11.17 AVTOMOBIL KO‘PRIKLARINING GIDROIZOLYATSIYASINI KUCHAYTIRISH USULLARI
Abstract
Maqolada Avtomobil ko‘priklarning gidroizolyatsiyasini kuchaytirish usullari yoritilgan.Bunda Izol rulonli va Bitumli gidroizolyatsion materiallaridan foydalanilgan.
Kirish Gidroizolyatsiya — qurilish konstruksiyalarini, binolar va inshootlarni suv va boshqa agressiv (yemiruvchi) muhit taʼsiridan himoya qilish uchun xizmat qiladigan qurilish materiali hisoblanadi. Gidroizolyatsion tizimlar bino, inshoot va uskunalardan normal foydalanishni ta’minlaydi, hamda ularning umrboqiyligini oshiradi. Gidroizolyatsiya vazifasiga ko‘ra – filtrlanishga qarshi, korroziyaga qarshi, ishlatiladigan asosiy material turiga ko‘ra – bitumli, plastmassali, mineralli, metall qoplamali, ishchi yuza qoplamasiga ko‘ra – bo‘yaladigan, suvaladigan, yelimlanadigan, quyiladigan, shimdiriladigan, inʼyeksiyalanadigan kabi turlarga bo‘linadi. Avtoyo‘l ko‘prik inshootlarining mustahkamligi va chidamliligi nafaqat konstruksiyalarning sifatiga, balki, gidroizolyatsion material va uning montaj qilish texnologiyasining sifatiga ham bevosita bog‘liq.Gidroizolyatsion materiallarining ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, qurilish montaj ishlarida uning to‘g‘ri turini tanlash, temirbeton va metall kontruksiyalarning umrboqiyligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Gidroizolyatsion materiallarning turlari qurilish hududining mahalliy shartlari va iqlim sharoitlariga bog‘liq ravishda tanlanadi.Jahonda oxirgi yillarda gidroizolyatsion materiallarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar zamonaviy ilm fan yutuqlari va ishlab chiqarishning so‘nggi texnologiyalari asosida temirbeton inshootlarni saqlash masalasiga jiddiy yondashmoqdalar.Bugungi kunda mamlakatimiz ko‘priksozligida an’anaviy gidroizolyatsion material sifatida qurilishda keng tarqalgan gidroizolyatsion materiallarni quyida keltirib o‘tamiz: poliuretan, mineral aralashmali, izol rulonli, PVX (polivinilxloridli), bitumli gidroizolyatsion membranalar.