arteriyalarni qorinchalardan ajratib turuvchi uch va ikki burchakli klapanlar ko‘tariladi, yopiladi va qonning atriyaga qaytishiga to‘sqinlik qiladi, aorta va o‘pka klapanlari ochiladi. Qorinchalarning qisqarishi qonni aorta va o‘pka arteriyasiga haydaydi.Pauza (diastol) - bu organning qisqa dam olish davri. To‘xtash vaqtida tomirlardan qon atriyaga kiradi va qisman qorinchalarga tushadi. Yangi sikl boshlanganda, atriyadagi qolgan qon qorinchalarga suriladi - sikl takrorlanadi.Yurakning bir sikli taxminan 0,85 sekund davom etadi, shundan atigi 0,11 soniyasi atriyal qisqarish vaqtiga, 0,32 soniyasi qorincha qisqarish vaqtiga to‘g‘ri keladi, eng uzuni esa dam olish davri bo‘lib, 0,4 soniya davom etadi. Dam olishda katta yoshli odamning yuragi bir daqiqada taxminan 70 siklda ishlaydi.Odatda, yurak sikli tartibli jarayon bo‘lib, u yurakda qo‘zg‘alishni o‘tkazishga asoslangan. Odatda, yuqori vena kava o‘ng arteriuumga qo‘shilish joyida joylashgan sinoatrial tugunda elektr impulsi paydo bo‘ladi. Depolarizatsiya to‘lqini o‘ng va chap arteriumlar orqali tez tarqalib, arterioventrikulyar tugunga etib boradi, bu erda u sezilarli darajada kechiktiriladi. Ular Purkinje tolalariga shoxlanadi, ular bo‘ylab impuls miokard tolalariga tarqalib, ularning qisqarishini keltirib chiqaradi [4].
Maqolada ilgari surilayotgan gepoteza shundan iboratki, yurak va uning tuzilishi mavzusi 3D animatsion videolar, 3D tasvirlar, virtual laboratoriya orqali o‘qitilsa, o‘quvchida mavzuni tushunib olish ko‘rsatkichi bir necha barobarga ortadi va xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. Qolaversa ushbu fanga qiziqgan o‘quvchilarda tibbyot sohasiga qiziqishi uyg‘onib, etuk shifokor bo‘lishida ilk qadam hisoblanadi.
Yurak va uning tuzilishi, funksiyasi mavzusi murakkab bo‘lib, 8-sinf darsligida atigi 1-soat ushbu mavzu uchun ajratilgan, ammo 1-soatda bu murakkab katta mavzuni kitobda berilgan 3-4 ta tasvirlar va ma’lumotlar asosida o‘zlashtirish juda qiyindir. Bu muammoning echimi faqatgina sifatli ta’limdir. Chunki belgilangan rejaga ko‘ra ushbu mavzuga bag‘ishlangan mavzular soati ko‘paytirilganda ham, ta’lim turi an’anaviy tarzda tashkil etilsa, samarasiz deb hisoblayman.
Muammoning yechimi sifatida darslikda “Qon aylanish tizimining ahamiyati, yurakning tuzilishi” mavzusiga ajratilgan 1-soatda mavzuni to‘liq o‘quvchi ongiga singdirish uchun zamonaviy elektron ta’lim vositalaridan foydalanilsa, o‘quvchilar mavzuni kamida 70% o‘zlashtirgan bo‘lar edi.
Mavzuni zamonaviy elektron ta’lim vositalari orqali o‘qitishda yurakning tashqi va ichki tuzilishi 3D tasvirlar orqali tushuntiriladi(3-4-rasmlar).
3-rasm. Yurakning tashqi ko‘rinishini 3D tasvir orqali 360 darajada ko‘rish.
4-rasm. Yurakning ichki tuzilishini 3D tasvir orqali 360 darajada ko‘rish
O‘quvchida yurakning vazifasi, ishlash prinsipi va qon aylanish sistemasi haqida tushuncha hosil qilish uchun youtube.com saytida joylashtirilgan turli 3D tasvirlar orqali berilgan animatsion videolardan foydalanish mumkin(5-rasm).
5-rasm.Animatsion video tasvirlardan lavhalar
Bugungi zamonaviy globallashayotgan axborot makonida dars mashg‘ulotlarining sifat jihatidan yangi modelini ishlab chiqishni, hozirgi sharoit uchun zarur bo‘lgan va ularga mos keladigan mutlaqo yangi usullarini o‘zida jamlagan metodik ishlarni shakllantirishni talab qiladi. Nima bo‘lganida ham, zamonaviy pedagogikada raqamli texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish biz o‘quvchlarning chuqur bilimlarni egallashimiz, qisqa vaqt oralig‘ida ko‘proq axborotni qabul qilishimiz, ishtiyoq bilan fanlarni o‘zlashtirishimiz, fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishishimiz va oliy ta’limga kirish imtixonlarida yuqori natijalarga erishish kabi yutuqlarni kafolatlaydi va keyinchalik oliy ta’limda ham muvaffaqiyatli o‘qishini kafolatlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
- Ahmedov, Akmal. Odam anatomiyasi, 2005, Toshkent: IQTISOD - MOLIYA — 264 bet.
- N.Sh.Shomirzayev, S.X.Nazarov, R.J.Usmonov „VI“,. Topografik anatomiya, 2006 (O'zbek), Toshkent: Akademiya.
- Mavlonov O, Tilavov T. Biologiya (Odam va uning anatomiyasi). Darslik 8-sinf. 2019. Toshkent.55-57 betlar.
- Ардашев, 2009, Анатомия и физиология проводящей системы сердца, с. 35—41.
- Hamidov J.H., Oqilov A.T., Saidov T.M., Umumiybiologiyadan amaliy mashgʻulotlar, T., 1970; Kovannatomiya grudi, M., 1978; Ahmedov N.K., Atlas. Odam anatomiyasi [2j.li], 2j., 2005.
- https://uz.wikipedia.org/wiki/Inson_yuragi#cite_note-1
- google.ru
- youtube.com