10.15 SHAXSNING IJTIMOIYLASHUVIDA ILM VA MA’RIFATNING O’RNI

Authors

  • Ramatov Jumaniyoz Sultanovich. TDTr.U “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri. Falsafa fanlari doktori, Professor. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. TDTr.U dotsenti. Panjiev A’zamjon Aminjonovich. TDTr.U talabasi.

Abstract

Asrlar davomida xalqimizning yuksak ma’naviyati, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va Islom dini ta’limoti bilan uzviy bog‘liq ravishda rivojlanib kelgan. Ammo o‘tgan asrning 70 yili davomida xalqimiz ma’naviyatiga tamomila yot bo‘lgan va umuman insoniyat ma’naviy taraqqiyotini butkul teskari izga solib yuborishga uringan dahriyona “inqilobiy” falsafa asosidagi totalitar mafkuraviy tazyiq bir necha avlod ongiga shafqatsiz qatag‘onlar yo‘li bilan singdirishga urindi. Mazkur maqolada aynan yuqoridagi masalaning ilmiy yechimlari borasida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: din, dunyoqarash, e’tiqod, fan, Islom dini, ma’naviyat, tarbiya, ilm.

ANNOTATION

Over the centuries, the noble qualities of our people, such as high spirituality, justice, and enlightenment, have been developed in an integral connection with Eastern philosophy and the teachings of Islam. However, during the 70 years of the last century, the totalitarian ideological oppression based on the intellectually "revolutionary" philosophy, which completely destroyed the spirituality of our people and tried to put the spiritual progress of humanity in a completely opposite direction, was tried to be instilled in the minds of several generations through cruel repressions. This article talks about scientific solutions to the above problem.

Key words: religion, worldview, faith, science, Islam, spirituality, education, science.

Bundan 28 yil oldin erishilgan siyosiy Mustaqillik millatimizga o‘z asl qadriyatlarimizni erkin o‘rganish va hayotga tatbiq etish imkoniyatini qaytib berdi. Endilikda bizning vazifamiz qadimiy va barqaror an’analarimizni hozirgi zamonning mutlaqo yangicha sharoitlariga mos ravishda qayta tiklab, xalqimiz tafakkur tarziga muvofiq va tushunarli shaklda yosh avlodning ma’naviy barkamol bo‘lib ulg‘ayishiga imkon darajasida o‘z hissamizni qo‘shish bo‘lmog‘i kerak. Bugun mamlakatimiz O‘zbekistonda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda shaxsning jamiyat oldidagi mas’uliyatini yuksaltirish har qachongidan ham muhimligi namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, globallashuv sharoiti ta’sirida avj olayotgan “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlarga qarshi turishda shaxsda mas’uliyat tuyg‘usini takomillashtirish bugungi davrning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, insonni hayvonot olamidan farqlovchi jihati bu unda mas’uliyat hissining mavjudligidadir. Mana shu mas’uliyat tuyg‘usi orqali inson o‘zining ma’naviy mavjudot ekanligini anglab boradi. Inson o‘zining ma’naviy kamolot imkoniyatlarini yuzaga chiqarish lozimligini anglab yetgan sari o‘zligini anglay boshlaydi. Har qanday insonni shaxs deb atay olish qiyin. Shaxsga ijtimoiylik xususiyatlari xos. Insonlar shaxs bo‘lib dunyoga kelmaydilar, ijtimoiylik xususiyatlari nasldan naslga o‘tmaydi, balki kishilar ijtimoiy muhitda, jamiyatda shaxs bo‘lib shakllanadilar. Inson jamiyatdagi kishilar bilan muloqoti jarayonida ijtimoiy munosabatlarga kirishadi va unda sekin asta individdan shaxsga aylana borish imkoniyati yuzaga keladi. Ijtimoiylashuv sababli insonda yangidan-yangi shaxsiy xislatlar paydo bo‘ladi, ya’ni o‘zining hatti-harakatlari uchun javob berish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zi-o‘zini tarbiyalash, ijtimoiy faollik, mustahkam e’tiqodga, o‘z dunyoqarashiga egalik, mustaqil qarorlar qabul qilish va o‘z fikrlarini erkin bayon etish shaxsga xos xususiyatdir. Inson qachon o‘zining oila a’zolari oldidagi, millat oldidagi, Vatan oldidagi, jamiyat oldidagi va, qolaversa, umuminsoniyat oldidagi mas’uliyatini jiddiy his etsa, uni tom ma’nodagi haqiqiy shaxs hisoblash mumkin. Shulardan kelib chiqib, shaxs mas’uliyati insonning haqiqiy mohiyatini belgilaydi, deb xulosa qilish mumkin.

Published

02-10-2024

How to Cite

Ramatov Jumaniyoz Sultanovich. TDTr.U “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri. Falsafa fanlari doktori, Professor. Salimov Baxriddin Lutfullaevich. TDTr.U dotsenti. Panjiev A’zamjon Aminjonovich. TDTr.U talabasi. (2024). 10.15 SHAXSNING IJTIMOIYLASHUVIDA ILM VA MA’RIFATNING O’RNI . Innovative Technologies in Construction Scientific Journal, 10(1), 58–60. Retrieved from https://inntechcon.uz/index.php/current/article/view/337