11.20 O‘ZBEKISTON TEZYURAR VA YUQORI TEZLIKLI TEMIR YO‘LLARI TARMOG‘INING ZAMONAVIY TEXNIK HOLATINI TAHLILI

Authors

  • Choriyev Rustam Alisher o‘g‘li, Umarov Xasan Kobilovich (ilmiy rahbar) Toshkent davlat transport universiteti (Toshkent, O‘zbekiston)

Abstract

Maqolada O‘zbekiston tezyurar va yuqori tezlikli temir yo‘llari tarmog‘ining zamonaviy texnik holatini tahlili keltirilgan. O‘zbekiston temir yo‘llari yo‘lovchi temir yo‘l transportini rivojlantirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga katta e’tibor berishda yo‘lni texnik holatini yaxshilash bayon etiladi.

Kalit so‘zlar: tezyurar, yuqori tezlikli temir yo‘l, texnik holat, Talgo-250

Abstract: The article provides an analysis of the current technical condition of the high-speed and high-speed railway network of Uzbekistan. Uzbekistan Railways pays great attention to the development of passenger railway transport and improving the level of passenger service, improving the technical condition of the track.

Key words: high-speed railway, technical condition, Talgo-250

2004-yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha birinchi Registon tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Registon tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi yo‘lovchilarning sayohat vaqti 5,5 soatdan 3,5 soatgacha qisqartirdi, bu esa Registon tezyurar poyezdi xizmat ko‘rsatish sifati va darajasi bo‘yicha namuna bo‘ldi. Erishilgan natija Registon tezyurar poyezdining yuqori iste’mol muvaffaqiyatini hisobga olgan holda 2006-yildan Sharq tezyurar poyezdi Toshkent – Buxoro yo‘nalishida, 2008-yildan esa Nasaf tezyurar poyezdi Toshkent – Qarshi yo‘nalishida qatnovi yo‘lga qo‘yildi [1-4].

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-yanvardagi PQ-1255-sonli “Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Talgo-250 yo‘lovchi elektropoyezdlarini sotib olish” qaroriga asosan Toshkent – Samarqand temir yo‘l liniyasi uchastkasida yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlarining harakatini tashkil etildi.

O‘zbekistonda tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘llarni rivojlantirishda Ispaniyaning Talgo kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Talgo Pendular poyezdlari ko‘plab mamlakatlarda ishlatiladi. Talgo poyezdi egiluvchan kuzovli vagonlardan tashkil topgan, yengillashtirilgan konstruksiyaga va bir o‘qli aravachalar asosidagi yurish qismiga ega bo‘lib, g‘ildirak juftliklari egriliklarda radial o‘rnatilgan. Bu esa yurishning ravonligini, g‘ildiraklar va relslarning kam yeyilishini ta’minlaydi. Talgo poyezdlari ishlashga tayyorligi 99,98% ga yetishi bilan o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan. Talgo poyezdlarda qo‘llaniladigan kuzov qiyaligi tizimi yuqori ishonchliligi va tuzilishining soddaligi bilan ajralib turadi.

Published

30-05-2025

How to Cite

Choriyev Rustam Alisher o‘g‘li, Umarov Xasan Kobilovich (ilmiy rahbar) Toshkent davlat transport universiteti (Toshkent, O‘zbekiston). (2025). 11.20 O‘ZBEKISTON TEZYURAR VA YUQORI TEZLIKLI TEMIR YO‘LLARI TARMOG‘INING ZAMONAVIY TEXNIK HOLATINI TAHLILI. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 11(1), 74–77. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/380