11.11 PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYANING YOSHLAR KAMOLOTIDAGI O’RNI

Authors

  • Avazova Marjona Qaxramon qizi,Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Abstract

Ushbu maqolada pedagogik psixologiyaning  asosiy maqsad va vazifalari, bugungi kundagi ahamiyati, o’quvchilar shaxsining tarkib topishi jarayonini,  jamiyat ongida sog’lom raqobatni yuzaga keltirish va mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim jarayonlaridagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar: Bixevioristik, eksperimental psixologiya, psixologik yo’nalishlar, ta’lim jarayoni, psixologik asoslar, pedagogik bilimlar, pedagogik psixologiya.

 

ABSTRACT

In this article, the main goals and tasks of scientific development, its importance today, the steps taken to achieve high development, the creation of healthy competition in the mind of the society, and the shortcomings of the educational processes conducted in our country and ways to eliminate them are discussed.

Keywords: behaviorist, experimental psychology, psychological trends, educational process, psychological foundations, pedagogical knowledge, pedagogical psychology.

       Mamlakatimizda milliy istiqlol g’oyasi tufayli yosh avlodni bilim darajasiga ko’ra jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo’ladigan, mustaqil fikrlay oladigan, hayotga dadil qadamlar bilan kirisha oladigan,tadbirkorlik va ishbilarmonlik qobiliyatlariga ega bo’ladigan, ma’naviy yetuk bo’lib voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi .Bu esa, avvalo,  pedagogika fanini, ta’lim-tarbiya tizimini zamonaviy texnalogiyalar asosida takomillashtirishni taqozo etadi. Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi shart-sharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya XIX asrning 2- yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qoʻshganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uzviy bogʻliq.  Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psixologiyasi va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi.

 

Published

01-02-2025

How to Cite

Avazova Marjona Qaxramon qizi,Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2-bosqich talabasi. (2025). 11.11 PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYANING YOSHLAR KAMOLOTIDAGI O’RNI. Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 11(1), 42–44. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/371